"Birlashgan Millatlar" degan tushunsha birinchi marta AQSH Prezidenti Franklin Ruzvelt taklifiga ko`ra, 1942-yil 1-yanvarda Birlashgan Millatlar Deklaratsiyasida qo`llanildi. Bunga asosiy sabab, 26 mamlakatning o`z hukumatlari nomidan ikkinchi jahon urushining boshlanishiga sababchi bo`lgan davlatlarga qarshi birlashishiga qaror qilinishi bo`ldi. Bu tushuncha keyinchalik Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)da o`zining to`la va aniq ifodasini topdi.
1945-yil 25-apreldan 26-iyungacha AQSHning San-Fransisko
shahrida 50 ta davlat vakillari ishtirokida Birlashgan Millatlarning konferensiyasi
bo`lib o`tadi. Bu konferensiyada xalqaro tashkilot tuzish haqida qaror qabul qilinadi
va BMTning Nizomi tasdiqlanadi. Xitoy, sobiq SSSR, Angliya va AQSH (1944-yil avgust
oyida) davlatlari vakillari tomonidan qabul qilingan loyiha mazkur Nizomga asos
qilib olindi. 1945-yil 26-iyunida BMTning Nizomi 50 ta mamlakat vakillari tomonidan
tasdiqlanadi. Keyinchalik, Polsha davlatining bu Nizomni tasdiqlashi munosabati
bilan 51 ta davlat Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’sischilari bo`ldilar.
BMT 1945-yilning 24-oktyabrida ta’sis etgan ko`pchilik davlatlar tomonidan ratifikatsiya
qilingan kundan boshlab yuridik kuchga ega bo`ldi, ya’ni amal qila boshladi. Shundan
buyon 24-oktyabr har yili Birlashgan
Millatlar Tashkilotining tashkil topgan kuni sifatida dunyoning barcha
mamlakatlarida nishonlanadi. BMT shuningdek quyidagi bayramlarni nishonlaydi:
- Xalqaro Xotin-qizlar kuni (8-mart)
- Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni (5-iyun)
- Xalqaro savodxonlikni yoyish kuni (8-sentyabr)
- Xalqaro tinchlikni himoya qilish kuni (BMT Bosh Assambleyasining
navbatdagi sessiyasi ochiladigan kuni)
- Xalqaro qashshoqlikka qarshi kurash kuni (17-oktyabr)
- Butunjaxon SPIDga karshi kurash kuni (1-dekabr)
- Inson huquqlari kuni (10-dekabr)
BMTning qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan. Qarorgohning binosi
va maydoni xalqaro zona hisoblanadi. Bu - ushbu hudud birgina AQSHning emas, balki
BMTning barcha a’zolarining hududi deganidir. Qarorgohning qarshisidagi birinchi
Avenyuda barcha a’zo davlatlarning bayroqlari hilpirab turibdi (birinchi bayroq
Afg`onistonniki, oxirgisi Zimbabveniki, chunki mamlakatlar nomi alifbo tartibida
joylashtirilgan).
BMTning o`z bayrog`i ham bor. U havo rangda bo`lib, o`rtasida oq
emblemasi bor. Emblemada oliva daraxtining shoxlari o`rab turgan dunyo xaritasining
tasviri mavjud (chunki oliva daraxti tinchlik ramzi hisoblanadi).
BMT ning maqsad va tamoyillari
Maqsadlar
- xalqaro
tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash;
- millatlar urtasida do`stlik munosabatlarini o`zaro
tinchlik va o`z taqdirini o`zi belgilash tamoyiliga asosan rivojlantirish;
- xalqaro iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va
gumanitar xarakterdagi muammolarni yechishda hamkorlik qilish hamda inson huquqlari
va erkinliklarini hurmatlashga qaratilgan harakatlarni taqdirlash va rivojlantirish;
- ushbu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar
harakatini muvofiqlashtirishda markaz vazifasini bajarish.
- BMTning qarorgohi, bayrog`i va emblemalarining rasmi muqovada berilgan. Tamoyillar
- barcha
a’zolarning suveren
tengligi;
- barcha a’zolar uchbu Nizomga binoan o`zlari olgan majburiyatni sidqidildan bajarishi;
- ular
o`zlarining barcha xalqaro
nizolarini tinchlik yo`li bilan yechishlari kerakki, tinchlik, xavfsizlik va adolat xavf
ostida qolmasin;
- ular
o`zlarining xalqaro munosabatlarida boshqa davlatlarga nisbatan kuch ishlatish
yoki do`q-pupisalardan o`zlarini tiyishlari kerak;
- ular
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomiga binoan qurayotgan harakat va tadbirlariga har tomonlama ko`maklashishlari kerak hamda BMT qaysi bir davlatga nisbatan majburlash
yoki boshqa chora ko`rgan bo`lsa, bu davlatga yordam berishdan o`zlarini tiyishlari zarur;
- Birlashgan
Millatlar tashkiloti unga a’zo bo`lmagan mamlakatlarni ham ushbu tamoyilga amal qilishlarini ta’minlaydi,
chunki bu butun dunyoda tinchlik va xavfsizlik ta’minlanishi uchun zarurdir;
- Nizom BMTga hech qachon davlatlarning ichki masalalariga
doir ishlariga aralashish huquqini bermaydi.
BMT A’ZOLARI
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga har qanday tinchliksevar davlat o`z ixtiyoriga binoan uning Nizomini tan olgan va BMTning olib borayotgan ishlarini qo`llab-quvvatlagan taqdirda a’zo bo`lishi mumkin. A’zolikka yangi davlatlar Xavfsizlik Kengashi,
Bosh Assambleya tomonidan qabul qilinadi. Masalan, O`zbekiston 1992-yil 2-martda Bosh Assambleya tomonidan
BMTga a’zo etib qabul qilindi. Nizomda BMTning tamoyillariga amal
qilmagan davlatlarning huquqlarini cheklab qo`yish yoki uni umuman a’zolikdan mahrum
etish belgilangan. Ammo bugunga qadar hali biror bir mamlakat undan chiqarilgan
emas.
Hozirgi
kunda BMTga 191 ta davlat a’zo.
BMTning
maxsus tillari
Nizomga binoan BMTning maxsus tillari: xitoy, ingliz,
fransuz, rus va ispan tillaridir. Keyinchalik bu ro`yxatga arab tili ham kiritilgan.
Rasmiy uchrashuvlarda vakillar yuqoridagi 6 ta tilning xohlagan birida gapirishlari
mumkin va uning nutqi sinxron tarzda kolgan 5 ta rasmiy tillarga tarjima qilinadi.
Lekin BMTda asosiy ish ikki - ingliz va fransuz tillarida olib boriladi, bular ishchi
tillar hisoblanadi.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.