Arastu
- "Siyosat”
nomli asarni yozgan.
- "Iqlimi sovuq
bo’lgan mamlakatlarda istiqomat qiluvchi kishilar dovyurak bo’lishadi,
ammo xayoliy orzular va ixtirolar
qilishga moyillik yo’q. Shuning uchun ham ular boshqa xalqlarga nisbatan
ko’proq vaqt ozodlikni saqlab turishadi, biroq o’z qo’shinlariga boshchilik
qilish va ularni boshqarish qobiliyatiga ega emas, ular siyosiy rahbarlikka
muhtojdirlar.
- Janubiy
xalqlar esa aksincha, chuqur o’ylanadigan va qiyin holatdan chiqib ketishga
ustadirlar. Ammo ular g’ayratli emaslar. Shuning uchun ham qullik va tobelik
ularga xos "tabiiy holatdir”.
- Oraliq
mintaqalarda istiqomat qiluvchi yunonlar esa o’zlarida shimol hamda janub
xalqlariga xos bo’lgan eng yaxshi hislatlarni jo qilganlar.
Rudolf Chellen (Shvetsiya)
- Geosiyosat
tushunchasini 1916-yil fanga kiritgan.
- Har qanday
davlat bir butun organizm sifatida qaralmog’i lozim.
- Davlat inson
kabi sezuvchi, his qiluvchi va o’ylovchi mavjudotdir.
- Yashash uchun
kurash har qanday davlat organizming mohiyatini tashkil etadi.
- Urush
geografik makonni egallash maqsadida olib borilayotgan yashash uchun
kurashning aniq bir shaklidir.
- Davlat o’z
nomi bilan maqsaddir, u fuqarolari farovonligini yaxshilashga xizmat qiluvchi
organizm emas.
Vilson (AQSh)
- Rejalariga
ko’ra Rossiya davlati bir necha ta’sir doiralariga bo’linishi kerak edi.
Masalan, Kavkaz Turkiya Imperiyasining bir qismi sifatida, O’rta Osiyo esa
biron-bir Yevropa davlatining protektorati qilinishi lozim edi.
Fridrix Ratsel (1844-1904) Germaniya
- Qirg’oq bizlarga qo’shni sifatida tabiatni in’om etdi va bu qo’shni har qanday do’stona davlatdan afzaldir.
- Birinchi bo’lib dunyoga geosiyosiy nigohning (qarashning) asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqdi.
- Makon –
siyosiy resurs, taraqqiyot omili hisoblanadi.
- Geosiyosiy
goyalarini "Antropogeografiya” va "Siyosiy geografiya” nomli asarlarida
yoritib beradi.
- Mamlakatning
mustaqil davlat sifatida "oyoqqa” turishida tarixiy taraqqiyot nazariyasi
geografik sharoitning ahamiyatini hisobga olmagan.
- Geosiyosat
sohasida juda muhim bo’lgan qonuniyatlarni ishlab chiqqan.
- Davlatning
asosiy xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritgan: mamlakat hududining
kattaligi; geografik o’rni va chegaralari; o’simlik dunyosi; boshqa
hududlarga bo’lgan munosabati.
- Katta
davlatlar geosiyosiy ekspansiya (bosib olishga intilish)ga moyillik
mavjudligini va bu xususiyat asta-sekin sayyoraviy (planetar) miqyosda
kengayib borishini aniqlagan.
- Har bir xalq
va davlat o’zining hududiy taraqqiyot konsepsiyasiga ega ekanligini asoslab
beradi.
- Geografik
makon siyosiy kuch sifatida geosiyosatning asosini tashkil etadi.
- Davlat tashqi
va ichki siyosatining geografik sharoitga bog‘liq ekanligini isbotlash
bo‘yicha muhim ilmiy ishlar olib bordi.
Jan Boden
- Geografik
determinizmni rivojlantiradi.
- Insonning
rivojlanishiga geografik muhit xalq xarakteri va ruhiyati orqali ta’sir
ko’rsatadi.
- Inson hayoti
uchun eng qulay va yaxshi sharoitlar mo’tadil mintaqada, 40°-50° shimoliy
kengliklar oralig’ida mavjud.
- Mustaqil
davlatlarning kuch-qudrati va taraqqiyoti ularni o’rab turgan tabiiy
sharoitning ta’siriga bevosita bog’liq.
