1. ''Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch'' asarining tuzilishi aytib bering?
Asar muqaddima 4 ta bob, 10 fasl, xotimadan iborat
2. ''Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch'' asarining birinchi bobi qanday nomlanadi?
Ma’naviyat insonning ulg`ayishi va kuch qudrati manbaidir.
3. ''Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch'' asarining ikkinchi bobi qanday nomlanadi?
Mustaqillik – ma’naviy tiklanish va yuksalish
4. ''Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch'' asarining uchinchi bobi qanday nomlanadi?
Ma’naviyatga tahdid – o’zligimiz va kelajagimizga tahdid
5. ''Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch'' asarining birinchi bobining fasllari qanday nomlanadi?
Ma’naviyatni anglash, Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar, Ma’naviy va moddiy hayot uyg`unligi
6. Milliy ma’naviyatimizni shakllantiradigan asosiy omillarini ayting
Ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna yodgorliklar.
7. Mamlakatimizda mavjud bo’lgan qancha moddiy va ma’naviy obida YuNESKO ro`yxatiga olingan?
4000 dan ziyod
8.”Avesto” qachon qayerda yaratilgan?
Uch ming yil muqaddam Xorazmda
9.”Avesto” ning tub mohiyatini belgilab beradigan tamoyil
"Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal”
10. Millatimiz o’zligini namoyon etadigan qahramonlik qo’shig`i hisoblangan dostonni toping?
"Alpomish”
11.”Alpomish” dostonni qachon qoralangan?
XX-asr 50-yillarida
12. Alpomish nima uchun "Alp” unvonga yega bo’lgan?
7 yoshida 14 botmon birinchidan- bronzadan yasalgan yoydan o’q otgani uchun
13.”Alp” degani bu- ...?
Hokimiyat egasi demak
14. Eng aziz va eng milliy bayramimizni ayting?
Navro’z
15. AYSESKO qanday tashkilot?
Islom Konfrensiyasi tashkilotining ta’lim,fan va madaniyat masalalari bo’yicha tuzilmasi.
16. "Muhanddislar sultoni” kim va uning asari qanday nomlanadi?
Imom Buxoriy , "Al-jome’ as-sahih”
17. Iso at-Termiziy "Sunnai Termiziy ” asarida qanday g`oyalarini targ`ib etgan?
Insof va adolat va insonparvarlik g`oyasi.
18. Ma’naviy jasorat namunasini ko’rsatib, islom olamida "Musulmonlarining etiqodini tuzuvchi” degan yuksak sharafga sazovor bo’lgan nodir shaxsni toping?
870-yilda tug`ilgan Imom at-Matrudiy.
19. Burhoniddin Marg`oniy qanday yuksak unvonga sazovor bo’lgan?
"Burhoniddin va milla” ya’ni, "Din va millatning hujjati”
20. Musulmon mamlakatlarida eng mukammal huquqiy manba qanday nomlangan?
"Hidoya - to’g`ri yo’l''
21. Tengsiz azmu-shijoat, mardlik va donishmadlik ramzi bo’lgan mumtoz siymo kim?
Amir Temur
22. Qayerda qaysi allomalarimizga haykal qo’yilgan?
Litvada - Mirzo Ulug`bek, Belgiyada – Ibn Sino, Moskva, Tokiyo va Bokuda – Alisher Navoiy, Qohirada – Ahmad Farg`oniy
23. Qaysi davrda Turkiston zamini siyosiy parokandalik, jaholat va qoloqlikka yuz tutdi?
XVII asrdan XX asrgacha
24. Bolaning ongi asosan necha yoshda shakllanadi?
5-7 yoshda
25. Qaysi yil ''Oila yili" deb e’lon qilingan?
1998-yil
26. Abdulla Avloniy tarbiya haqida nima degan?
"Tarbiya biz uchun yo -hayot , yo- momot, yo- najot, yo-halokat, yo-saodat, yo-falokat masalasidir”
27. Oila va uning qadryatlarini ulug`lab mamlakatimizda qanday yodgorlik joriy qildi?
"El–yurt tayanchi ”
28. Xorazm diyoridan Arabistonga borib, arab tili gramatikasini mukummal tarzda ishlab chiqqan allomani toping?
Mahmud Zamahshariy
29. Yan Gaveliyning "Selenografiya” asari qachon nashr etilgan?
1647-yil
30. "Selenografiya” asarida Oydagi kraterlardan iktasiga kimlarning nomi berilgan?
