Alpinistlikka necha yoshdan qabul qilishadi?


«Sakkiz yoshli o`g`lim televizorda alpinistlar haqidagi ko`rsatuvni ko`rib, bu sohaga qiziqib qold. Ayting-chi, sportning bu turi bilan necha yoshdan boshlab shug`ullanish mumkin?»
— Har bir sport turi o`sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy chiniqish katta o`rin tutadi. Agar malakali va tajribali murabbiy bo`lsa, xavotirga o`rin qolmaydi, faqat boshlang`ich tayyorgarlik va ko`nikma bo`lishi kerak. Biz avval bolalarning qo`l va oyoq muskullarini mustahkamlovchi mashg`ulotlar o`tkazamiz. Turli vaziyatlarda o`zini qanday tutish kerakligini o`rgatamiz.  Keyin esa, alpinizm mashg`ulotlariga o`tamiz. Mashg`ulotlar hamisha ishonchli murabbiylar hamrohligida o`tadi. Shuningdek, alpinizm va cho`qqiga chiqish sportini  farqlash kerak. Cho`qqiga chiqish bilan 3-5 yoshdan boshlab malakali murabbiylar yordamida bolani shug`ullantirish mumkin. Alpinizm uchun tavsiya etilgan yosh – 16 yosh.  Ota-onaning yozma roziligi va shifokor tavsiyasmi bilan bu muddatni 14 yoshgacha tushirish mumkin. Biroq, bunday holatda jismoniy zo`riqishlar va mavjud xavf-xatarni hisobga olish kerak. 

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar





Информация


Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.











To Top