"Ginness rekordlari kitobi”ga kirgan va dunyoning eng kichik shahri deb tan olingan Xumda bor-yo’g`i 17 kishi doimiy istiqomat qiladi. Xum shahar qal’asi Xorvatiyada, balandligi 349 m bo’lgan tepalikda joylashgan.
Xorvatiyadagi bu shaharcha XI asrda barpo etilgan bo’lib, u ikkita ko’chadan tarkib topgan. ikkinchi jahon urushi paytida bu yerda 450 kishi yashagan. Hozirgi aholi Xumdagi 13 uyda yashaydi.
Ming yil ichida Xum bir necha bor yonib, qayta tiklangan. Biroq shunga qaramay, shaharning umumiy ko’rinishi o’zgarmagan.
Zamonaviy infratuzilmalardan shaharchada haftasiga ikki marta ishlaydigan do’kon, qabriston, "Tomislav” mehmonxonasi, Humska Konoba restorani mavjud. Xumda dam oluvchilar soni iyun oyida ko’payadi. Shaharda taksi xizmati yo’q, ammo kuniga uch marta shahar avtobusi qatnovi amalga oshiriladi.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.