Meteorologik va aerologik stansiyalardan olingan ma’lumotlar (sonlar va shartli belgilar) ni geografik xaritalarga ko’chirib tuziladigan sinoptik va aerologik xaritalar. Yer yarim shari, butun Yer yuzasi uchun, shuningdek, kichik rayonlar uchun tuzilishi mumkin. Ob-havo xaritalari ob-havo byurolarida kuniga bir necha marta tuzilib, odatda, kuzatishdan olingan ma’lumotlar asosida EHM lar va maxsus moslamalar yordamida tayyorlanadi. Ob-havo xaritalarida konik, merkator, stereografik proyeksiyalardan foydalaniladi.
Ularda quruqlik, dengiz va boshqa orografiyalarning muhim xususiyatlari beriladi. Ob-havo xaritalari kompleks, aerologik, yordamchi xaritalarga bo’linadi. Ular ob-havo xizmatida muttasil, talabga qarab har 3, 6, 12 soatlar orasida tuziladi. Bu xaritalarni tahlil qilib, bo’lib o’tgan, hukm surayotgan va bo’lajak ob-xavo anikdanadi. Meteoro-logik ma’lumotlar asosida tuzilgan xaritalar Yer yaqini sinoptik Ob-havo xaritalarilari, aerologik kuzatish natijalari tushirilgan xaritalar barik topografiya yoki aerologik xaritalar deyiladi. Kompleks xarita sinoptik xarita bo’lib, unda dengiz yuzasiga moslashtirilgan qavo bosimi, harorati va namligi, uzoqni ko’rish masofasi, har xil bulutlar, yog’in turlari, atmosfera hodisalari va h.k. ifodalanadi. Kompleks xaritalardan ob-havoni va atmosfera sinoptik holatini tahlil qilishda foydalaniladi. Aerologik xaritalar atomosfe-raning ma’lum balandliklari uchun tuziladi. Bu xaritalarda shamol tezligi va yo’nalishi, harorat, namlik va h.k. belgilanadi.
Aerologik xaritalar, asosan, aviasiya xizmatida katta ahamiyatga ega. Yordamchi, kompleks, sinoptik xaritalarga qo’shimcha qilib, ayrim meteorologik elementlar (masalan, tumanlar, chang bo’ronlar, yashin va chaqmoqlar, yaxmalaklar, kuchli yog’inlar, eng yuqori va eng past temperaturalar, tropopauza balandligi va b. asosida) tuziladi. Kichik rayonlar uchun tuziladigan Ob-havo xaritalari mahalliy axamiyatga ega bo’lgan ko’p sonli me-teorologik st-yalar ma’lumotlaridan foydalanib tuziladi. Aviasiya xizma-ti uchun mo’ljallangan Ob-havo xaritalari ma’lum rayon uchun uni halqa ko’rinishida o’rab olgan zich meteorologiya stansiyalari ma’lumotlari asosida tuzilgan ob-havo xaritasi asosida qisqa vaqt oralig’i uchun tuziladi. Aviameteorologiya markazlarida muntazam ravishda maxsus prognoz xaritalari tayyorlanadi.
Tohir Muxtorov
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.