Globus geografiya
uchun eng zarur qo’llanmadir. Yer
sharining modeli. Globusning qimmatli va o’ziga xos xususiyati uni teng masshtabligidir . Globus- yer haqida to’g’ri tasavvur beradigan maydon va eng
qisqa oraliqlarni to’g’ri ko’rsatadigan va ifodalaydigan asosiy o’quv qurolidir. Globus barcha tabiiy geografiya kurslarida quyidagi masalalarni hal etishda qo`llaniladi:
- Yerning umumiy ko’rinishini tasavvur etishda;
- Yerning
sharsimonligini isbotlashda;
- Yer yuzasidan
kotarilgani sari gorizantning kengayib borishi tushuntirishda;
- Materiklar bilan okeanlarning o’zaro holati;
- Kattalik,
shakllarini o’rganishda;
- Qutb nuqtasining
xususiyati va Qutbdagi yo’nalishlarni
o’rganishda;
- Qutb, ekvator,
meridian, paralellarning o’rganishda;
- Yarimshar
tushunchalarni egallashda;
- Yerning o’z o’qi
atrofidagi harakatini tasavvur etishda;
- Yer o`qining
yuzasiga nisbatan oqqanligini
tushuntirishda;
- Yil fasllarini
o’rganishda;
- Oyning yer
atrofida harakatining o’rganishda;
- Fasllarining
vujudga kelishini tushuntirishda;
- Quyosh va Oy tutulishini
o’rganishda;
- Yerning kattaligini
va ellipsligini tushuntirishda;
- Yer sharining
kattaligiga nisbatan tog’
tizmalarining balandligini tasavvur
etishda;
- Gradus to’rini
o’rganishda;
- Kenglik va
o’zunlikni tasavvur etishda;
- Geografik
koordinadalarni belgilashda;
- Quyosh
nurining yer sharining turli kengliklarda turli burchak bilan tushishini ko’rsatishda;
- Tropiklar va
qutubni, doiralarini tushinishda;
- Yer sharining issiqlik mintaqlarini o’rganishda;
- Atmosferaning
umumiy sirkulyasiyasini o’rganishda;
- Passatlarni
o’rganishda;
- Dengiz oqimlarini
tushintirishda;
- Sayohat va uchush yo’llarini ko’rsatishda;
- Joyning geografik
o’rnini aniqlashda;
- Havo va suv
yo’llarining uzunligini ko’rsatishda;
- Arktika va
Antarktida tushunchalarini bilib
olishda;
- O’zbekistoning yer
sharidagi o’rnini tasavvur etishda;
- Yer sharidagi ayrim
nuqtalarni bilib olishda;
- Shaharlar orasidagi
eng qisqa masofalarni aniqlashda;
Globusdan,
odatda, karta bilan birga
foydalaniladi. Ba’zi masalalar avval globusdan, keyin xarita
o’rganiladi.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.