Topishmoqlar o`zbek va jahon xalqlarining qadimgi xalq og`zaki ijodlaridan biri hisoblanadi. Ularda asosan tabiatning turli hodisalari, jismlari ishora orqali juda aniq tasvirlanadi. Bu topishmoqlar o`z o`rnida barchani qiziqtiradi va topqirlikka undaydi. Topishmoqlardan darsda samarali foydalanish o`quvchilami fanga bo`lgan qiziqishini, zukko va fikrlar teranligini, topqirligini oshirishga xizmat qiladi. Dars jarayonida ruhiy charchashni oldini oladi. O`qituvchiga esa o`quvchilarai ichki, dunyosini o`rganishga, ularning individual xususiyatlapni aniqlashga yordam beradi.
Geografik atama, hodisa, joy nomlari va boshqalarni topishmoqlar asosida bayon etilishi o`quvchilarni unga mos javobni topish uchun bilgan barcha ma'lumotlarni eslashga, geografik xaritalarni tasawurqilish, materiklar, davlatlar, rayonlar bo`yicha o`ziga xos xususiyatlarni yodda saqlashga o`rgatadi.
Bu «Geografik topishmoqlarni» yozishdan maqsad o`quvchilar bilimini baholashda noan'anaviy usullardan foydalanib o`tilgan dars samaradorligini oshirishdan iboratdir.
* * *
1. To`rt tomoning aniqlab berar,
Darajada joylar aks etar.
Osmondami, suvda, o`rmonda,
Sayohating chog` asqotar
Kompas
2. Unga o`simlikla ryuzini burar,
Qumursqalar inin og`zin qurar,
«Avstraliya» — so`zi unga taqalar,
Bu tomonning nomi qanday atalar?
Janub
3. Yo`ldan adashib Tolib,
Rosa qolibdi horib.
Xarita va plan ham,
Kompas, gnomonlar ham,
Qolgan edi yo`qolib,
Ne qilish endi Tolib?
Ketsin shaxdam yo'l solib,
Daraxtlarga qarabmi,
Tog`-suvlarda yayrabmi?
Daraxtlarga qarab aniqlash
4. Lotinchadan qilsang tarjima
«Sharq» so`zini hosil qiladi.
Yo`llaringni yo`qotsang juda
Hamrohu hayrixoh bo`ladi.
Oriyentirlash
5. Yer yuzida shunday nuqta bor.
Kecha-kunduz farqlanmas unda.
Yulduzi ham so`nmaydi zinhor,
Charaqlaydi kunda va tunda.
Shimoliy qutb
6. Xaritamas miqyosi bor,
Unda joyning rejasi bor.
Aniqroqdir globusdan,
Belglarning o`z o`rni bor.
Joy plani
7. Bor shunday mingtaga kunduz va kecha,
Teng kelar hattoki minutlargacha.
Ekvator
8. Bir xil baland nuqtani,
Tutashtirar bir chiziq.
Unga relyef bo`lsa bas,
Hech rang ijhlatmas qiziq.
Gorizontal
9. Globus va xarita,
Chizayotib Madina.
Sariq nuqtalar qo`ydi,
Ayting, qani bu nima?
Cho`lning shartli belgisi
10. Harakatsiz barqaror,
Yerda ikki nuqta bor.
Qutblar
11. Yer sharini qoq ikkiga bo`laman,
Parallelga men parallel bo`laman.
Ekvator
12. Ekvatordan Arktikaga,
Yo`l oldi do`sting G`ani.
Qaysi kenglik tomon borar,
Shu G`ani ayting qani?
Shimoliy kenglik tomon
13. Uchburchak shakl chizib,
Uch xil nom qo`ydi Vali.
Chunki birin bo`yadi,
Birisi yarim hali.
Uchinchisi oq qoldi,
Nomini top-chi, Ali.
Neft, tabiiy gaz, oltingugurt
14. Sayohatda asqotar,
Asbob nomin kim topar.
Kompas
15. Kurramizni tasvirlab,
Kattaligin ham o`lchab.
Darslikni kim nomlagan.
Xotiralarni jamlagan.
Eratosfen
16. Xarita tuzib olim,
Ko`llarni belgiladi.
