1. Abraziya nima? (lotincha abrazio - sidirish) - to`lqin ta’sirida qirg`oqning yemirilishi va tekislanishi.
2. Ritmiklik nima? Ritmlar, ritmlilik - tabiiy hodisa va jarayonlarning muayyan vaqt davomida takrorlanib turishi.
3. "Ko'chirilgan kapitalizm" mamlakatlarini bilasizmi? Avstraliya, Yangi Zelandiya, Isroil, JAR
4. Qozog`istonda o'zbeklar salmog'i qancha? 3 foiz
5. Qaysi davlat hududi shimoldan janubga 4000 km dan ortiq, g'arbdan sharqqa esa 10 000 km masofaga cho'zilgan? Rossiya
6. Soxta urbanizatsiya nima? Urbanizatsiya – (lotincha «urb» – «shahar») – shaharlar, shahar aholisining soni va salmog‘ining o‘sishi, shahar turmush tarzining tarqalish jarayoni. Rivojlanayotgan davlatlarda shahar aholisi soni ortishi soxta urbanizatsiya ko‘rinishida ham kechadi. Soxta urbanizatsiya natijasida yirik shaharlar atrofida zaruriy infratuzilma elementlariga ega bo‘lmagan, qishloqlardan ko‘chib kelgan aholi tomonidan tartibsiz ravishda bunyod etilgan manzilgohlar shakllanadi. Bunday manzilgohlar maydoni ayniqsa Braziliya va Hindistondagi yirik shaharlarda ancha katta
7. Bu qaysi foydali qazilmaning shartli belgisi? Neft va tabiiy gaz
8. Quyosh qayerda 1 yilda 2 marta zenitda turadi? shimoliy va janubiy tropikda
9. Yadro Yer massasi va hajmining necha foizini tashkil etadi? Massasi 16%, hajmi 31%
10. Neft eksport qiluvchi davlatlar guruhini bilasizmi? Saudiya Arabistoni, BAA, Quvayt, Qatar, Bahrayn, Ummon, Bruney
11. OPEK tashkilotiga a`zo davlatlar:Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Iroq, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Angola, Gabon, Jazoir, Ekvatorial Gvineya, Kongo, Liviya, Nigeriya, Venesuela, Ekvador
12. Avstraliyaning janubi-g`arbida qaysi tabiat zonasi mavjud? Qattiq bargli doimiy yashil o`rmonlar va bo`tazorlar
13. Braziliyadagi jahonda eng yirik temir rudasi konlari? Minas-Jerays va Karajas
14. O‘zbekistondagi yirik issiqlik elektrostansiyalar va gidroelektrostansiyalarning umumiy soni qancha? 37 ta
15. Yiliga 200 ming tonna kaliy o‘g‘it beradigan zavod qayerda joylashgan?Dehqonobod
16. 160 ming tonna kalsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qayerda joylashgan? Qo`ng`irot
17. Oqtosh va Qoratosh konlaridan nima qazib olinadi? Marmar
18. Quruq o`tin yonganda qancha issiqlik beradi? 2,4 * 106
19. Sho`rtan gazi qayerda jo`natiladi? Sirdaryo va Angren
20. Keniyaning poytaxtini toping? Nayrobi
21. Afrikada aholisi eng ko`p bo`lgan davlat? Nigeriya
22. AQSHning Florida va Gavayi shtatlari qaysi iqlim mintaqasida joylashgan? Tropik
23. Xaritadan Shotlandiyani toping? 4
24. Landshaft nima? Landshaft - tabiiy komplekslarni umumlashtiruvchi tushuncha: geologik zamini, reylefi, iqlimi, tuproqlari, o`simlik turkumlari, hayvonot dunyosi, gidrologik rejimining bir xilligi bilan ajralib turadigan va tabiiy chegaralarga ega bo`lgan hudud. Landshaftshunoslikda landshaftning uch xil talqini mavjud: 1) regional tushunchada landshaftning yer yuzasining tabiiy chegaralangan, uncha katta bo`lmagan qismi. Bu fikrni dastlab L.S.Berg taklif etgan. L.S.Berg fikricha, landshaft geografiyaning asosiy birligi, o`rganish ob’ekti; 2) Landshaft tipologik tushunchalarni umumlashtiruvchi tushuncha. Masalan, tog`-o`rmon qo`ng`ir tuproqlaridagi bo`tazor - siyrak o`rmonlar landshafti; 3) Landshaft umumiy tushuncha. Masalan, o`rmon landshafti, cho`l landshafti, botqoq landshafti.
