1. Agar o'rmon qishloqdan shimoliy-sharqda joylashgan bo'lsa, ekskursiyachilar uyga qaysi yo'nalishda qaytib keladilar? Janubi-g'arbiy yo'nalishda.
2. Oriyentirlashning qaysi usuli eng to'g'ri? Kompasga qarab oriyentirlash.
3. 135°, 0°, 270°, 45°, 225°, 315°, 360°li azimutlar gorizontning qaysi tomonlariga to'g'ri keladi? Janubi-sharq, Shimol, G'arb, Shimoli-sharq, Janubi-g'arb, Shimoli-g'arb, Shimol.
4. Ptolemey xaritasi undan oldin yaratilgan xaritalardan nimasi bilan farq qiladi? Unga gradus to'ri tushirilgan.
5. Birinchi geografik xaritani gradus turi bilan ishlagan muallif kim? Yunon olimi Ptolemey.
6. Qaysi ekspeditsiya nechanchi yili eng chuqur okean cho'kmasini topgan? Bu cho'kmaning nomi nima? «Vityaz» nomli kemada, 1957-yil. Mariana cho'kmasi (11022 m).
7. Agar maktabga 45° azimut bilan borgan bo'lsangiz, uyga qaysi yo'nalishda qaytasiz? Janubi-g'arbiy yo'nalishda.
8. O'quvchilar o'lkashunoslik muzeyiga 90° azimut bilan borishsa, qaysi (nechanchi) azimut bo'yicha qaytib keladi? G'arbdan, 270° azimut bo'yicha qaytib keladi.
9. O'quvchilar o'rmonga avval Shimoli-sharqiy, so'ngra janubiy, undan keyin esa Janubi -g`arbiy yo'nalishda jo'nab ketdi. Ular agar xuddi shu yo'l bilan qaytsa, qaysi yo'nalishlar bo'yicha yuradi? Shimoli-sharq, shimol va janubi-g'arbiy yo'nalishda qaytib keladi.
10. Maktabdan madaniyat uyigacha bo'lgan 1 km li masofa:
a) 10 sm; b) 20 sm; d) 5 sm bo'lsa, planning masshtabi qanchaga teng bo'ladi? a) 1 sm da - 100 m; b) 1 sm da - 50 m; d) 1 sm da - 200 m. j.k.
11. Joyning dengiz sathidan balandligi? mutlaq balandlik.
12. Bir xil balandlikdagi nuqtalarni tutashtiruvchi chiziq?Gorizontal.
13. Tepalik (qir)larning etagidan tepasigacha bo'lgan qismi? Nisbiy balandlik.
14. Yer yuzasining past-balandliklari nima deb ataladi? Relyef
15. Yer yuzasidagi bir nuqtaning ikkinchi nuqtadan balandligi? Nisbiy balandlik.
16. Yer yuzasining dengiz sathidan balandligi? Mutlaq
17. Yer sharidagi eng shimoliy va eng janubiy nuqtalar nomini ayting?Shimoliy va Janubiy qutb.
18. Qaysi shaharlar o'rni quyidagi koordinatalarga to'g'ri keladi: 43° sh.q. bilan 132° shq.u.; 36° j.k. bilan 150 shq. u; 38 sh.q. bilan 123° g'.u.; 35° j.k. bilan 58° g'.u. Vladivostok, Sidney, San-Fransisko, Buenos-Ayres.
19. Qaysi orollar 12-26° j.k. bilan 43-51° sh.k. u; 53-55° j.k. bilan 65-71° g.u. oralig'ida joylashgan? Madagaskar, Olovli yer orollari.
20. Qaysi daryolarning quyilish joyi 24° sh. k. bilan 68° sh.q. u; 32° sh. k. bilan 121 shq.u.; 46° sh.k. bilan 61° shq. u. orasida joylashgan? Hind, Yanszi, Sirdaryo.
21. Yer yuzasining ko'rinib turgan qismi? Gorizont.
22. Gorizont tomonlarini aniqlovchi asbob? Kompas
23. Masshtabi 1:10000 (1 sm da - 100 m) va undan yirik chizma? Joy plani.
24. Masshtabi 1:1000000 dan kichik bo'lgan chizma? Geografik xarita
25. Obyektni kichiklashtirib yoki kattalashtirib tasvirlash darajasi?Masshtab
26. Joy, predmetlar, inshootlar va boshqalarni tekislikda ma'lum bir masshtabda shartli belgilar bilan tasvirlovchi chizma?Joy plani
27. Yer yuzasi, uning ayrim qismlari yoki ayrim mamlakatlarni tekislikda kichraytirib yoki umumlashtirib berilgan tasviri?Geografik xarita