Ahmad Farg`oniy va Mirzo Ulug`bek
31. Yaponiya milliy mafkurasi qanday nomlanadi?
Kokutay
32. Yaponlarning barchasidagi ulug` bir maqsadiga aylangan g`oyani toping?
O’z Vatanini ozod va farovon ko’rish.
33. 1994-yil 22-sentyabrda qanday voqea bo’lgan?
Oliy Kengash XI chaqiriq XII sessiyasi
34. Mehr-oqibat tushunchalarining qanday ildizlari bor?
Tarixiy va diniy
35. Amerikalik tarixchi Olim Sarton XI asrni qanday tariflaydi?
"Beruniy asri”
36. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning qaysi asarlari nomlanishida yuksak ma’naviyat jumlasi ishlatilgan?
1. O’zbekistonning o’z siyosi, ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari asarining uchunchi qismi "Yuksak ma’naviyat kelajak poydevori” deb nomlanadi. 1995-yil. 2. Ma’naviy birlik sari muhim qadam 1995-yil. 3. Yuksak ma’naviyatsiz kelajak yo’q 1996-yil. 4. Iqtisodiyot va ma’naviyat ajralmasdir 1997-yil. 5. Ma’naviy yuksalish yo’lida 1998 yil. 6. Yuksak ma’naviyat jamiyat taraqqiyotining asosi (1998-yil 11-noyabrdagi Xalq deputatlari Navoiy viloyat kengashining navbatdan tashqargi sessiyasida so’zlagan nutqi mavzusi)
37. Miilatning eng buyuk boyligi nima?
Milliy qadriyatlari, tarixi va madaniyatidir
38. Yapon milliy mafkurasining asosiy g`oyalarini ayting?
Fuqorolik burchi, yapon ruhi, yaponlarning mohiyati haqidagi nazariya, milliy tafakkur, ijodkorlik, umummilliylik, fidoyilik, vatanparvarlik, paternalizm, ishlab chiqarish orqali yaponiyaga xizmat qilish, jamoaga sadoqat, zamonaviylashuv
39. Qaysi asarda I.Karimov ma’naviyatga e’tibor o’ziga xos yo’l ekanligi, Respublikamiz tamoyillaridan biri ekanligi jihatidan dastlab asoslab bergandi?
"Istiqlol va ma’naviyat” asari 1994-yil.
40. Ma’naviyatni tushunish va anglash uchun eng avvalo nima kerak?
Insonni tushunish va anglash kerak
41. Ma’naviyat tushunchasi jamiyat hayotidagi qanday qarashlarni mujassam etadi?
G`oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlar
42. Ma’naviyatning negizi ma’no – mazmunini belgilash xususiyatlarining birinchi galdagisi nima?
Insonning ruhiy poklanishi va qalban ulg`ayishi
43. Qaysi tashkilot Toshkent shahrini 2007-yil "Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilgan?
AYSESKO
44. Burxoniddin Mahinoniy asari qanday nomlanadi va tuzilishini ayting?
57 kitobdan iborat "Hidoya” (To’g`ri yo’l) asari
45. O’zining jismoniy nogironligiga qaramay dunyoning ko’plab mamlakatlariga mashaqqatli safar qilga teran bilimli va ilmiy salohiyati bilan butun Islom olamini lol qoldirgan, xalqimizning ma’naviy yetuklik timsoli bo’lib qoladigan allomani ayting?
Mahmud Zamaxshariy
46. Ma’naviyatga ta’rif bering?
Ma’naviyat-insonni ruhan poklanish, qalban ulg`ayishga chorlaydigan, odamni ichki dunyosi irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg`otadigan beqiyos kuch uning barcha qarashlari mezonidir.