25. O`zbekiston suv omborlaridan qaysilarida GESlar bor?Chorvoq, Tuyamo`yin
26. Qaysi davlatning maydoni 1 mln 919,4 ming km.kv? Indoneziya
27. Xaritada tasvirlangan tabiiy geografik okruglardan O`rta Yevropa va Old Osiyo qaysi raqamda tasvirlangan? O`rta Yevropa - II, Old Osiyo - IX
28. Yer ichki qatlamlarining qalinligi qancha?Yer po‘sti – Yerning eng yuzada joylashgan qattiq qobig‘i. Qalinligi o‘rtacha 35–40 km. Sizga ma’lumki, materik yer po‘sti 3 ta, ya’ni cho‘kindi, granit va bazalt qatlamlaridan tuzilgan. Bunday qatlamlarni ajratish shartlidir. Cho‘kindi qatlam eng yuzada joylashgan bo‘lib, qalinligi 15–20 km gacha, ohaktosh, qum, gil va boshqalardan iborat. Granit va bazalt qatlamlar har birining qalinligi 10–15 kmni tashkil etadi.
Okean yer po‘sti okean tubiga to‘g‘ri keladi. Qalinligi 5–10 km bo‘lib, cho‘kindili va bazaltli qatlamlardan tuzilgan.
Oraliq yer po‘sti o‘rtacha qalinligi 15–30 km, 3 qismdan iborat: chekka dengiz soyligi, orollar yoyi va chuqur cho‘kmalar. Dengiz soyligi va chuqur cho‘kmalar ostida granit qatlami yo‘q, cho‘kindi va bazalt qatlamlardan iborat. Granit qatlam faqatgina orollar yoyida paydo bo‘ladi. Yevrosiyo materigining sharqiy qirg‘oqlarida, Shimoliy va Janubiy Amerikaning sharqiy va g‘arbiy qirg‘oqlarida mavjud.
Riftogen yer po‘sti o‘rta okean tizmalariga to‘g‘ri keladi. Qalinligi 1,5–2 km bo‘lib, 2 qatlamli tuzilgan. Cho‘kindi qatlamning qalinligi 1–2 km, bazalt qatlam rift vodiylarida (yer yoriqlarida) asta-sekin nuraydi va unchalik qalin emas.Mantiya – yer po‘sti bilan yadro orasidagi qobiq. Moddalarning zichligi 5,7 g/sm3, Yer hajmining 83 % ini, massasining 68 % ini tashkil etadi. Ikki qismdan iborat bo‘lib, yuqori mantiya 900 km, quyi mantiya esa 2900 km chuqurlikkacha davom etadi. Harorat 2000° C, yadro bilan chegarasida esa 3800° C ga yetadi.
Yadro – Yerning eng chuqur, ichki qismi. Moddalarning zichligi 16 g/sm 3 gacha yetadi. Yer hajmining 16 % ini, massasining 31% ini tashkil etadi. U ham ikki qismdan iborat bo‘lib, tashqi yadro 5100 km chuqurlikkacha, ichki yadro Yer markazigacha davom etadi. Harorat 4000° C dan ortiq.
29. Xaritada Zambezi daryosi qaysi raqamda ko`rsatilgan?4
30. Yetuk urbanizatsiya nima? Yetuk urbanizatsiya bosqichi Yevropaning eng rivojlangan davlatlari, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yaponiya, Isroilda kuzatilmoqda. Bunda aholi yirik shaharlarning markazlaridan asta-sekin shahar atrofiga ko‘chib boradi, lekin shaharda ishlash, o‘qish, turli faoliyat yuritishni davom ettiradi. Natijada shaharlar markazlari, asosan, tadbirkorlik, bank-moliya sektori, boshqaruv sohalarining rivojlanish maskanlariga aylanib, aholi yashash massivlari esa tobora markazdan uzoqla shib boraveradi. Bunday ijtimoiy-geografik jarayon suburbanizatsiya deb ataladi.
