Qozog`iston Respublikasi Parlamenti palatalari qo`shma majlisida Qozog`iston poytaxtiga mamlakatning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboevning nomini berish to`g`risidagi qaror qabul qilindi.
”Biz hozirgina ushbu qaror loyihasini bir ovozdan tasdiqladik. Hech qanday e`tirozlar bo`lmadi. Sizdan ham uni tasdiqlashingizni so`rab qolaman... Qaror qabul qilindi”, – deya qayd etgan Parlament Majlisi raisi Nurlan Nigmatulin.
Kasim-Jomart Tokaev topshirig`iga binoan, poytaxt nomini o`zgartirish referendum o`tkazmasdan amalga oshirilgan. Endilikda Ostona shahri rasman Nursulton deya yuritiladi.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.