Qizil banan oddiy sarg‘ish bananlarga nisbatan mayin va yumshoq. Shuning uchun u uzoq yo‘lga yaramaydi va eksport qilinmaydi. U dunyoning bitta joyida faqat Seyshel orollarida o‘sadi.Ushbu davlat Sharqiy Afrikada, Hind okeanining g‘arbiy qismida ekvatordan janubroqda joylashgan bo‘lib, tarkibida 115 ta orol mavjud. Faqat uning 33 tasida aholi istiqomat qiladi. Eng katta oroli — Mae, u poytaxt hisoblanadi.
Boshqa katta orollari — Siluet, Praslen, La-Dig. Davlat tili ingliz, fransuz va seyshel tillari bo‘lib, respublika 1974-yili o‘z mustaqilligiga erishgan.
Oydin SADULLAEVA
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!