Ko`p ko`lni ko`kka bo`yab,
Ba'zisin qizg`illadi,
Bu ranglarda ne sir bor,
Ko`llarga ne ta'sir bor.
Ha. Chuchuk va sho`r ko`llar
17. To`g`ri rang bersang unga,
Axborot berar senga.
Yozuvsiz xarita
18. To`rtburchakni chizganlar,
Qoraga bo`yab qo`ysin.
Belgilab uning nomin,
Nima deb yozib qo`ysin?
Toshko`mir
19. Xaritada yashil rang,
Qanday joy ekan qarang.
Tekislik
20. Mening shaklim yumaloq,
Harakatdaman har choq.
Qish, bahor, yoz va kuzni,
Kechasi va kunduzni,
Hadya etaman senga,
Quyoshga tutib o`zni.
Yer
21. U rasmga qarindosh,
Xaritaga yaqiraoq.
Yerning shakl modeli,
Cho`zinchoqmas yumaloq.
Globus
22. Yer tinmayin aylanar,
Daqiqalar shaylanar.
Kun, oy, fasl, almashib,
Qanday nomga boylanar?
Yil
23. Bir fasl bor issiq, soz,
Quyosh tig`idamiz....
Yoz
24. Qizaradi so`nmaydi,
Usiz giyoh unmaydi.
Quyosh
25. Yerning tabiiy yo`ldoshi,
Oydindagi so`z boshi.
Oy
26. Uning bag`ridadir hatto suv qobiq,
Yuzin silab turar ham havo qobiq.
Tabiat bergandir qattiq fazilat,
Qa'ri boyliklarga limmo-lim qat-qat.
Tosh qobig`i
27. Avstraliya, Afrika,
Janubiy Amerika.
Birlashganlar bir zamon,
Ayting, qay materikka?
Gondvana
28. Silkitar u yer po`stin,
Nima ekan bu do`stim?
Zilzila
29. Uni vulqon otadi,
Tosh ustida qotadi.
Magma (Lava)
30. Vulqonga o`xshaydi-ku,
Qaynoq suv puflaydi u.
[/spoiler]
31. Dunyoda eng uzun g`or, Nomida hayvon ham bor.
Geyzer
32. Yer osti suvlari tuproqni o`yar,
Tog`larda tor yo`lak, quduqlar qurar.
Shiplari naqshinkor saroyga o`xshar,
Mo`jiza yaratar chiroyga o`xshar.
G`oz
33. Tog` jinslari o`zgarib,
Holatni yo`qotdi.
Bu guruhlar birlashib,
Qanday birlikni topdi?
Metamorfik jinslar
34. Dunyoda eng baland tog',
Tibetmi, yo Tyan-Shan?
Balki Himolay, Kun-Lun,
Pomir tog`mi, ayt Gulshan?
Himolay
35. Chiroylidir manzarasi,
Tog`-bog`larning sarasi.
Qaysi tog` bu?
Osiyo Ovruponing chegarasi.
Ural tog`lari
36. Portlayman men erib, qaynab va jo`shib.
Tog` yasayman lavalarimni qo`shib.
Vulqon
37. «Qorlar manzili, «Dunyoning tomi,
Bahaybat bu tog`ning nimadir nomi?
Himolay tog`i
38. Respublikamizning katta bir shahri
Nomining boshidan olsang uch harfin,
Topasan, sayyoraning baland bir tog`in
Tarjimasi berar metalning nomin.
And tog`i
39. Qrimlar der «Yayla»,
Qirg`izlar der «Jayla»
O`zbeklar qanday atar?
Qani, javobing shayla.
Yaylov
40. Tog`lar qator yelkadosh,
Uning do`sti yo`qmikan?
Qara, tanho u yo`ldosh,
Hayvonlari to`qmikan?
Yetim, tanho yoki guvoh tog`lar
41. Usti tekismas,
Cho`qqi va qoyali,
Qir-adirlaiga,
Ulkan soyali!
Tog`
42. Cho`lni bezar yoy, o`roq.
Qani top, qo`ydim so`roq?
Barxan
43. Do`ng bo`libdi ko`chma qum,
Shamoldan tinchmas bir zum.
To`p-to`p tizma ham yakka,
Qum ustida yo`q pakka.
