1. Psixologik ta`lim nima? Psixologiya tarixi va zamonaviy psixologiya fani yutuqlaridan foydalanish
2. Kichik guruhlarga to`g`ri psixologik tarif bering? Hamkorlikdagi faoliyatning umumiy maqsadi bilan birlashgan uyushma
3. Diqqatning turlarini ayting? Ixtiyoriy, ixtiyoriysiz, ixtiyoriydan so`ng
4. Psixologik jarayonlar haqida nimalar bilasiz? Idrok, tafakkur, sezgi, xotira, diqqat
5. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimida psixologik xizmat obyekti kimlar? Maktabgacha yoshdagi bolalar, o`quvchilar, maxsus o`quv yurtlari va oliy maktab talabalari
6. Bolalarni umumta`lim maktablariga qabul qilish qanday amalga oshiriladi? Tibbiy psixologik-pedagogik komissiya tavsiyasi bo`yicha 6-7 yoshdan
7. "Ta`lim to`g`risida”gi Qonunda bolalarni necha yoshdan boshlab maktabga qabul qilish belgilangan? 6-7 yoshdan
8. Psixologiya so`zini etimologik ma`nosi nima? Ruh va jon haqidagi ta`limot
9. Qaysi psixolog olimlarning ilmiy va uslubiy tavsiyalari O`zbekistonda psixologik xizmatni tashkil qilish uchun asos bo`ladi? M.Davletshin, E.G`oziyev. M.Vohidov
10. Amaliyotchi psixolog maktabda psixologik xizmatning qaysi yonalishlari bo`yicha ish olib boradi? Psixiprofilaktika, psixologik manaviy-marifiy ishlar, psixodiagnostika, psixokorreksiya, psixologik maslaxat
11. Qobiliyatga psixologik tarif bering? Qobiliyat bu kishining biror faoliyatga layoqatliligi, yaroqliligi va bu faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish mahoratidir.
12. Muayyan millatga xos bo`lgan psixologik xususiyatlarni o`rganuvchi fan? Yetnopsixologiya
13. Psixodiagnostika nima? Shaxsning yoki guruhning psixologik xususiyatlari, nuqsonlarining sabablarini maxsus psixologik metodlar yordamida aniqlash
14. Iste`dod qaysi uch o`zaro bog`liq parametr (mezonlar) bilan aniqlanadi? Nutq boyligi , faollik, qiziqishlar
15. Ma`lum sharoitlarga muvofiqlashtirilgan kichik guruhlardagi psixologik muhitni aniqlashda qaysi metod qo`llaniladi? Sotsiogiometrik metod
16. Qoida va meyorlari individ ongida etalon (namuna) sifatida qabul qiluvchi guruh psixologiyada qanday nomladi? Referent guruh
17. Xotirani kuchaytirish necha yoshdan qulay? 2-5 yoshdan
18. Ma`ruzada yangi mavzu yuzasidan tushuncha berish qanday maruza turiga kiradi? Axborot beruvchi
19. Har bir yosh davrida bolalarning psixologik xususiyatlari nimalarda aks etadi? Yetakchi faoliyatning turida, yosh senzetivligida, psixologik xosilalarida
20. Reflekslar necha xil bo`ladi? Shartli va shartsiz
21. Bola shaxsi shakllanishida qaysi omillar yetakchi rol o`ynaydi? Ijtimoiy omillar
22. Qobiliyat nima? Faoliyat bilan bog`liq individal psixologik xususiyat
23. O`qituvchining akademik qobiliyati nima? Barcha fanlar yuzasidan muayyan bilmga ega bo`lish
24. O`qituvchining perseptiv qobilyati? Qisqa daqiqalarga auditoriya holatini idrok qila olish;
25. O`qituvchining gnostik qobiliyati nima? Tadqiqot ishlariga layoqatliligi
26. Faoliyat nima? Ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan faollik
27. O`zbek millatiga xos, yaqqol ko`zga tashlanuvchi xarakter xususiyatlaridan biri? Andishalik
28. Tafakkur operatsiyalarini ayting? Analiz, sintiz, taqqoslash, konkretlashtirish, abstraksiyalashtirish
29. O`qituvchilarning konstruktiv qobiliyati nima? O`quv – tarbiya ishlarni rejalashtirish va natijasini oldindan ayta olish
30. Psixokorreksiyaning ma`nosi nima? Tuzatish
31. Yosh davrlar psixologiyasi nechanchi asrda rivojlandi? XIX asrda