47. Asarning ikkinchi bobining fasllari qanday nomlanadi?
Milliy g`oya va ma’naviy hayot, Ma’naviyat va jamiyatning yangilanishi, Islohatlar va ularning ma’naviy mezoni
48. Asarning uchinchi bobi fasllari qanday deb nomlanadi?
Globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlar, Fikrga qarshi fikr, g`oyaga qarshi g`oya
49. Asarning to’rtinchi bobi fasllari qanday nomlanadi?
Inson qalbiga yo’l, Eng buyuk jasorat
50. Sharq olamida, jumladan o’zimizning O’rta Osiyo sharoitida qanday tuyg`u g`oyat muhim ahamiyat kasb etadi?
Jamoa bo’lib yashash tuyg`usi.
51. Qanday millatning kelajagi yo’q?
O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunni unutgan millatning kelajagi yo’q
52. Asrlar va zamonlar osha inson ma’naviyatining tayanchi, ustunlardan biri nima?
Vijdon pokligi va bedorligi
53. Yaponiya va Janubiy Koreya davlatlari 2-jahon urushi (1939-1945-yy)dan so’ng nimani evaziga qisqa vaqt ichida bu qadar rivojlanishga erisha oldi?
Yapon va koriys xalqi asrlar davomida shakllanib, katta bunyodkor kuchga aylangan o’ziga xos milliy ma’naviyati himobidan rivojlangani bugungi kunda hech kimga sir emas.
54. Ma’naviy tahdid deganda nimani tushunasiz?
Ma’naviy tahdid deganda avvalom bor tili, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo’lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko’zda kutadigan mafkuraviy, g`oyaviy va infarmatsion hurjlarni nazarda tutish lozim.
55. Muhandislar sultoni kim va uning asari qanday nomlanadi?
Imom al Buxoriy, "Al jome’ as sahih” asari
56. Iso at Termiziy "Sunnai Termiziy” asarida qanday g`oyalarni targ`ib etgan?
Insof va adolat, insonparvalik g`oyalarini
57. "Astronomiya asoslari haqidagi kitob” qachon va qaysi tillarda tarjima qilingan?
XII-asrda, Lotin va irvit tillarda
58. 1647-yilda nashr etilgan "Selenografiya” asarining muallifi kim?
Yan Gaveliy
59. Qachon Prezdentlik lavozimi joriy etilgan?
Yan 1990-yil 24-mart
60. Istiqbolimizdan bir yil-u to’rt oy oldin qanday voqea ro`y berdi?
Davlat tili to’g`risida qonun qabul qilindi.
61. Qarshi shahrining necha yilligi hisoblangan?
2700 yilligi
62. Miiliy ma’naviyatning shakllantiradigan asosiy omillardan biri bu...
Ta’lim tarbiya tizimidir
63. Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi qaysi yillarda belgilangan?
2004-2009-yillarda
64. Milliy g`oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan tamoyilarni sanab bering?
Komil inson, ijtimoiy hamkordlik, millatlar aro totuvlik, dinlar aro bag`ri kenglik
65. Bizning eng ulug` maqsadimiz, g`oyamiz nimadan iborat?
O’zbekistonning bitta yo’li bor- mustaqillikni mustahkamlab, mamlaktimizni har tamonlama yuksaltirib, yorug` va erkin hayot sari olg`a yurish.
66. Qanday masala biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega?
Mamlakatimzda yangi hayot, yangi jamiyat poydevorini barpo etishda, erkin fuqora ma’naviyatini shakllantirish masalasi
67. Islohatimizning samaradorligi avvalo bir qator jixatlarga bog`liqdir. Ularning eng muhimini toping?
Jamiyatning tafakkurining o’zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog`liqdir.