Barxan
44. Yer sharining to`rtdan uch qismin,
Egallaydi rangi yo`q modda,
Unday kuchli erituvchi kam
Bosmangandir undan hayot ham.
Suv
45. U dunyoda eng katta ummon,
Tinchligiga bor erur gumon.
Tinch okeani
46. A'lochi ikki o`rtoq,
Bitimga kelmas har choq.
Dunyoda eng yosh ummon,
Tortishuv boshi hamon...
Atlantika okeani
47. Men beray izoh to`llq,
Shimol - muz ummon io`itlq.
Kesar ekvator chiziq,
Qaysi ummon eng issiq?
Hind okeani
48. Uning suvi iliq, sho`r.
Dengizlardan tuzi mo'l..
Daryodan suv olmagay,
Dengizmi u yoki ko'l?
Qizil dengiz
49. Palaxsamuz suvda turar,
Muz tog` bo`lib kezib yurar.
Aysberg
50. Uch tomonim suv erur,
Quruqlik bir yonimda.
Orolga o`xshashroqman,
Ham orol bor nomimda.
Yarimorol
51. Ummon osti baland tog`larin,
Cho`qqilari suv sathidan tik,
U yerlarda inson yasharmi?
Yashamasa u nega kerak?
Orollar
52. Sudralib yuruvchining,
Nomin olibdi o`zga.
Tinch ummonning bag`rida,
Ko`rinib turar ko`zga.
Toshbaqa oroli
53. Ko`plab qo`shni orollar,
O`xshaydi bir-biriga,
Nomi ham yashiringan,
Bir oila siriga.
Arxipelag
54. Tinch ummonda orollar,
To`planib bir nom olar.
Okeaniya
55. Kichkina bir orolda,
Mo`jizali qonun bor.
Borgan metall jismlar,
Qaytib kelmaslar zinhor.
Bermud orollari
56. Qani, ayt-chi, sen Kamol,
Eng katta qaysi Orol?
Grenlandiya
57. O`zgartirsang bosh harfim,
Kichik bir bo`g`iz.
Kimyoviy bir birikma,
Bo`ladi to`kis.
Bosfor - fosfor
58. U qit'aga o`xshaydi,
Orollarni qo`shmaydi.
Materik
59. Elkaga osib yukini,
Suratga olib ko`kni.
Orol yasar, o`rkach tog`,
Bog`bonsiz yaratar bog`
Okean va dengizlar
60. Bir o`zanli yo'l bo`lar,
Oqib-oqib ko'l bo`lar.
Daryo
61. Daryo boshlanar joydan,
Qor, muzlik, jilg`asoydan,
Sizga gullar keltirdim,
Daryo, ko`llar keltirdim.
Daryo manbai
62. Nafisa, Ilhom, Lola,
Ismin bosh harflarin olib,
Eng uzun daryo nomin,
Topib bo`laqol g`olib.
63. Arman tog`laridan boshlanib,
Butun Iroq suvini kutar,
Fors qo`ltiqqa yetganda daryo,
Suvin yirtqich nomi-la tutar,
[spoiler]Nu
64. Mansabi ayni o`z nomida,
Manbai «Dunyoning tomi» da.
65. Balxashga chuchuk suvni,
Faqat u eltib borar.
Qaysi daryo ekanin,
Qani kim aytib berar.
Ili
66. Daryoda suv toshsa,
«Toshqin» deb nomlanar,
Sathi past bo`lsa-chi,
U qanday nom olar?
Mejen (suv pasayishi)
67. Yog`inlardan to`ladi,
Yog`och oitsang bo`ladi.
Daryo
68. Bir nomda sharshara, cho'l,
Shahar, orol, daiyo, ko'l.
Viktoriya
69. Tuproqdan suv qochsa,
Bo`lar sahro, cho'l,
Havza quloch ochsa,
To`lar moviy.
Ko`l
70. «Hazar» ham uning nomi,
U ko`llarning sultoni.
Kaspiy
71. Suv degan ma'nosi bor,
Ko`lning nomin aksi yor
Cho`l
72. U shunday ko'l,
Faunasi mo'l.
Bir qism suv, chuchuk,
Qolgani-chi, sho`r.