31. O`qituvchi qobilyati haqida ayting? Tashkilotchilik, didaktik, akademik, kommunikativ
32. Harakatchan, chaqqon tezda tushunadigan lekin jaxldor so`zlari qaysi mijozga taalluqli? Xolerik
33. Pedagogik psixologiyaning bo`limlari haqida nimalar bilasiz? Ta`lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, o`qituvchi psixologiyasi
34. Vunderkind so`zining lug`aviy ma`nosi nima? Mo`jiza bola
35. Yosh davrlari psixologiyasida shaxsning ikki xil rivojlanishi to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping? Ijtimoiy va biologik rivojlanish
36. Psixologiyada layoqatlarning qaysi ikki xil turi farqlanadi? Tabiiy layoqatlar, ijtimoiy layoqatlar
37. Diqqatga ta`rif bering? Diqqat ongimizning muayyan obektga yonaltirilishi va unda to`planishidan iborat psixik holatdir
38. Faoliyat turlariga misol keltiring? O`yin, o`qish, mehnat
39. Pedagogik qobiliyat turlari to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping? Didaktik, akademik, perseptiv (idrokka oid), nutqiy, tashkilotchilik, muomala va muloqot o`rnata olish
40. Psixologik-pedagogik tashxis daftarini to`g`ri yuritishda qaysi shaxs mas`ul hisoblanadi? Sinf rahbari va maktab psixologi
41. Bola necha oylik paytidan boshlab eng zarur ruhiy xususiyatlarni egallay boshlaydi? 3 oylikdan boshlab
42. Pedagogik- psixologiyaning asosiy vazifasi haqida aniq ifodalangan tarif bering? Ta`lim va tarbiyaning qonuniyatlarini o`rganadi
43. Psixologiyaning tarmoqlari haqida nimalar bilasiz? Umumiy psixologiya, bolalar psxologiyasi, pedagogik psixologiya
44. Voqelik va borliqni psixik aks ettirishning uch asosiy shakli? Muomala, munosabat, axloq
45. Kichik maktab yosh davrida qanday faoliyat yetakchilik qiladi? O`qish
46. Introvert atamasi qanday shaxsga nisbatan ishlatiladi? Muomala qilish qiyin bo`lgan shaxsga
47. Tarbiya psixologiyasiga izoh bering? Bu pedagogik psixologiya fanining alohida bo`limi bo`lib, u tarbiya jarayonining ichki mohiyatini tadqiq etadi
48. Shaxsning odamiylik fazilatlariga qaysi xislatlarni kiritish mumkin? Hayo, sabr, ehson, saxovat, adolat, sadoqat, tavoze
49. Yosh davrlari psixologiyasi qanaqa bo`limlardan iborat? Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi, kichik maktab yoshidagi bolalar psixologiyasi, o`smirlar psixologiyasi, o`spirinlar psixologiyasi
50. Bola 6 (olti) yoshga to`lganda uning so`z boyligi qanchaga yetadi? 3.000 taga
51. Zamonaviy dars deganda nimani tushunasiz? Qayerda, qanday o`tishidan qatiy nazar o`quvchilar bilimi, ko`nikma va malaka hosil qilish va tabiyalash jarayoni
52. Psixologiya ilmiy atamasi qachon paydo bo`lgan? XIX asr o`rtalarida
53. Psixologiyaning bir tarmog`i hisoblangan pedagogik-psixologiya qaysi fanlar sirasiga kiradi? Ijtimoiy fanlar
54. 1-sinf o`quvchilarida diqqatning qaysi turi ustin turadi? Ixtiyorsiz
55. Psixologiya fan sifatida qadimiy fanmi yoki zamonaviy? Ham qadimiy ham zamonaviy
56. Inson ruhi sirlarini bilishga bo`lgan dastlabki urinishlar qaysi vaqtga to`g`ri keladi? Eramizdan oldingi birinchi ming yillik o`rtalariga
57. Psixologik tushunchalar qachondan beri ma`lum? Psixologiya haqida tushuncha qadim dunyodan malum bo`lib, 2500-3000 yildan buyon ruhiy hodisalar haqida fikr yuritib kelinadi
58. Psixologiya atamasi qachon paydo bo`lgan? XVI asrda
59. Psixologik ta`lim nima? Aholining keng tabaqalari o`rtasida psixologik savodxonlikni oshirishga
60. Psixologiya atamasining etimologik mazmuni? Yunon tilidan olingan bo`lib ruh va jon to`g`risidagi ta`limot degan manoni bildiradi.