68. Qachon Prezidentlik lavozimi joriy etilgan?
1990-yil 24-mart
69. Xalq ma’naviyatining munosib egalari kimlar himoblanadi?
Yoshlar
70. Ijtiomiy – siyosiy qaramlik qancha vaqt davom etdi?
bir yarim asr yoki 150 yil
71. Qaramlikdan keyingi dastlabki paytlarda mutloqo tabiiy ravishda o’ziga xos qanday qoniniyat asosida kechgan?
"Inkorni-inkor” qonuniyati
72. Qadriyat nima?
Tarix sinovlaridan o’tgan, milliy manfa’tlarimiz, bugungi va ertangi orzu intilishlarimizga, taraqqiyot talablariga to’la javob beradigan yillar o’tgan sari qadri o’tib boradigan g`oya va tushunchalarni qadriyat deb bilamiz.
73. Milliy qadriyat nima?
Yoshlarimizni ruhiy yuksalishga davat etuvchi insonni ichki olamini boyituvchi, uning iroda va e’tiqodini mustahkamlovchi vijdonni uyg`otuvchi qudratli, botiniy kuch.
74. Millatning ruhi nima?
Ona tili
75. Abdulla Avloniy til haqida nima degan edi?
Har bir davlatning dunyoda borligini ko’rastadigan oynai-hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmakdur
76. Davltaning qonun yli bilan qo’riqlandigan muqaddas timsollarini aytib bering?
Bayroq, gerb, madhiya, konstitutsiya, o’zbek tili
77. Qachon ma’rifatparvar ziyoliylarimizning sa’yi harakati bilan lotin yozuvi asosidagi o’zbek alifbosi ishlab chiqildi va joriy etildi?
1929-yilda.
78. Lotin yozuvidagi o’zbek alifbosini joriy etish to’g`risidagi Qonun qachon qabul qilindi?
1993-yil 2-sentyabr, yangi tahrirda 1995-yil dekabr
79. Ioshkent shahri qadimgi darvozalari nomlarini toping?
Samarqand, Beshyog`och, Ko’kcha, Chig`atoy, Sabg`on, Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Kamalon, Qo’ymas, Qo’qon, Qashg`ar
80. Qachon sobiq SSSR hududida mudhish ommaviy siyosiy qatag`onlar amalga oshirilgan?
1937-1953 yillarda.
81. Qachondan etiboran 31-avgust yurtimizda "Qatog`on qurbonlarini yod etish” kuni sifatida nishonlanadigan bo’ldi?
2001-yil
82. Toshkent shahrining Yunusobod tumanida qatag`on yillarida xalqimizning minglab farzandlari qatl etilib, nom nishonsiz ko’mib tashlangan, necha yillar davomida qarovsiz qolib kelgan "Bo’zsuv” kanali sog`ilidagim Alvastiko’prik neb nom olgan jarlik o’rniga qachon Shahidlar xotirasi neb nomlangan xiyoboni tashkil etilgan?
2000-yil
83. "Xotira” kitobi qachon chop etildi va jilddan iborat?
1995-yil 35 jilddan.
84. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida quyidagi norma keltirgan? "O’zbekiston Respublikasining davlat tilidir O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va ellatlarning tillari, urf-odat va ananalari hurmat qilishni ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yarashadi.”
1-bo’lim "Asosiy prinsiplar” 1-bobi " Davlat suverenteti” ning 4-moddasi
85. Taraqqiyotning o’zbek modeli bosqichlarini ayting?
Iqtisodning siyosatdan ustivorligi, Davlat bosh islohatchi, Qonun ustivorligi, Aholini ijtimoiy himoyalash, Bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich o’tish.
86. Biz qanday jamiyatda yashamoqdamiz?
Bugun biz tez sur’atlar bilan o’zgarib borayotgan, inosoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o’ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz.