Balxash
73. Uning sahti sayyoramda keng,
Hech qaysi ko'l kelolmaydi teng.
Kaspiy ko`li
74. U dunyoda eng baland ko'l,
«Mis» tog`ida, suvi ham mo'l.
Titikaka ko'li
75. Kunduz dengizdan qochar,
Bag`ri dilingni ochar.
Tunda ortiga shoshar,
Xullas qirg`oqdan oshar.
Briz shabadasi
76. Suvlar unga mehmondir,
U beshinchi ummondir.
Atmosfera
77. U borki bulutlar samoda kezar,
Cho`llarda barxanlar o`ynar kim o`zar.
Shamol
78. Rangi boru, shakli yo`q,
Uningsiz hayot ham yo`q.
Havo
79. Ko`zga ko`rinmas qobiq,
Yasabdi bug`dan momiq,
U quyosh yuzin to`sib,
Suv tashir ekan horib.
Bulut
80. Tog`dan pastga qarab esadi,
Qish bahorda vodiy kezadi.
Fyon shamoli
81. Yer yuzasi oy kabi,
Qizib kech sovib kelmas,
Meteoritlar cho`g` bo`lib,
Ne sabab yetib kelmas?
Atmosfera borligi uchun
82. Daraxt shoxlarin,
Sindirib ketar,
Bu shamol tursa,
Ko`p ofat yetar.
Dovul
83. O`xshar musson, fyonga,
Esar tog`bag`ir yonga.
Bora
84. Nemischadan qilsang tarjima,
«Qanot» degan ma'no anglatar,
Shamol yo`nalishin ko`rsatib,
Gorizontal rumbda aks etar.
Flyuger
85. Tongda shudring, tuman inmadi,
Kechga borib, shamol tinmadi,
Qushlar pastlab uchib yurdilar,
Ob-havodan darak berdilar?
Ob-navo ayniydi
86. Yomg`ir, sertomchi
Nomini top-chi?
Bulut onasi, U muz donasi.
Do`l
87. Erta tong tursam, barglar,
Tomchi-la bezalibdi.
Yomg`ir yog`may turib ham,
Billurday namlanibdi.
Qanday ekan bu jumboq,
Qani, Nodir aytib boq.
Shudring
88. Yog`in yog`ib, u to`lar,
U bo`lmasa ne bo`lar?
Cho'l bo`lar
89. Yomg`ir yog`sa o`lchayman.
Chelakcham bor ko`chmayman.
Yomg`ir o`lchagich
90. Joyning o`rnida xo`p bog`liq harorat,
Bir yerda yuqori, bir yerda-chi, past.
Bu chiziq chegara bo`ladi faqat,
Havo harorati bir xil bo`lsa bas.
Izoterma
91. Bahorjonga u eshik ochar.
Har to`rt yil qish faslida,
Bu qanday yil aytchi, Nafisa?
Buning nomin aytsam...
Kabisa yili
92. Yunonchadan qilsang tarjima,
«Shimoliy»dir uning ma'nosi.
U mintaqa katta bir zona.
Juda sovuq, sfiimol sahrosi.
Arktika
93. U shunday mintaqa,
Havosi iliq.
To`rt fasl namoyon.
Bo`ladi to`liq.
Mo`tadil mintaqa
94. Harorati bir xil-issiq,
Hududlari bo`lar chiziq.
Izoterma chiziqlari
95. Dashtu cho`llar orasi,
Yashnar shuvoq, sho`rasi.
Chala cho`llar
96. Cho`lda o`sadi,
Suvda cho`kadi,
Shamol to`sadi,
Shoxin to`kadi.
Toshdek yog`ochin,
Arra kesolmas,
Deganlarim chin,
Zaxda o`solmas.
Saksovul
97. Topchi, senga topishmoq,
Unga darkor cho'1, qumoq.
Do`stlari juzg`un, iloq,
Sanoqsiz, juflmi, yo toq.
Qani, ayt nomin...
Shuvoq
98. Yomg`ir suvlarin so`rar,
Besh ming yil umr ko`rar,
Tunda xushbo`y gul ochar,
Savannaga nur sochar.
«O`simlik fili» derlar,
Maymunlar sevib yerlar.
Baobab daraxti
99. U shunday o`t,
Asbob nomida.