61. Qaysi taniqli psixolog olimlarning ilmiy va uslubiy tavsiyanomalari O`zbekistondan psixologik xizmatni yaratishga asos bo`ladi? M.Davletshin, E.G`oziyev, M.Vohidov
62. Psixologiyaning xalq ta`limi tizimiga taalluqli bo`lgan asosiy tarmoqlarini ayting? Psixologik xizmat, ruhiy holat, psixologik xususiyatlar
63. Esda olib qolish 2 xil bo`ladi. Ularni ayting? Mexanik, logik
64. Psixologiyada ikkilamchi guruh sifatida e`tirof etiladi? Yirik shaharlar aholisi, zavod va fabrika mehnatkashlari, armiya
65. Kichik guruhlarga psixologik tarif bering? Bir-biri bilan munosabatda bo`lgan, soni jihatdan unchalik katta bo`lmagan (2-25 kishidan iborat) kishilar yig`ilmasi
66. Psixologiyada guruhlar turlari bo`yicha necha xil bo`ladi va qanday deb ataladi? 2 xil - rasmiy va norasmiy
67. Norasmiy guruhga to`g`ri psixologik tarif bering? Shaxslararo o`zaro ruhiy hamkorlik mavjud bo`lsa
68. Introspeksiya so`zining lug`aviy ma’nosi nima? Lotincha ichki tomonga qarash
69. Insonning psixofiziologik funksiyalarini o`rganishda Galendan so`ng o`rinni qaysi olim egallaydi. Abu Ali Ibn Sino
70. Psixologiya tarixida o`rta asr qaysi yillarni o`z ichiga oladi? V asrdan XIV asrlargacha.
71. Substansiya sozining lug`avi ma`nosi nima? Butun borliqning birlamchi xususiati.
72. Psixologiyaning inqiroz davri qaysi yillarga tog`ri keladi? 1910-1930-yillar oralig`ida
73. Vebir 1924-yilda qanday asar yozgan? Sezgilar haqida
74. Farobiy ta’limotida bilishning necha bosqichi haqida fikr bildirgan? 2 ta. Hissiy bilish, Aqliy bilish
75. Irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signaller sistemasining faoliyati bilan bog`liqmi? Bog`liq bo`ladi
76. Malaka deb nimaga aytiladi? Oldin ongli bajarilib, keyinchalik avtomatlashgan ish harakatga
77. Motiv deb nimaga aytiladi? Ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq bo`lgan faoliyatga undovchi sabab
78. Har qanday kishining inson zotiga mansubligini qaysi tushuncha ifodalaydi? Individ
79. Diologik va manologik nutq qaysi nutq turiga kiradi? Og`zaki
80. Hissiyot deb nimaga aytiladi? Tashqi olamdagi narsa va hodesalarga nisbatan bo`lgan munosabatlarimizning va bu munosabatlarimizdan hosil bo`ladigan ichki kechinmalarimizning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.
81. Sotsiometriya metodi orqali nimani aniqlash mumkin? Guruh a’zolarining berlashihsini, xush ko`rish yoki ko`rmasligi hamda ledirni tanlash
82. Faollik manbai nima? Ehtiyojlar
83. Layoqat- bu? Layoqat shaxsning anatomik- fiziologik xususiyati bo`lib, qobiliyatining o`sishi ucun ma’lum darajada dastlabki shart-sharoitlarni yaratadi.