87. Hozirgi davrni qanday nomlar bilna atashmoqda?
1.Taffakkur asri 2.Yuksak texnologiyalar asri, 3.Yalpi axborotlashuv asri
88. Ko’pchilik ongida bu davr qanday davr tariqasida tasavvur o`yg`otmoqda?
Globallashuv asri
89. Globallashuv fenomini nima?
Bu atama bugungi kunda ilmiy falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma’noni anglatib kelmoqda. Umumiy nuqtai nazarga qaraganda, bu jarayon mutloqo yangicha ma’no mazmundagi xo’jalik ijtimoiy-siyosiy, tabiiy biologik global muhitni shakllanishini va shu bilan birga mavjud milliy mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda.
90. Globallashuv bu avvalo nima?
Globallashuv bu avvalo- hayot suratlarining biqiyos darajada tezlashuvi demakdir.
91. Qanday kayfiyatdagi xalq yoki milllat taraqiyotdan 100 yillar orqada qolib ketishi hech gap emas?
Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakaklar shu qadar tezkorki, enda ilgargidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi uning bizga aloqasi yo’q deb beporvo qarab bo’lmaydi, ana shunday kayfiyatgda berilgan halq yoki millat tarqqiyotga 100 yillar orqada qolib ketishi gap emas.
92. Quydagi jamlani davom eting? "Bugungi kunda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ... "
Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko’proq kuchga ega.
93. Oldimizga qat’iy maqsad qo`yganmiz?
Biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o’z oldimizga maqsad qilib quyganmiz va bu yo’ldan hech qachon qaytmaymiz.
94. Yoshlarimiz ma’naviy olamida bo’shliq vujudga kelmasligi uchun nima qilish kerak?
Ularning qalbi va ongi sog`lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadiryatlarga hurmat ehtirom tuyg`usini shakllantirishimiz zarur.
95. Qayerda manaviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi?
Qayerdaki beporvolik va loqaytlik hukum sursa, eng dolzarp masalalar o’zi bo’larlikka tashlab quyilsa, usha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi.
96. Qayerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi?
Qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql idrok va taffakkur hukmron bo’lsa ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi.
97. Qanday xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo`ymaydi.
"Ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo’ravonlik individalizm, egasentirizm g`oyalarini tarqtish, kerak bo’lsa, shuning hisobidan boylik ortirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlarida bepisandlik, ularni qo’parishda qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qoymaydi.
98. A.Navoiyning fikricha hayvonnning ishi nima?
Oldiga qo`yganini yemak – hayvonning ishidir.
99. A.Navoiyning fikricha nodonning ishi nima?
Og`ziga kelganini demak.
100. Jaholatga qarshi qanday kurashmoq kerak?
Ma’rifat bilan.
101. Eng jirkanch illat bu...
Sotqinlik
102. Iroda ...
Bu aslida mustahkam ishonchdir.
103. Dunyo imoratlari ichida eng ulug`i bu-?
Maktab
104. Qanday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas?
Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig`iz va shu qadar tezkorki, uning bizga aloqasi yo’q, deb beparvo bo’lganlar taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas.
105. Xalqimizning ma’naviy olamini tahdidlardan saqlqnishi uchun bugungi kunning dolzarb vazifasi nima?
Hozirgi o’ta murakkab xalqaro zamonda sodir bo’layotgan jarayonlarning tub mohiyatiga yetib borish , ular xaqida xolis va mustaqil fikrga ega bo’lish.
106 "Ommaviy madaniyat” niqobi ostida qanday tahdidlar kirib kelmoqda?
"Ommaviy madaniyat” niqobi ostida axloqiy buzuqlik va zo’ravonlik, individualizm, egotsentrizm g`oyalarini tarqatish va shuning ortidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo’porishga qaratilgan xatarli tahdidlar xavf solmoqda.
107. Qanday joyda ma’naviyat ojiz va zaif bo`ladi?
Qayerda beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o’zibularchilikka tashlab qo’yilsa o’sha yerda ma’naviyat ojiz va zaif bo’ladi.
108. Bugungi kunda xalqaro maydonda turli siyosiy kuchlar o’zining milliy va strategik rejalariga erishish uchun qanday niqob ostida ishlarni amalga oshirmoqdalar?
"Erkinlik va demokratiyani olg`a siljitish” nomli niqob ostida.
