Aziz muxlislar! Geografiya fani bilimdonlari va barcha qiziquvchilar uchun Bilimlar bellashuvi intellektual tanlovi o`z faoliyatini boshladi. Chempion bo`lmoqchimisiz? Agar bunga erishishni istasangiz, saytdagi ilmiy ma`lumotlardan muntazam foydalanib, bilimingizni oshirib boring. Tanlovda g`olib bo`ling va o`zligingizni namoyon qiling!
Bilimlar bellashuvni
tashkil etishdan maqsad umumiy
o’rta va
o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalari Davlat ta’lim standartlarida
belgilangan talablari asosida foydalanuvchilar bilimlaridagi
bo’shliqlarni to’ldirish choralarini ko’rish, sayt foydalanuvchilarining iqtidor, qobiliyatlarini
rivojlantirib, tizimli ravishda ularni olimpiada va turli tanlovlarga
tayyorlash, ularning faoliyatiga bilim sifati asosida baho berib, reytingini aniqlashdan iborat.
Vazifasi:
- Umumiy
o’rta va o`rta maxsus kasb-hunar ta’lim tizimida Davlat ta’lim standartlari asosida sayt foydalanuvchilarida bilim, ko’nikma va malakalarning
shakllanishini muntazam ravishda tahlil qilish;
- Foydalanuvchilar bilimlarida aniqlangan
bo’shliqlar va ularni keltirib chiqargan omillarning bartaraf etish choralarini
ko’rish;
- Foydalanuvchilarning iqtidorini
o’z vaqtida aniqlash, ularning qobiliyatlarini sayt orqali ro’yobga chiqarish;
- Geografiya fani
o`qituvchilar va barcha qiziquvchilarning ta’lim sifatini oshirishga
bo’lgan faolligini kuchaytirish;
- O`quvchilarning
geografiya faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, ularni kasbga yo’naltirish
va ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash;
- Sog`lom
raqobat muhitini shakllantirish;
Tanlov bo`limiga o`tish
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.