84. Odam psixikasining rivojlanish davri? Filogenez va ontogenez
85. Nerv sestemasining kuchli , muvozanatli, passiv, inert tipi qaysi temperamentga mos keladi? Flegmatik
86. Iroda o`z kelib chiqishiga ko`ra– Mustaqil ichki manaviy aktivlikning ifodalanishi
87. Qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlarining zaifligi bilan xarakterlanadigan zaif-nerv sistemasi tipi qaysi temperamentga mos keladi? Melanxolik
88. Shaxsning faqat ijobiy irodaviy sifatlari? Maqsad sari intilish, prinsipiallik, ozodalik, qat’iylik, o`zini tutish, talabchanlik, qat’iylik
89. Xarakterning ijobiy sifati kishining qaysi xislatlarida ko`rinadi? Xislatlari to`la rivojlangan,yaxlit bir butun, mustahkam, kuchli e’tiqodli, talabchanligi kuchli ifodalangan
90. Ilmiy psixologiyaning tamoiyllaridan biri determinizm prinsipini birinchi bo`lib kim tomonidan yoqlab chiqilgan? Spinoza
91. Psixologiya faniga appersepsiya atamasini kim kiritgan? Nemis faylasufi, psixolog Gerbard
92. XIX asr ingliz assotsiativ psixologiya maktabining qanday yetuk namoyondalarini bilasiz? Tomos Braun, Jems Mill, Gerbard
93. Hozirgi zamon psixologiya fanining predmeti qaysi javobda to`g`ri aks ettirilgan? Psixologiya psixik faktlarni, ularning qonuniyatlarini, mexanizmlarini o`rganuvchi fandir
94. Sezgi, psixologik hodisalarning qaysi guruhiga (turkumga) kiradi? Psixik jarayonlarga
95. Barcha psixologik hodisalar to`rt guruhga bo`linadi. Quyida tushirib qoldirilganini toping: psixik holatlar, psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar Individual-psixologik xususiyatlar
96. Qobiliyat, psixologik hodisalarning qaysi guruhi (turkumi)ga kiradi? Psixik xususiyatlarga
97. Kuzatish metodi turlari? O`z-o`zini kuzatish
98. Kishilarning psixologik xususiyatlarini standart laboratoriya sharoitida, turli tadqiqot uskunalaridan foydalanib o`rganish metodi? Eksperiment
99. Psixologiya fanining….metodi jarayonida tadqiqotchi tajriba borishini boshqarish, o`zgartirishlar kiritish orqali standartlashgan natijalar olish imkoniyatiga ega. Anketa
100. Kishining psixologik xususiyatlarini maxsus tuzilgan savollarni o`z ichiga savolnomalar yordamida o`rganish? Test
101. Savollarga ularning javob variantlari berilgan anketalar qanday tipdagi anketalar deyiladi? Sotsiologik tipdagi
102. Qisqa muddatli standart (o`zgarmas) vazifalardan iborat bo`lib, bajarilishi natijasiga ko`ra shaxsning bilim, ko`nikma, malaka, individual xususiyatlarning rivojlanganlik darajasini o`rganish metodi deyiladi? Kuzatish
103. Kishining aqliy rivojlanish darajasini o`rganish uchun qo`llaniladigan testlar qanday testlar deyiladi? Intelekt testlar
104. Individual hayot davomida orttirilgan hatti-harakat shakllari… Ko`nikmalar
105. Ongning rivojlanish tarkibiga quyidagilar kiradi:... Bilim, munosabat, o`zini anglash, maqsad
106. Fiziologik, psixik va ijtimoiy xususiyatlarni birgalikda olganda, kishining yagonaligi, qaytarmasligi qaysi javobda aks etgan? Individuallik
107. Ongli maqsad bilan boshqariladigan aqliy va jismoniy faol hatti-harakatlar bu…. O`yin
108. Maqsadga muvofiq harakatlarning amalga oshirilishi va boshqarilishining qisman avtomatlashuvi….deyiladi Ko`nikma
109. Ma`lum faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan psixik yoki amaliy ish harakatlar tizimini egallash…deyiladi. Ko`nikma
110. Faoliyatning asosiy turlari: o`qish, …o`yin. Tushirib qoldirilgan turini ko`rsating? Mehnat
111. Faoliyat asosini tashkil qiluvchi, hatti- harakatga undovchi kuch? Motiv
