"Moskvada o‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatdiki, u yerdagi suv dengiz suvlari uchun namuna bo‘la oladi. U, xususan, sohilbo‘yidan keladigan aralashmalardan xolidir. O‘z mikroelement tarkibiga ko‘ra ushbu okean suvi, qirg‘oqning yaqinligiga qaramay, global geokimyoviy fonni aks ettiradi. Shu tariqa, olimlarning fikricha, Frans-Iosif Yeri akvatoriyasi unikal joydir, negaki bunday namunani qirg‘oqqa yaqin yerdan olsa bo‘ladi”, — dedi mutaxassis.
Gavriloning ma’lumotlariga qaraganda, suv namunalari bahorda Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti qoshidagi YuNESKO mikroelementlar instituti Moskva hamroh markazi bilan hamkorlikda olingan edi. Kembrij bo‘g‘ozidan hamda Aleksandra Yeri orolining okeanga qaragan tomonidan ham namunalar olingan edi.
Gavriloning so‘zlariga qaraganda, bunday tadqiqotlar boshqa okeanlar, jumladan, Tinch okeanida ham o‘tkazilgan, ammo bu qadar toza namunalarni faqatgina qirg‘oqdan yuzlab kilometr uzoqlikdan topishning imkoni bo‘lgan.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.