31. Janubiy Amerikaning qaysi tabiat zonasida eng yeengil va qattiq bals daraxti o`sadi?
32. Jahonning qaysi davlatlarida biotexnologiya tez sur`atlar bilan rivojlanmoqda? AQSH, Yaponiya, Germaniya, Xitoy, Fransiya
33. Afg`onistonning qaysi provinsiyasida turkmanlar istiqomat qiladilar?Bodxiz provinsiyasida
34. Qadimgi Palmira va Baalbek shaharlari qaysi davlatlar hududiga to`g`ri keladi?Suriya, Livan
35. Qaysi rus olimi Janubiy Amerika materigining tabiati va aholisi haqidagi qiziqarli ma`lumotlarni to`plashda ishtirok etmagan? A) S.O.Makarov B) P.M.Voyeykov C) N.I.Vavilov D) N.G.Rubsov Javob: S.O.Makarov ishtirok etmagan
Orinoko daryosida vujudga kelgan sharshara nomini toping? Anxel
36. Orinoko daryosida vujudga kelgan sharshara nomini toping? Anxel
37. Myorchison burni Shimoliy Amerika materigining qaysi qismida joylashgan? Shimoliy
38. Jau milliy bog`i qaysi materikda joylashgan? Janubiy Amerika
39. Quyidagi qaysi daryo Tinch okeani havzasiga tegishli emas? A. Kolumbiya B. Yukon C. Rio-Grande D. Kolorado Javob: Rio-Grande
40. Hindistonning og`ir mashinasozlik zavodlarini aniqlang? Chittaranjan, Ranchi, Xardvar
41. 2012-yil ma`lumotiga ko`ra, o`rtacha umr davri eng yuqori (erkaklarda 77 va ayollarda 82 yosh) bo`lgan mintaqani aniqlang? Shimoliy Amerika
42. Janubiy Amerikada qaysi tabiat zonasi selva deb ataladi? Ekvatorial o`rmonlar
43. Rivojlanayotgan davlatlar ichida iqtisodiyoti ortda qolayotgan Osiyo va Afrika davlatlarini aniqlang? Afrika materigida Burkina-Faso, KDR, Eritreya, Liberiya, Niger, Ruanda, Serra-Leone, Togo, Uganda, Zimbabve, Burundi, Efopiya, Malavi, Mozambik; Osiyo qit’asida Afg‘oniston, Nepal, Butan, Bangladesh, Laos
44. Qaysi mintaqalarda mongoloid irqiga mansub kishilar tarqalgan? Sharqiy, Janubi-sharqiy Osiyo, O‘rta Osiyoda, Kanada shimolida, Markaziy va Janubiy Amerikada
45. Shimoliy Afrikaning qaysi davlati ingichka tolali paxta va shakarqamish yetishtirishga ixtisoslashgan? Misr
46. Vud-Buffalo milliy bog`i qaysi materikda joylashgan? Shimoliy Amerika
47. Qaysi davlatlarda elektr energiyasining 87-97%i IESlar hissasiga to`g`ri keladi? JAR, Polsha, Niderlandiya
48. Pokiston qaysi ekinlarni yetishtirishga ixtisoslashgan? Bug`doy, shakarqamish, paxta, sholi
49. Mamlakatimiz elektr stansiyalarida yiliga qancha elektr energiya ishlab chiqarilmoqda? 60 mlrd kW/s
50. Qоrаqаlpоg‘istоn Rеspublikаsi vа vilоyatlаr bo‘ysunuvidаgi shаhаrlаr turkumigа, qоidа tаriqаsidа, kamida aholi soni qancha bo`lgan shaharlar kiritilishi mumkin? 30 ming aholi
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!