112. Ehtiyojlar kelib chiqishiga ko`ra ikki turga bo`linadi: tabiiy, …tushirib qolidirilganini toping? Iqtisodiy
113. Ehtiyojlar predmetiga ko`ra quyidagi ikki turga bo`linadi: moddiy, …tushirib qoldirilganini toping? Madaniy
114. Biror tashkilot tomonidan tuzilib, tasdiqlangan guruhga qanday guruh deyiladi? Rasmiy
115. Guruhning ichki tuzilishi ikki xil bo`ladi: rasmiy va ……? Norasmiy
116. Harakatlar yoki harakatlar sistemasini esda olib qolish, esga tushirish, esda saqlash? Obrazli xotira
117. Predmet, narsa, hodisalar va ularnin xossalari orqasidagi bog`lanishlarni umumlashtirib, vositali aks ettirish? Idrok
118. Narsa va hodisalar orasidagi bog`lanishlarni aks ettiruvchi tafakkurning mantiqiy shakli? Sintez
119. Tafakkurning mantiqiy shakllari: hukm, tushuncha,… Analiz
120. Nutqlarning turlari: tashqi, ichki va.. xulosa chiqarish
121. Psixik faoliyatning shaxs uchun ahamiyatga ega bo`lgan obektga yonaltirilishi… Diqqat
122. Faoliyat natijasi va uning oraliq bosqichlarini obrazlar orqali aks ettirib, faoliyatni rejalashtirish va boshqarishda ishtirok qiluvchi insongagina xos aks ettirish shakli Xayol
123. Shaxsning psixologik xususiyatlarining yosh o`zgarishi davomidagi dinamikasini o`rganuvchi fan…dir. Yosh davrlari psixologiyasi
124. Yosh davrlarini ketma-ketligi tartibida yozing. A-kichik maktab yoshi. B-bog`cha yoshi. V-o`smirlik yoshi. G-o`spirinlik yoshi. D-go`daklik yoshi DBAVG
125. Yosh davrlari psixologiyasining quyidagi uchta tashkiliy metodi mavjud: uzunasiga kesish,… kompleks. [Yoshlarning ijtimoiy, psixologik va fiziologik jihatdan tez rivojlanish hodisasi… Emansipatsiya
128. Pedagogik psixologiya…psixologik qonuniyatlarini o`rganuvchi fandir. shaxs shakllanishining
129. Mustaqillikka intilish…yoshining asosiy psixologik xususiyatidir. O`smirlik yoshining
130. Bir guruh kishilarni (sinaluvchilarni uzoq vaqt davomida bir yoki bir necha metodikalar yordamida o`rganish…metodidir) Eksperiment
130. Yosh quyidagi xususiyatlar orqali baholanadi: yoshning sifat, miqdor, ijtimoiy,…biologik xususiyatlar Fiziologik
131. Yosh davrlari psixologiyasining ilmiy tekshirish metodlarini to`rt guruhga (tashkiliy, empirik, natijalarni qayta tishlash va tahlil, yani interpretatsiya metodlariga) klassifikatsiya qilgan psixolog olim? A.V. Petrovchskiy
132. O`qitish metodlari quyidagi guruhlarga bo`linadi: ko`rgazmali (reproluktiv), interaktiv, programmali,…tushirib qoldirilganligini toping? Og`zaki so`rash
133. Ekspriment, anketa, test, kuzatish metodlari «Yosh davrlari psixologiyasi»ning tashkiliy metodlarining qaysi guruhiga kiradi? interpretatsiya
134. O`quvchi shaxsini har tomonlama (manaviy, jismoniy, estetik, psixologik va h.k) rivojlantirishga yonaltirilgan jarayon? Ta`lim
135. O`quvchilarda malum bilim, ko`nikma va malakalarni rivojlantirishga yonaltirilgan o`quvchi va pedagoglarning hamkorlikdagi faoliyati? O`qish
136. Pedagogning og`ir o`quv materiallarni yengil, tushunarsizni-tushunarli, murakkabni oddiy qilib bera olish qobiliyati? Akademik
137. Biror nazariy yoki amaliy ishni muvaffaqiyatli bajarish shartlaridan biri bo`lib, kishining tajribasiga, bilimiga, tug`ma imkoniyatlariga bog`liq ravishda shakllanadigan xususiyat? talant
138. Bola shaxsining shakllanishini qanday omillar belgilaydi? Biologik va ijtimoiy omillar
139. Nisbatan zaif, lekin odatda ancha davom etadigan, odamning psixik jarayonlarida va uning butun xulk-atvorida aks etadigan umumiy emosional holat nima deb ataladi?
