Sanoat va qishloq xo‘jaligi
yuqori darajada rivojlangan hududlarda tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro
ta’sirning keskinlashuvi oqibatida mintaqaviy ekologik muammolar kelib
chiqmoqda. Bu ekologik muammolar tabiiy muhitni keskin o‘zgartirib, aholi salomatligiga
ta’sir etmoqda.
Hozirgi paytda hududiy
ekologik muammolar O‘rta, Qora, Azov, Boltiq, Shimoliy, Karib dengizlari
havzasi, Fors qo‘ltig‘i, Kaspiy va Orol dengizlari, Baykal, Balxash, Ladoga,
Onega, Chad, Buyuk ko‘llar va boshqa hududlarda mavjud.
O‘rta Osiyo va O‘zbekistonda
vujudga kelgan hududiy ekologik muammo - bu Orol dengizi muammosidir. 1911-1960-yillar
davomida Orol dengiziga har yili o‘rtacha 52 kub m mutlaq balandlikda,
akvatoriyasi 66 ming kv.km, suvning o‘rtacha sho‘rlanganlik darajasi 9,5-10
foiz (9,5-10 g/l) bo‘lib, o‘rtacha chuqurligi 16 m ni tashkil qilgan.
O‘rta Osiyo va
Janubiy Qozog‘istondagi qo‘riq yerlaming o‘zlashtirilishi, qator yirik suv
omborlarining bunyod etilishi, kanallar, kollektor-zovurlar tizimlarini qurib, ishga tushirilishi
natijasida 1961-yildan boshlab Amudaryo va Sirdaryodan Orol dengiziga
tushadigan suvlar miqdori kamaya boshladi. Buning oqibatida Orol dengizining
sathi pasayib, maydoni qisqara boshladi, suvning sho‘rlanganlik darajasi esa
orta boshladi.
Orol dengizi sathi 1960-1970-yillari
21 sm, 1971-1980-yillarda 68 sm, 1981-1985-yillarda 80 sm ni tashkil qildi.
Orol dengiziga Amudaryo va
Sirdaryodan 1941-1960-yillari 55,2 kub km; 1961-1970-yillari 41,5;
1971-1985-yillari 15,0; 1986-1996-yillari 12,6 kub km suv kelgan.
Hozirgi paytda Orol
dengizining qurib qolgan qismi maydoni 3 mln ga ni tashkil qiladi. Dengizning
qurigan qismi yalang tekislikdan iborat bo‘lganligi uchun yerosti suvlarining
gorizontal harakati qiyin, shuning uchun ularning asosiy qismi bug‘lanib,
tuproqda tuz miqdorining ortib ketishiga olib keldi.
Amudaryo va Sirdaryo quyi
qismiga oqib kelayotgan suvning kamayishi oqibatida bu yerlardagi botqoq va
to‘qaylar maydoni qisqarib, cho‘llashish jarayoni rivojlandi.
Hozirgi vaqtda Orol dengizi
muammosi yechimi ikki narsaga - dengiz sathini ma’lum darajada ushlab
turishga va Orolbo‘yi ekologik sharoitini yaxshilashga qaratilgan.
Orol dengizi sathini ma’lum
bir balandlikda, ya’ni 33 m
mutlaq balandlikda ushlab turish uchun Orolga har yili Amudaryo va
Sirdaryodan 20 kub km suv tushib turishi lozim.
Orolbo‘yi hududida ekologik
sharoitni yaxshilashning asosiy yo‘li aholini toza ichimlik suvi bilan
ta’minlash, qurib qolgan o‘zanlar, ko‘llarga muntazam ravishda suv yuborish,
dengizning qurigan qismida shamol harakatini to‘sish uchun qumlarni o‘simliklar bilan mustahkamlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash,
yaylovlar, pichanzorlar maydonini kengaytirishdan iborat.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.