Bunday mamlakatlardagi har o‘n tabiiy ofatdan birining oqibatlarini bartaraf etishga YaIMning 30 foiziga teng mablag‘ sarflanishi aniqlandi.
Kelajak prognozlari esa bundan-da ayanchli bo‘lib chiqdi: 2080-yilga kelib tabiiy ofatlar keltiradigan yillik zarar Tinch okeani orollari mamlakatlarida 15 foizga, Karib havzasi davlatlarida esa 8 foizga yetadi.
Bundan tashqari, tadqiq etilgan mamlakatlarda investitsiya kam kiritilishi, YaIMning pasayib borishi va boshqa iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun imkoniyatlar yetarli emas.
Bu mamlakatlarning uchdan birida xavf juda yuqori bo‘lib qoladi, ya’ni tabiiy ofatlar eng muhim sohalar rivojini to‘xtatib qo‘yadi yoxud ularni tanazzulga olib keladi. Baliqchilik, dehqonchilik, turizm shular jumlasidandir.
Mualliflarning prognozlariga ko‘ra, 2030-yilga kelib yuqorida omillar tufayli 100 million kishi qashshoqlikda qolib ketishi mumkin.
Mutaxassislar ushbu mamlakatlar rahbariyatlariga tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish siyosatini va mexanizmlarini oldindan joriy etishni tavsiya qildi. Odatda bunday ishlar ofat kelib bo‘lganidan so‘ng amalga oshiriladi, buning oqibatida esa ko‘rilgan zarar juda katta bo‘ladi.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.