- Asalari 1 kilogramm asal yig‘ish uchun 2
milliondan ortiq gulga qo‘nishi kerak.
- Begemotlar suv ostida dunyoga keladi.
- Orangutanglar yuzaga kelayotgan xavf haqida
oldindan xabar beradi.
- Yumronqoziq bir kechada 76 metr tunnel qazishi
mumkin.
- Chuvalchangning tishlari 25 mingga yaqin xolos.
- Nil daryosidagi timsohlar tufayli har yili 1000
dan ortiq inson halok bo‘ladi.
- Tuyaqushning tuxumini qaynatish uchun 4 soat vaqt
kerak bo‘ladi.
- Sherlar galasida o‘ljaning 90% ni urg‘ochi sherlar
topib keladi.
- Yalqov (hayvon) umrining 75 foizini uyquda
o‘tkazadi.
- Kolibri (qush)
yura olmaydi.
- O‘txo‘r hayvondan
yirtqich hayvonni farqlashning eng oson yo‘li: yirtqichlarda ko‘zlar o‘z
qurbonini ko‘rish uchun yuzning old tomonida joylashgan bo‘ladi,
o‘txo‘rlarda esa yuzining ikki chetida — o‘z dushmanlarini ko‘rish uchun.
- Ko‘rshapalak — ucha oladigan yagona sut emizuvchi
jonzot.
- Yerda yashagan barcha hayvonlarning 99% i qirilib
ketgan.
- So‘nggi 4000 yil ichida birorta ham hayvon
xonakilashtirilmadi.
- Pingvinlar 1,5
metrga sakray oladi.
- Shimpanzelar o‘zini ko‘zguda taniy oladigan
yagona hayvon hisoblanadi.
- Odam va fillar — boshi bilan tura oladigan yagona
sut emizuvchilardir.
- Timsohlar suv ostiga chuqurroq sho‘ng‘ish uchun
og‘ir toshlarni yutib yuboradi.
- Qutb ayiqlari 40 km/soat tezlikda yugura oladi.
- Dastlab Avtstraliyaning 50 sentlik tangasi 2
dollarlik kumushdan quyilgan.
- Angliya kutubxonalarida eng ko‘p o‘g‘irlanadigan
kitob — "Ginnesning rekordlari kitobi”. Bu dalil rekordlar kitobiga kirgan.
- Monako milliy orkestri bu davlatning armiyasidan
kattaroq.
- Sahroi Kabirda bir martagina — 1978 yilning 18
fevralida qor yoqqan.
- 1983 yil davomida birorta ham odam tug‘ilmagan
davlat — Vatikan.
- Nil daryosi ikki marta — IX va XII asrlarda
muzlagan.
- Sharqning qadimiy davlatlarida qitiqlash qonun
bilan taqiqlab qo‘yilgan.
- Las-Vegasning kazinolarida hech qayerga soat
qo‘yilmaydi.
- Eskimoslar tilida "qor” so‘zini ifodalash uchun
20 dan ortiq so‘z bor.
- Italiyada "Barbi” qo‘g‘irchoqlari Kanadadagi tub
kanadaliklar sonidan ko‘proq.
- Fransiya qonunlariga ko‘ra, insoniy yuzga ega
bo‘lmagan (masalan, o‘zga sayyoralik ko‘rinishida) qo‘g‘irchoqlarni sotish
taqiqlanadi.
- Kanada so‘nggi 5 yil ichida 4 marta BMT tomonidan
yashash uchun eng zo‘r mamlakat deb e’lon qilindi.
- Rossiyada aroq XIV asrda paydo bo‘lgan. Dastlab u
dori sifatida tomchilab sotilgan.
- Mushukning bosh suyagi faqat tepa va pastga
harakatlanadi. Itlarning bosh suyagi esa to‘rt tarafga harakatlana oladi.
- Erkaklarning miyasi 30 yoshdan so‘ng quriy
boshlaydi va 60 yoshlarga borganda uning 30% i qurib qoladi. Ayollar
organizmida bu jarayon kuzatilmaydi.
- Urg‘ochi
gepardlar kiyikning bolasini tutib kelib, bolalariga ov qilishni
o‘rgatishda ko‘rgazmali qurol sifatida foydalanadi.
- Jirafa tug‘ilgan zahoti hayotdan oladigan ilk
taassuroti — 2 metr balandlikdan boshi bilan qulash.
- Afrika tuyaqushining 15 santimetrlik tuxumi 1,8
kilogramm keladi.