Bargi doim,
Quyosh domida.
Undan ayon bo`lar,
To`rt tomon.
Nobud qilma,
Uni hech qachon.
Kompas o`t
100. Finchadan o`girsak,
«O'rmonsiz» demak,
Namlik xo`p yetarli,
Issiqlik kerak.
101. Ko`kish-zang.
Unga rang.
Zichlik xos,
Botqoq mos.
Gley
102. Kuchli shamol, yog`indan,
Asray deb yerin dehqon.
Yaratar katta o`rmon,
Bog`-mi bu? Bormi, bog`bon?
Bu dala ixota o`rmoni
103. Xo`jalik uchun zarur,
Mablag`, zahira erur.
Tabiiy resurslar
104. Emishi yantoq, sho`ra,
Oziq tanlamas, xo`ra.
«Cho'l kemasi» yuk tashir,
Mayli, javobing yashir.
Tuya
105. Savannadir makoni,
Hashoratlar sultoni.
Qurar qator minora.
Tuproq ostin qiroli.
Savanna qir chumolisi
106. Se-se pashshasi chaqib,
Ziyon yetkazolmaydi.
Terisi yo'1-yo'l chiziq,
Hech kim ketkazolmaydi.
Zebra
107. Qo`pol, beo`xshov jonzot,
U «Suvayg`ir», yo «Suv ot».
Terisi silliq tuksiz Kishnar, gigant....
Begemot
108. Ariqqa qurar to`g`on,
Shox kesar yo`g`on-yo`g`on.
Hovuzga uy quradi,
Qishin-yozin turadi.
Issiq, pishiq mo`ynasi,
Topmoq bo`lgan o`ylasin.
Suv qunduzi
109. Arktikaning hayvoni,
Qorli g`or uy-ayvoni.
Sho`ng`ir suvga, goh chopar.
Ozig`in ovlab topar.
Yemishi tyulen, qushlar,
Baliq yeb ko`ngil xushlar.
Oq ayiq
110. Ta'mni sezar oyog`i,
Qo`ling bo`yar bo`yog`i.
Kapalak
111. U bor joyda qo'y, quyon.
Xavfda turar begumon.
Bo`ri
112. O`zi hayvonlar zo`ri,
Nomin bilsangiz......
Bo`ri
113. Lotinchadan qilsang tarjima,
«Qora» degan ma'no bildirar.
Fan tilida u irqning nomi,
Qaysi davlat shunday atalar?
Niger
114. U shunday keng shahar,
Oq, Ko`k Nil tutashar.
Topsangiz gar ismi,
Hayvonning ham jismi.
Emas quloq, yoki dum.
Shaharning nomi...
Xartum
115.Ikki davlat birlashib,
Ko`l va orol sirlashib,
Bitta nomga bog`landi,
Bosh bo`g`inlar chog`landi.
Afrikadan izlangiz,
Topib, menga so`zlangiz.
Tanzaniya
116. Dunyoda u eng issiq shahar,
Changlarin der upoli.
Nomin top-chi, qani sen Zafar.
Nomi uni...
Tripoli shahri
117. U kofening vatani,
Qizil dengizdan nari.
Efiopiya
118. Yosh burmali tog`lar ko`p,
Quruq o`zan «Vodiy» ham.
Eng katta cho'l shundadir,
Neft, gaz koni-ko`p biram.
Shimoliy Afrika
119. Bu yerda aloe, yovvoyi tarvuz,
Vilvichiya, xunnolar o`sadi yolg`iz.
Afrikaning cho'l va chala cho`llari
120. Bu yer eng issiq, sernam.
Bo`lmaydi hatto qish ham,
Se-se pashshasi uchar,
Chuqur uzun ko'l uchrar.
Markaziy va Shimoliy Afrika
121. Qani, o`ylab ko`r bir pas,
Topolsang, nomi...
Atlas
122. Afrikaning boy tog'i,
Yirtqich mahluqdir nomi,
Ajdarho tog`i
123. Daraxtzorda kunduz ham.
Fonar olib yurasan.
Lianaga osilgan
Shimpanzeni ko`rasan.
Afrikaning ekvatorial o`rmonlari
124. Chang-to`zon etib o`zin,
U buzar cho`lning yuzin.
