Mutaxassislar fikriga ko’ra, dunyoning
eng yaxshi ta’lim tizimi Finlandiyada ekan. Finlandiya Yevropaning rivojlangan mamlakatlaridan
biri hisoblanadi.
Xo’sh, dunyoda eng
yaxshi hisoblanadigan Finlandiya ta’lim tizimi, boshqalardan nimasi bilan ajralib
turadi?
- Finlandiyada nufuzli
yoki oddiy maktab tushunchasi yo’q. Hamma maktab davlatga tegishli bo’lib, ular bir xil moliyalanadi va bir xil asbob-uskuna
va imkoniyatlarga ega;
- Kichik sinflarda
bolalarga uy vazifasi berilmaydi, imtihon topshirmaydi va ularga baho qo’yilmaydi;
- Fin maktablarida
bolalar juda ko’p insho yozadi: mustaqil ishlash bolaga har bir masala haqida o’z
fikriga ega bo’lishni va fikrini badiiy tilda izohlashni o’rgatadi;
- Bir fanni boshqa
fanlar o’rnida chuqurroq o’rganish ma’qullanmaydi. Masalan finlar matematikani san’atdan
ko’ra chuqurroq o’rganish kerak deb hisoblamaydi;
- Bir o’quvchini boshqa
o’quvchibilan qiyoslash ta’qiqlangan. Nogiron va qobiliyatlari bolalar bir sinfda
o’qishadi;
- Fin maktablari shiori
shunday: Biz bolani yo hayotga tayyorlaymiz, yo – imtihonga. Biz birinchisini tanladik”.
Shuning uchun ham fin maktablarida faqat bir marta – o’quvchi 16 yoshga to’lganda
imtihon topshiriladi;
- Fin maktablarida
eng asosiysi — o’quvchini mustaqil hayotga tayyorlashi, deb hisoblanadi.
Shuning uchun ham ularga mustaqil bilim olishni o’rgatishadi. Bolalar yodlab olingan formulalar o’rniga, spravochnik,
kalkulyator va internetdan foydalanishni o’rganadi;
- O’qituvchilar bir
kunda sinf xonasida 4 soat dars beradi va haftaga 2 soat o’qituvchi malaka oshirishiga
sarflanadi;
- Finlandiyada "o’qituvchi”
kasbi – obro’li kasb hisoblanadi. Oliy ta’lim maskanlarida o’qituvchi bo’lish ishlashga
juda katta konkurs mavjud;
- Finlandiyada umumiy
o’rta ta’lim – bepul. Buning ichiga bepul tushlik, ekskursiya, maktab avtobuslari
va kitoblar kiradi. Ota-onalardan pul yig`ish ta’qiqlangan;
Ma’lumki, Finlandiya Yevropa shimolida joylashgan kichik mamlakat. Katta tabiiy
boyliklar, savdo imtiyozlari yoki boshqa sezilarli daromad manbaalariga ega emas.
20 asr boshlarida Finlandiya Yevropaning eng qashshoq mamlakatlaridan biri bo’lgan.
O’sha yillarda minglab finlar AQSh, Angliya, Germaniya va Fransiyaga borib oddiy ishchi sifatida (mehnat migranti) ishlagan. O’sha vaqtlarda amerikada uy xizmatchisini "finka” deb
atashgan.
Bugungi kunda esa, Finlandiya dunyoning
nufuzli tahliliy markazlar fikriga ko’ra, "Dunyoning eng yaxshi mamlakati”, "Erkaklar
va ayollar huquqlari teng mamlakat”, "Dunyoning eng stabil mamlakati”, "Dunyoning
eng xavfsiz mamlakati”, "Dunyoning eng qulay mamlakati” degan nomlariga sazovor
bo’lgan.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.