140. Shaxsning qo`rqish va dovdirab qolish tuyg`usini yengish qobiliyati qaysi irodaviy sifatiga kiradi? Qat`iylik
141. Assotsiastiya deganda nimani tushuniladi?
Narsa va hodisalar o`rtasida aloqa o`rnatish
142. Parishonlik qaysi psixik jarayonning xususiyati?
Diqqat
143. Psixologiyada qaysi tadqiqot metodlaridan foydalaniladi?
Kuzatish, eksperiment, suhbat, anketa, sosiometriya va test metodlaridan
144. Guruh deganda nimani tushunasiz?
Muayyan belgi, maqsad, tashkil topish xususiyatiga qarab birlashgan insoniy umumiylik
145. Hozirgi zamon ilmiy psixologiyasining prinsiplari qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan? Ong va faoliyat birligi, determinizm, psixika va ongning faoliyatida rivojlanishi
146. Shaxs faolligi manbai nima?
Shaxs ehtiyojlari
147. Tafakkur tushunchasiga tarif bering? Narsa va hodisalar o`rtasidagi muhim bog`lanishlar va munosabatlarning ongimizda umumlashtirib aks ettirilishi tafakkurdir
148. Xayol tushunchasiga ta`rif bering?
Odam ongida ilgari idrok qilingan narsa va aloqalarni qayta tiklash va bir-biri bilan yangicha qushilishi orqali yangi narsa va hodisalarning qiyofalarini hosil qilishga xayol deyiladi.
149. Iroda tushunchasiga ta`rif bering? Iroda – bu kishining oldiga qo`yilgan maqsadga erishishda qiyinchiliklarni yengib o`tishga qaratilgan faoliyati va xulq atvorini ongli tashkil qila olishi va o`z-o`zini boshqarishdir.