Sahroi Kabir manzili,
U qay shamolning xili?
Samum
125. Sayyorada chuchuk ko`llardan,
Uzunlikda sardori o`zim,
Chor tarafim hamon tog`lardan,
Eslatadi qayerni so`zim?
Tanganika ko`li
126. Afrikada shunday daryo bor,
Ekvatorni kesar ikki bor.
Materikda eng sersuv o`zi,
Mavsum bo'yi bir xil suv oqar.
Kongo daryosi
127. Ikki irmoq, Ko`k va Oq,
Nil bo`lar qo`shiliboq.
Birin suvi loyqadir,
Qaysinisi tiniqroq?
Oq Nil
128. Yarim qoqidir tovoq,
Uning nomichi...
Qovoq
129. Tapir-tupir etdi-yu,
Bir hayvon kirib keldi.
Bu ovoz shu hayvonning,
Nomini aytib berdi.
Tapir hayvoni
130. Na hayvondir-u, na qush,
Uzun oyoq, katta to`sh.
Tuyadan tez chopar u,
Bilsang nomi...
Tuyaqush
131. Nomidan ma'lum, shira ozig`i.
Mitti, sayroqi, Afrika zog`i...
Nektarxo`r
132. Bu davlatda sim-g`ovlar,
O`ragan cho'l yaylovlar.
Chorvaning yo`q cho`poni,
Qo`rasiz, qo`y makoni.
Avstraliya
133. Butalar qalin o`sar,
Tikanlar yo`lin to`sar.
Bolta bilan yurasan,
Cho'l dublarin ko`rasan.
U Avstraliyada bor,
Ayt, qanday chakalakzor?
Skreb
134. Kam harakat qiladi,
Uni hamma biladi
Daraxtda oziq-ovi,
Avstraliya...
Yalqov
135. U dunyoda eng quruq,
Bag`rida vulqon ham yo`q.
Haltali hayvonga kon,
Bitta davlatga makon.
Avstraliya materigi
136. Katta maydon quruq cho'l,
Eng yirigi Eyr ko'l.
Avstraliya materigi
137. Ulkan haltali hayvon,
Qayerni qilgan makon?
Avstraliya materigi
138. Tuxum qo`ysa g`aqillab,
Chaqiradi xolasin.
Go`yo odam misoli,
Emizadi bolasin.
O`rdakburun, Yexidna
139. Shu yerda butilka daraxtlar o`sar,
Termitlar in qurib manzara yasar.
Avstraliyaning shimoliy viloyati
140. Tanasi bo`lar arqon,
Ildizi sharbatga kon.
Yangi Zelandiyada o`suvchi karam daraxti
141. U ham xaltali hayvon,
Suv ichmagay hech qachon.
Koala xaltali ayig`i
142. Janubiy materikda,
Yetmish foiz hudud cho'l.
Asosiy suv krikda,
Eng yirigi qaysi ko'l?
Eyr ko`li
143. Sayr qiladi u uchmay,
Shu keng samoni quchmay.
Pati yengil, mayindir.
Topmog`ingiz tayindir.
Okeaniyaning chiroyi
Qushlarning erkatoyi.
Kiva qushlari
144. Qushlar tinmay kuylaydi,
Qora to`ti so`ylaydi.
"Hayot daraxti” o`sar,
Nafis yelpig`ich yasar .
Davlat ramzida uyg`oq,
Toshbaqa, palma yong`oq.
Seyshel orollar davlati
145. Orollar marjon-marjon,
Daraxtlarda qovun, non.
Yashar «Jannat qushlari»,
Kuylashga yo`q xushlari.
Toping, yashirdim joyni,
Mo`jizasiga boyni.
Okeaniya
146. Topib olingchi meni,
Bari do`stim davlatli.
Materiklar ichinda,
Eng balandmand savlati.
Antarktida
147. Qutbning dugonasi,
Aysbergning onasi.
O`ragan oppoq choyshab,
Yerning «Sovuqxonasi».
Arktikaning qarshisi,
Siz topingchi, yaxshisi.
Antarktida
148. Ayting, bu qayer bo`lar?
Doimiy aholi yo`q,
Har tomon muz, daryo yo`q,
Pingvin yashar kerak to`q.