Sh.Monteske
- Ijtimoiy hayot
shakllarining rivojlanishida iqlim hal qiluvchi ahamiyatga ega va mamlakat qonunlari
uning geografik sharoitlariga mos bo‘lishi zarurligini asoslab bergan.
Ritter
- Dunyoni ikki qismga bo’ladi – suvlik (okeanlar) va quruqlikka.
- Quruqlik Shimoliy yarimsharda,
suvlik esa Janubiy yarimsharda asosiy maydonni tashkil qilishini ta’kidlaydi. Shimolda joylashgan quruqlikni ”Eski dunyo”
(Yevropa, Osiyo)
va ”Yangi dunyo” (Shimoliy va Janubiy Amerika)ga bo'ladi.
- "Eski dunyo” g‘arbdan sharqqa katta masofaga cho‘zilganligi sababli iqlimiy jihatdan bir xillikka ega, "Yangi dunyo” esa shimoldan janubga tomon katta masofaga cho‘zilganligi tufayli iqlimiy farqlari juda katta.
- Iqlimiy farqlar mintaqada
istiqomat qiluvchi xalqlar xarakteriga katta ta’sir
ko'rsatadi.
Karl Xausxafer (1896-1946)- Jahonda
birinchi geosiyosatchilar maktabining asoschisi va tashkilotchisi.
- Ilmiy
izlanishlarida "Hayotiy makon” kategoriyasiga katta e’tibor berilgan.
- Milliy g’oya
tarafdorlari kabi nemis davlatining kuch-qudratini kuchaytirishga harakat
qildi.
- Katta
davlatlarning kichik davlatlar oldidagi yutuqli jihatlari to’g’risidagi
Fridix Ratsel g’oyasini o’ziga asos qilib olib, Germaniyaning qo’shni kichik
davlatlar ustidan hech qanday gap-so’zsiz hukmronlik qilishini mutlaq haqiqat
deb, Germaniyaning iqtisodiy jihatdan Rossiyani o’ziga tobe qilib olinishini
esa asosiy vazifalaridan biri deb aytgan.
- Kontenintal
yo’nalishning "kontinental blok” nazariyasi asoschisi hisoblanadi
- Germaniya
qo’shni davlatlar ustidan hukmdor bo’lishi kerak.
- AQSHning
G’arb-Sharq yo’nalishidagi geosiyosiy muammolarini ochib berdi.
- Davlatning
asosiy harakatlantiruvchi kuchi uning o‘z hayotiy makonini kengaytirishga
qaratilgan kurashi hisoblanadi.
F. Maltus
- "Hayotiy
makon” kategoriyasini shakllanishida uning ishlari va g’oyalari muhim o’rin
tutadi.
- Aholi o’sishi
biologik qonuniyatlar asosida geometrik progressiya bo’yicha, oziq-ovqat mahsulotlari esa arifmetik
progressiya bo’yicha o’sadi.
X. Makinder (1861-1947) - Birinchi
dunyoviy (global) model Angliyada
ishlab chiqdi.
- 1914-yilda
Buyuk Britaniya Qirollik geografiya jamiyatida "Tarixning geografik o’qi” deb
nomlangan maruzasida "Jahon siyosatining o’q mintaqalari” g’oyasini ilgari
surdi.
- 1919-yilda
nashr qilingan o’zining "Demokratik
ideallik va reallik” nomli kitobida "o’q mintaqa”ni Xartlend deb atadi.
- Dunyoga
hukmdorlik qilishda kontenintal (quruqlik) davlatlarining imkoniyatlari
behisobdir.
- Dengizning
kuch-qudrati jahondagi kuchlar balansida juda katta ahamiyatga ega bo‘lsa
ham, quruqlik va havodagi kommunikatsiyalarning rivojlantirilishi dengiz
kuch-qudrati samaradorligining
pasayishiga sabab bo‘ladi.
A.Mexen (1840-1914)- AQSHning qudratli
davlatga aylanishi Makinder konsepsiyasini
va "Atlantizm” geosiyosat g’oyasining shakllanishiga sababchi bo’ldi.
- "Tarixda dengiz kuchlari” va boshqa qator asarlarida "dengiz kuchlari” tushunchasi asosida geosiyosat konsepsiyasini ishlab chiqdi.
- AQSHni "dengiz taqdiri”ga ega,
buni natijasida u avval Amerika qit’ada keyinchalik dunyoda hukmronlik qiladi.
- Geosiyosiy
g‘oyalari to‘liq holda XX asr mobaynida AQSH da hayotga tatbiq etildi va
yuqori darajada o‘zining samarasini berdi.