150. Shaxsning tarkib topishida va rivojlanishidagi asosiy faoliyat turlari qaysilar? O`yin, o`qish, mehnat
151. Kishining dunyoqarashi qanday shakllanadi?
Atrof-muhitni yaxlit idrok qilish, farqlash, taqqoslash va izohlay olish
152. Kasb ta`limi psixologiyasi qaysi sohalarni o`rganadi? Kasb tanlashga doir manaviy axloqiy sifatlarni egallashni
153. Muhandislik psixologiyasi nimani o`rganadi?
«Jamoa-odam-mashina» tizimida odam psixik imkoniyatlarini
154. Psixologiyada dualizm oqimining asoschisi kim?
Aflotun
155. Kim «Jon bilan tana bo`linmasdir» degan fikrni bildirgan? Arastu
155. Determenizm tamoyilining mohiyati nimadan iborat?
Sababiy bog`lanishdir
156. Psixologiyaning predmeti xulq – atvor bo`lishi kerak, degan fikr kimniki.
Bixeviorizm
157. Psixologiyaning evolyusion taraqqiyoti qaysi davrni o`z ichiga oladi?
Tirik organizimlar paydo bo`lgan davrni
158. Tabiiy eksprement metodi kim tomonidan fanga kiritilgan? A.F. Lozurskiy
159. Faoliyatda motiv qanday vazifani bajaradi?
Undovchilik
160. Yeksteriorizasiya deganda nimani tushunasiz?
Ichki ideal ishdan tashqi real ishga o`tish
161. Refleks nima?
Organizmning tashqi muhit tasiriga nerv tizimi orqali beradigan javob reaksiyasi
162. Freydizm nazariyasiga ko`ra shaxs aktivligining manbai nima? Instinktlar
163. Hozirgi zamon ilmiy psixologiyasining prinsiplari haqida nimalar bilasiz? Ong va faoliyat birligi, determinizm, psixika va ongning faoliyatida rivojlanishi
164. Laboratoriya eksprementi metodi Tadqiqot odatdagi sharoitlarda o`tkaziladi
165. Shaxs kamoloti qaysi omillarga bog`liq?
Shaxs ehtiyoji, ta`lim-tarbiya va o`zligini anglashishga
166. Bir vaqtning o`zida o`qituvchini tinglab, yozib, hamda o`rtog`ining iltimosini bajargan talaba diqqatining xarakterli xususiyatlari qaysi? Diqqatning taqsimlanishi
167. Kishi boshdan kechirgan biror hodisani eslaganda rangi uchib yoki qizarib ketsa u odamda qaysi xotira turi ustunlik qiladi? Yemosional xotira
168. Kimning xotirasi kuchli, agar u …
Tez esga oladi, sekin unutadi
163. Ko`nikma va malakani farqi bormi?
Ko`nikma va malaka bir – birini to`ldiradi
164. Shaxsda « Men» timsoli qachon paydo bo`lgan? Ilk bolalik davrida
165. Shaxs haqida tushuncha bering? munosabatga kirishuvchi konkret odam
166. Kuzatish, tajriba, suhbat,anketa va test uslublari bolalar psixologiyasining qaysi guruh uslubiga kiradi? Yemperik (malumot to`plash) uslublari
167. Psixologiyaning qaysi sohalarida test metodidan keng qo`llaniladi? Ijtimoiy psixologiyada
168. Ikki xil signal sistemasi haqidagi ta`limotni fanga kim kiritgan? I.P.Pavlov
169. Faoliyat deganda nimani tushunasiz?
Anglangan maqsad asosida boshqariladigan jismoniy va ruhiy faollik
170. Sosiometrik metodini kim ishlab chiqqan? D. Moreno
171. Shaxsning tarkib topishida va rivojlanishidagi asosiy faoliyat turlarini ayting? O`yin, o`qish, mehnat
172. Shaxsning xarakteri deb nimaga aytiladi? Tevarak-atrofdagi narsalarga,
boshqa odamlarga va o`ziga bo`lgan munosabatlarda namoyon bo`ladigan xususiyatlarga xarakter deyiladi.
173. Talaba temperamentini malum tipga kiritish uchun qaysi fazilatlarni hisobga olish kerak? Psixik xususiyatlar nisbati, qo`zg`alish va tormozlanishini, faollik darajasini, ishchanlik davomiyligini
174. Shaxs kamoloti qaysi omillarga bog`liq? Shaxs ehtiyoji, ta`lim-tarbiya va o`zligini anglashishga
175. Temperament – so`zi kim tomonidan kiritilgan? Gippokrat
176. Nutqsiz kommunikasiya bu… So`zlarni sistematik ravishda ifoda etish
177. Individ haqida tushuncha bering? Biologik jonzotga xos jamiyatdan tashqari, ijtimoiy tarixiy xarakterga ega bo`lgan insondir
178. Muloqot deganda nimani tushunasiz? Kishilar faoliyatida nutqli va nutqsiz munosabatga kirishishishi, o`zaro fikr almashishi muloqotdir
179. Adaptatsiya so`zi qaysi psixik jarayonga tegishli? Sezgi
180. Polilog so`zi qaysi psixik jarayonga tegishli Xotira