Antarktida
149. O`zi qushu, uchmaydi.
Hatto in ham qurmaydi.
Qishda ochar jo`jasin,
Muz materik go`shasin.
Pingvin
150. Yangi materiklar tomonda,
Panamadan janubiy yonda
Buyuk sayyoh nomida savlat,
To`kib turar qaysi bir davlat?
Kolumbiya
151. Ko`rkam daraxtni,
Tuproq undirar.
Toping siz nomin,
«Bolta sindirar».
Kebracho daraxti
152. Selva nima? U tog`mi?
O`rmon dashtmi, Yo bog`mi?
Janubiy Amerikaning ham ekvatorial o`rmonlari
153. Suv ustida gul tovoq,
U go`yo yonar chiroq.
Amazonkaga bezak,
Topingchi, qo`ydim so`roq?
Viktoriya regiya
154. Dashtu savannada yashar?
Bolalarga to`pdir, yo shar.
Zirhlilar
155. Yirtqich hayvon o`zi,
Juda qadimgi.
And tog`ida yashar,
Bor ko`zoynagi.
Ko`zoynakli ayiq
156. Yog` in kam tushar,
Anddan sharqroqda.
Chala cho'l desam,
U qanday nomda?
Patagoniya
157. «Pampa» derlar ko`p Nandu,
Daraxtsiz yer nima bu?
Dasht
158. Oziq unga gul shirasi,
Mitti qushlarning sarasi.
Kolibri
159. Meni o`lkam bilsangiz,
Turkistonim mashriqda.
Kubadan gap ochsangiz,
Qarab boqing...
Mag`ribda
160. Ko`llar emish zanjir, to`r,
Oqmas erur Katta...
Sahni keng, buyuk biri,
Bilsang g`oyat ko`p siri,
Kelsang bo`lar qayiqda,
Bu ko'l Katta...
Katta sho'r ko'llar, Katta ayiq ko`llari
161. Yevrosiyo unga makon,
Cho`lning nomi...
Taklamakon
162. Qora, Azov dengizi,
Istar uni yengisi,
Qani, topib ol sirim,
Bu Yarimorol...
Qrim
163. U tog`ning nomin olgan,
Suvi Kaspiyga borgan.
Ovrupa va Osiyoga.
Chegara bo`lib qolgan.
Ural tog`i
164. U «Kunbotar», "kun chiqar” ham o`zidir,
Atamalar qay materik so`zidir.
Yevrosiyo
165. Uning sochlari silliq,
Bug`doy rangdir badani,
Yanog`i keng, ko`z qisiq.
Qaysi irqning odami?
Mongoloid irqi
166. Qani, ayt-chi sen Tal`at,
Neftga boy qaysi davlat?
Saudiya Arabistoni
167. Xaritaga boq o`rtoq,
Sher shaklini top tezroq.
Unda qay davlatlar bor?
Qaramay aytchi, bundoq.
Finlandiya, Norvegiya, Shvetsariya
168. Ikki shahar Adan va Sana,
Poytaxt erur-ikki davlatga.
Sana shahri-Yamanga poytaxt,
Adan poytaxt qay mamlakatga?
Yaman Xalq Respublikasi
169. Qani ayt, sen, Mamlakat,
Eng katta qay mamlakat?
Rossiya
170. Jayhun, o`kuz, Oks, qadimgi nomi,
Qirg`og`in o`pirar hech yo`q maromi.
Amudaryo
171. U bug`doy, paxtaga kon,
Siz-u bizgadir makon.
O`zbekiston
172. Shunday daryoki uzun,
Qadimgi nomi Sayhun.
Sirdaryo
173. Norin va Qoradaryo,
Qo`shilgach qaysi daryo?
Sirdaryo
174. Shakli bodomsimon,
«Jannat» makondir.
Vatanim chiroyi,
Zebi jahondir.
Farg`ona vodiysi
175. Pista, do`lana, lola,
Qayda o`sar Kamola?
Tog`da
176. Qizil olma xurmo va chinor,
Tog` piyozi behi va anor.
Yo`q, qay biri «Qizil kitob»da,
Aniqlangchi ayni shu tobda.
Behi
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!