Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki


 Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YTTB) (The Yuropean Bank for Rekonstruktion and Development) — Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shuningdek, MDHga a’zo mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga yordam ko‘rsatuvchi xalqaro bank. 1990-yilda a’zo bo`lgan 42 mamlakat hukumatlari tomonidan 10 mlrd ekyu mablag` bilan tashkil etilgan. 1991-yildan faoliyat olib boradi. Shtab-kvartirasi Londonda.
  O‘zbekiston 1992-yil boshida YTTBga a’zo bo‘ldi va shu yili Toshkent shahrida uning vakolatxonasi ochildi. 1993-yildan O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok eta boshladi.
  YTTB Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini jihozlash (umumiy qiymati 81,5 mln ekyu); energetika ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va Sirdaryo GRESining xalqaro andozalarga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan (umu­miy qiymati 25,2 mln ekyu) va Toshkent xalqaro aeroportini ta’mirlash, shuningdek, xavfsizlikni oshirish uchun maxsus jihozlar sotib olish (umumiy qiymati 43,5 mln ekyu) loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratdi. Hozirgi vaqtda 0‘zbekistonda YTTB ishtirokida umumiy qiymati I mlrd AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan 15 ta loyiha amaliyotga joriy etilmoqda (bunda bankning bevosita moliyalashdagi ulushi 597,7 mln AQSH dollariga teng).

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar





Информация


Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.











To Top