N.Spaykmen (1983-1943) (AQSH)
- Xartlend mustaqil g’oyalarni hal qil olmaydi,
bu vazifalarni,
shu jumladan,
dunyoga hukmronlik qilish vazifasini Rimlend bajarishi mumkin.
- Dunyoni uch qismga bo’lgan: Xartlend, Rimlend va olisda joylashgan Avstraliya va Afrika qit’alariga bo’lgan.
- Kim Rimlendni nazorat qilsa, u Yevropada hukmdorlik qiladi, kim Yevrosiyoni nazorat qilsa, u jahon taqdirini hal qiladi.
- AQSHni
Rimlendga nisbatan ham Xartlendga nisbatan ham juda qulay o’ringa ega deb
hisoblagan.
- "O’rta okean”
tushunchasini muomalaga kiritdi va
Atlantika dunyosi tomonidan Rimlend ustidan o‘rnatilgan nazorat quruqlik
kuchlarini mag‘lub bo‘lishiga va Atlantika dunyosi tobe holatga tushishiga
sabab bo‘ldi,.
- Davlat
geosiyosiy qudratini taminlovchi 10 ta mezonni alohida ajratib ko’rsatgan.
- Ikkinchi jahon
urushidan so’ng Yevropa davlatlari mustaqilligining pasayishini, AQSH
mustaqilligining esa oshishini bashorat qilgan.
Gotman - Komunikatsion
nazariya asoschisi.
- Komunikatsiyalar
jarayonidagina makonning tabaqalanishi yuz beradi.
Z.Bjezinskiy
- Rossiyani harbiy-siyosiy
salohiyatini qisqarishida Ukrainani roli katta.
- Sobiq Sovet Ittifoqining parchalanib ketishi Yevrosiyo yuragida geosiyosiy vakuum hosil bo’lishiga olib keladi.
- Rossiya, Yevrosiyo va dunyo miqyosida emas, balki mintaqa miqyosida ahamiyatga ega davlat ekanligini tan olishi lozim.
E.Rubinstayn - Dunyoni 6 ta
asosiy geosiyosiy mintaqaga bo’ldi:
1. AQSH boshchiligidagi Shimoliy Amerika
2. Yevropa
3. Sharqiy Osiyo.
4. Janubiy
Osiyo
5. Musulmon mamlakatlar
6. Sobiq Ittifoq (Rossiya)
- Dunyodagi
vaziatni beqarorlashtiruvchi eng muhim omil Xitoy bo’lishi mumkin.
- Kelajakda
Xitoy, Rossiya, Eron davlatlari ittifoqi paydo bo’lishi mumkin va ushbu
ittifoq Amerika-Yevropa-Yaponiya ittifoqiga qarshi turadi.
G.Kissinjer
- XXI asrda
xalqaro tizim kamida 6 ta kuch markazidan iborat bo’ladi, deb hisoblaydi.
Ular AQSH, Yevropa, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Rossiya va ko’plab o’rta
kichik davlatlar kiradi.
Xangtington
- "Umuman insoniyat”
yo’q, faqat ma’lum iuda-xristianlik, islom dini, buddizm va shu kabi sivilizatsiyalar mavjud.
Eng katta xavfni mana shu sivilizatsiyalar o’rtasida
yuz beradigan harbiy nizolar tug’diradi.
- ”Sivilizatsiyalar
to’qnashuvi” deb nomlangan maqolasida sivilizatsiyalarni eng yuqori
darajadagi ijtimoiy-madaniy jamoalar deb atadi.
- Har bir
sivilizatsiyaga faqat uning o‘ziga yaqin bo‘lgan tarixiy taraqqiyot, din,
til,urf-odatlaming umumiyligi, ijtimoiy institutlar bajaradigan vazifalarning
yaqinligi va boshqa xususiyatlar xosdir.
J.Bush
- Bugungi
kunda AQSH xalqlar taqdirini hal qilishdek murakkab va ma’suliyatli bo’lgan vazifani bajarishi
kerak.
- AQSH Yevrosiyo uchun aniq va ravshan
taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqishi lozim.
Den Syao Pen (Xitoy)
- Xitoy XX
asrning 70-yillaridan "Atlantik” geosiyosatni olib borgan, bu uning pragmatik
falsafasi bilan bog’liq.
Tuzuvchi: Adhamjon MAMADIYOROV
O’zbekiston
Milliy Universiteti
"Geografiya”
yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.