109. Muqaddas kitoblarimizda insoniylikka mutlaqo zid bo’lgan jirkanch odat deb hamda Prezidentimiz tomonidan jamiyat hayotida og`ir asorat qoldiradi deb qanday tuyg`uga ta’rif berilgan?
Hasad tuyg`usiga. Jumladan, muborak hadislarda "Birovga hasad qilishdan saqlaning, chunki olov o’tinni qanday kuydirib tugatsa, hasad ham qilgan savob ishlaringizni xuddi shunday kuydirib tugatadi ”, deb aytilgani bejiz emas.
110. Oldimizda qanday qat’iy maqsad qo’yganmiz?
Biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz va bu yo’ldan hech qachon qaytmaymiz.
111. "Sharqona ahloq kodeksi” qanday majmua?
Komil inson haqida butun bir ahloqiy mezonlar majmuasi.
112. Ahmad Yassaviy fikricha qanday odam xuddiki hayvon jinsiga aylanib qoladi?
Uyat va or-nomusni yo’qotgan odam, xuddiki hayvon jinsiga aylanib qoladi.
113. Qayerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi?
Qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo’lsa, o’sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi.
114. "Sharqona ahloq kodeksi” ning asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadigan tuyg`u va tushunchalarni toping?
Ota-bobolarimizning ong-u tafakkuriga asrlar, ming yillar davomida shakllanib, sayqal topgan or-nomus, uyat andisha, sharm –u hayo, ibo va iffat kabi yuksak axloqiy tuyg`u va tushunchalar "Sharqona ahloq kodeksi” ning asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadi.
115. Ko’pchilik ongida hozirgi bu davr qanday davr tariqasida tasavvur uyg`otmoqda?
Globallashuv davri (asri)
116. Biz qanday jamiyatda yashamoqdamiz?
Bugun biz tez sur’atlar bilan o’zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o’ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz.
117. Globallashuv fenomini nima?
Bu atama bugungi kunda ilmiy-falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma’noni anglatmoqda. Umumiy nuqtai nazarga qaraganda, bu jarayon mutlaqo yangicha ma’no-mazmundagi xo’jalik ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy-mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda.
118. Yoshlarimiz ma’naviy olamida bo’shliq vujudga kelmasligi uchun nima qilish kerak?
Ularning qalbi va ongida sog`lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg`usini shakllantirishimiz lozim.
119. Qaysi tashkilotlar har tomonlama asoslangan chuqur taklif va tavsiyalarni bera olishga to’laqonli haqlidir?
1.Ma’naviyat targ`ibot markazi. 2.Milliy g`oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi.
120. O’zim bu illatdan jirkanaman, shu illatga chalingan odamni ko’rarga ko’zim yo’q, eng jirkanch illat bu-?-deb qanday illatga ta’rif berilgan?
Sotqinlik.
121. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning hayvon va nodonning ishi nima?-deb bergan ta’rifini to’liq aytib izohlang?
Oldig`a qo’yganni yemak – hayvon ishi, Og`ziga kelganni demak - nodon ishi.
122. Odam murakkab muammolarga va og`ir savdolarga duch kelganda o’zini yo’qotmasligi va vaziyatdan chiqib keta olishi uchun qanday bo’lishi kerak?
O’z kuchiga ishongan, ruhiy dunyosi,ma’naviy olami baquvvat bo’lgan odamgini bunday vaziyatdan yorug` yuz bilin chiqa oladi.Ma’naviy boylik shunday paytda odamga katta kuch va madad beradi.
123. O’quvchi talabalarimizni bugungi zamon talablariga javob beradigan jamiyat qurishning faol bunyodkorlariga aylantirish uchun nima qilish kerak?
Buning uchun avvalambor taraqqiyotimizning har bir yo’nalishi-jamiyatimizdagi siyosiy,ijtimoiy-iqtisodiy,ma’naviy munosabatlarning rivoji haqida mahsus adabiyotlar yaratish tizimini yanada takomillashtirish zarur.