- Tinch okeanidagi Mariana botig‘iga Everest
cho‘qqisi bemalol "sig‘adi”.
- Aleksandr Bell tomonidan 1876 yilda ixtiro
qilingan birinchi telefonning qo‘ng‘irog‘i bo‘lmagan. Chaqiruv trubka
orqali hushtak chalish orqali amalga oshirilgan.
- Bridj — karta bilan o‘ynaladigan yagona olimpiya
sport turidir.
- Mashhur amerikalik fizioximik Lyuis Gilbert
Nyuton 30 martadan ziyod Nobel mukofoti sovrindorligiga nomzod bo‘lgan,
ammo biror marta ham bu mukofotni ololmagan.
- Abxaziya Respublikasining nomi abxazcha «apsni»
so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘zbek tilida bu so‘z «qalb o‘lkasi» degan
ma’noni bildiradi.
- Avstraliya mamlakatini hech ikkilanmasdan
akatsiyalar o‘lkasi deb atash ham mumkin. Chunki bu daraxtning 500 dan
ortiq turi ushbu mamlakatda o‘sadi. 20 mingdan ziyod o‘simlik turiga ega
bo‘lgan Avstraliyaning «yashil qit’a» deb nomlanishini esa ko‘pchilik
bilsa kerak.
- Ukraina hudud jihatidan Yevropada eng yirik
davlatdir. Uning
maydoni — 603700 km2.
- Mongoliya davlatining hududi — 1566000 km2.
Qizig‘i shundaki, bu hududning 80% ni o‘tloq va yaylovlar egallagan.
- Bugungi kunda jahonda eng ko‘p ishlatiladigan
so‘zlardan biri bo‘lgan avia so‘ziga «qush» degan ma’noni anglatadigan
lotincha «avis» so‘zi asos bo‘lgan.
- Qadimgi Makedoniya davlatida ellinizm
bo‘lganmi-yo‘qmi, degan masala dunyo tarixchilari orasida hamon davom
etmoqda.
- Yerning ilk sun’iy yo‘ldoshini koinotga olib
chiqqan "Sputnik” tashuvchisi aslida ballistik raketa olib yuruvchi
8K71(R-7) quroli sifatida yaratilgan edi.
- Tender — ichida suv va yonilg‘i saqlanadigan va
paravozga ulanadigan vagonning nomi. Agar suv bilan yonilg‘i parovozning
o‘zida saqlansa, u "tank-parovoz” deb ataladi.
- SSSR va Finlyandiya o‘rtasida 1941-1944 yillarda
bo‘lib o‘tgan urushni fin tarixchilari "Davomli urush” deb atashgan.
- Dunyodagi eng uzun osma ko‘prik bo‘lmish
Akasi-Kaykyo (Yaponiya) troslari bir-biriga ulansa, Yer sharini yetti
marta aylantirib chiqish mumkin.
- Yaqinda
arxeologlar qadimgi Troya hududidan har biri turlicha davrga xos yettita
qishloqni topishdi.
- "Quvnatuvchi gaz”
nomini olgan diazot oksidi (N2O) tibbiyotda anasteziyani bosishda
tinchlantiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Avtomobilsozlikda esa bu
modda ichki yonuv dvigatelining texnik quvvatini oshirish uchun
ishlatiladi.
- Folksvagen-qo‘ng‘iz
avtomodeli Ikkinchi jahon urushi tugaganidan 27 yil keyingina Ford Model T
markasining rekordini sindirishga muvaffaq bo‘ldi va dunyoda eng ko‘p
miqdorda sotilgan avtomobilga aylandi.
- Butun dunyo banklaridagi oltin zahiralarini (32
ming tonna) bir joyga to‘plasak, bor-yo‘g‘i 12 metrlik kub hosil bo‘ladi,
xolos.
- Kamalak yerdan turib qaraganda yoy shaklida
ko‘rinadi. Samolyotdan esa butun doira bo‘lib ham ko‘rinishi mumkin.
- Ginnesning rekordlar kitobi ilk bor 1955 yil
sotuvga chiqarilgan.
- "Oltin darvoza” ko‘prigi qurilganidan buyon
o‘tgan oltmish yildan ortiqroq vaqt ichida undan o‘zini suvga tashlab
mingdan ortiq inson halok bo‘ldi. Bu yiliga 17 ta, ya’ni har uch haftada
bittadan suiqasd, deganidir.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.