Bruney sultoni Hassanal Bolkiaxning saroyi
arab ertaklarida tasvirlangan qasrlar kabi go`zal bo`lib, oltin va marmardan ishlangan
va Istana Nurul Iman («Iymon va yorug`lik qasri») deb nomlanadi. Deraza romlari-yu,
tutqichlaridan tortib konditsionerlarning tugmachasigacha hamma hammasi sof oltindan
yasalgan. Uning qurilishiga o`rta hisobda $1,4 mlrd. sarf qilingan. Sultonning darvozalari
oddiy xaloyiq uchun har yili faqat 3 kunga Ramazon ro`zasining oxirgi kunlarida
ochiladi, lekin saroyga kirish uchun ancha navbat kutishga to`g`ri keladi va kirish
ilinjidagi odamlar albatta, tibbiy ko`rikdan o`tishlari kerak bo`ladi. Saroy ichkarisida
1778 xona bir nechta taxtiravonli zal mavjud. Binoda 18 ta lift, 51000 chiroq-yoritgichlar
bor. Ziyofat zali 4000 kishiga mo`ljallangan. 200 ta ot saqlanadigan otxona, 5 ta
basseyn, 257 vannaxona va eng qimmatbaho avtomobillar (ba’zilari yagona nusxada
ishlangan) to`plamli garaj bor.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.