124. Asarda irodali insonga qanday ta’rif berilgan?
Bu aslida insonning o’ziga mustahkam ishonchidir. Irodasi baquvvat odam o’ziga ishonadi va har qanday murakkab vaziyatni ham o’z zimmasiga olishdan qo’rqmaydi.
125. Donishmandlarning fikricha qanday insonlardan qo’rqish kerak?
Befarq odamlardan qo’rq – ular seni o’ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularnign jim va beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida hiyonat va qotilliklar sodir bo’laveradi.
126. Birinchi navbatda biz jamiyatimizni qanday illatlardan butunlay xolos etishimiz lozim?
Birinchi navbatda xudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urug`chilik va mahalliychilik, korrupsiya va manfaatparastlik, boshqalarni mensimaslik kabi illatlardan jamiyatimizni butunlay xolos etishimiz lozim.
127. Bugungi zamon qanday yashashni talab qilmoqda?
Bugungi zamon voqeylikka ochiq ko’z bilan, real va hushyor qarashni, jahonda va yon atrofimizda mavjud bo’lgan, tobora kuchayib borayotgan ma’naviy tahdid va hatarlarni to’g`ri baholab, ulardan tegishli hulosa chiqarib yashashni talab qilmoqda.
128. Jaholatga qarshi qanday kurashmoq kerak?
Ma’rifat bilan.
129. Asarning ikkinchi bobi qanday nomlanadi?
Mustaqillik – ma’naviy tiklanish va yuksalish
130. Asarning uchinchi bobi qanday nomlanadi?
Ma’naviyatga tahdid – o’zligimiz va kelajagimizga tahdid
131. ”Adabiyot yashasa – millat yashaydi” degan ibora kimga tegishli?
Cho`lpon
132. Insonning ruhiy kamolotiga erishishi uchun qaysi sohasiz erishib bo`lmaydi?
Musiqa san`atisiz erishib bo`lmaydi.
133. Bundan 3 ming 300 yil avval suyakdan yasalgan nay cholg`usi qayerdan topilgan?
Samarqand yaqinidan Mo`linabod qishlog`idan.
134. Tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma” kitobida qaysi davrning musiqiy anjumani haqida to`xtalib o`tgan?
Amir Temur davrida
135. ”Yaxshi ovozli xonandalar kuylashni boshlab, g`azal-u maxgi aytur ardilar. Va turk-u mo`g`il, xitoy-yu arab va ajamdin har kim o`z rasmi bilan navbat aytar erdi” degan ma`lumotni qaysi tarixchi bergan?
Sharofiddin Ali Yazdiy
136. Taniqli buyuk marifatparvar Maxmudxo`ja Behbudiy teatr haqida nima degan?
"Teatr –bu ibratxonadur”
137. Sobiq sovet tuzumi davrida san`atning eng mafkuralashgan turini ayting?
Haykaltaroshlik
138. Temur baland bo`yli, tik qomati, keng peshonali, kallasi katta, bog`olt kuchli va salobatli, oq-qizil yuzli, keng yelkali, qaddi-qomati kelishgan, sersoqol o`ng qo`li bilan o`ng oyog`i zaxmdor ikki ko`zi bamisoli shoshday porlab turadigan yo`g`on ovozli ulug`ligi o`ziga yarashgan hamma ishini oldindan ko`rib bilib turar edi. Bu so`zlar qaysi tarixchiga tegishli?
Ibn Arabshox
139. 1993-yil Toshkent shahridagi Amir Temur haykali ilk bor muhokama qilinganda haykaltaroshlar sohibqironni qanday variantda tasvirlangan?
Qo`lida nayza tutgan holda
140. Nechanchi yil Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Samarqand va Shahrasabzda ulug` bobomizga atab haykal o`rnatish bo`yicha amaliy ishlar bajarilgan?
1996-yil
141. Xorazm Mamun akademiyasida tahsil olgan allomalardan kimlarni bilasiz?
Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Farobiy, Ibn Sino, Maxmud Xo`jandiy, Ahmad ibn Mahmud Xorazmiy va Axmad ibn Hamid Naysaburiy
142. O`rta asrlarda astronomiya sohasidagi ilmiy kashfiyoti uchun tazyiqqa uchragan yevropa olimlaridan kimlarni bilasiz?
Nikolay Kopernik, Jardono Buruno, Galilo Gagiliy
143. Buyuk qalb egasi deb shuhrat qozongan Hindiston milliy ozodlik kurashchisi nomini ayting?
Maxamma Gandi
144. I.A.Karimov "Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch” asarida "Haqiqiy qahramonlik” iborasiga qanday ta`rif bergan?
Har kuni, har soatda, fidoyi bo`lish o`zini tomchi va tomchi zarrama-zarra buyuik maqsadlar sari charchamay toliqmay tinimsiz safarbar etib borish bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish-haqiqiy qahramonlik asosida mana shu deb aytgan bo`lar edim.
145. ”O`z davrining fidoyi allomasi arxeologik olim akademik mustaqil fikrga ega kerak bo`lsa yuqori lavozim egalariga yoqmaydigan to`g`ri gaplarni ham dadil ayta oladigan ulkan olim edi” Aytingchi, bu asrda kim qaysi olimni nazarda tutgan?
Yaxyo G`ulom
146. Sho`ro davrida faqat tomlargagina paxta ekilmay qolgan paytda qadimiy tepaliklarni tekislab paxta dalasiga aylantirishdek bemani siyosatga qarshi chiqqan olim kim?
Yaxyo G`ulom
147. 1997-yil qand kasali bilan og`rigan, ikkala oyog`idan ajragan, va "O`zbekiston qahramoni” unvoniga sazovor bo`lgan olim nomini ayting?
Ozod Sharofiddinov
148. XX asrda xalqimiz tomonidan amalga oshirilgan buyuk ma`naviy jasorat namoyondalaridan kimlarni bilasiz?
Yaxyo G`ulomov, Zulfiya, Ozod Sharofiddinov
149. "Jahon adabiyoti” jurnalining bosh muharriri sifatida o`z burchiga, etiqodiga sodiq qolib lupa yordamida jurnal materallarini mohir qilib borgan 40 dan ortiq yirik roman va qissalarni o`zbek tiliga tarjima qilgan olim kim?
Ozod Sharofiddinov
150. O`rta asrlarda Urganchni bosqinchilardan himoya qilishda bayroq tutib jon bergan qahramon?
Najmiddin Kubro
151. Chingizxon qo`shiniga 11 yil mardona kurash olib brogan sarkarda?
Jaloliddin Mangui Berdi
152. Sharq tili fanida "Ustodi avval” yani birinchi muallim degan sharafli nom bilan shuhrat qozongan shaxs kim bo’lgan
Platon
153. Sharqda ilm fan sohasidagi tengsiz kashfiyotlar ma`naviy jasorati bilan tarixda o`chmas iz qoldirgan buyuk mutafakkir ajdodlarimiz qaysi ilm maskanida ta`lim olganliklari uchun bunday yutuqlarga erishdi?
Bog`doddagi "Bayt ul hikma " va Xorazm Ma`mun akadimiyasi
154. Shaxsan men har safar bu kabi mumtoz olimlarimizni ko`rganda bir haqiqatga ishonch hosil qilaman. Mana shunday tom ma`nodagi milliy asarlar nafaqat xalqimiz ma`naviyatini yuksaltirishga balki uning go`zal qadriyatlarini butun dunyoga tanitishga ham katta hissa qo`shib kelmoqda. Aytringchi, I.A.Karimov "Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch” asarida qaysi filmlarni nazarda tutgan?
”Tohir va Zuhra”, "Mahallada duv duv gap”, "O`tgan kunlar, "Sen yetim emassan”
155. Prezidentimiz O`zbekistonni dunyoga tanitish uchun qanday avlodni tarbiyalash lozimligini ta`kidlagan?
Buyuk yozuvchilarni buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalash lozim deb ta`kidlagan.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!