1989-yili Amerika Qo`shma Shtatlarida nashr etilgan "Ona zaminni qutqarmoqchi
bo‘lganlar uchun 50 oddiy maslahat” kitobidan olingan ayrim maslahatlar bilan
tanishing!
Amerikaliklar
1970-yildan keyin elektr quvvati va suvni tejash yo‘liga o‘tishgan, chunki
yoqilg‘i sarflanishini kamaytirib, karbonat angidrid chiqarish, elektr
stansiyalar sonini kamaytirish, yangi atom elektrstansiyalarining qurilishiga
yo‘l qo‘ymaslik mumkin. 0‘shanda zaharli gazlar xavfi ham kamayadi, qazilma
boyliklar tejalib, yovvoyi tabiat saqlanib qolinadi.
Suvni
tejash orqali yer osti suvini tortib olishda sarflanadigan energiyani kam
sarflashga erishish mumkin. Tabiiy zahiralarning tugab qolishi milliy
daromadning o‘sishiga ta’sir ко‘rsatgach amerikaliklar tejamkorlik yo’liga o‘tishdi. 1987-yili ular
energiyadan 44 foiz kam foydalandilar, ammo sovutgichlar, avtomashinalar va
televizorlar sonini kamaytirmadilar.
Sayyoramizdagi
hayotni yaxshilash uchun har bir kishi nima qilishi kerakligi haqida ushbu
kitobdan parcha keltiriladi:
- Ortiqcha
gazeta va jurnallarga obuna bo‘lmang, chunki ularni tayyorlash uchun yog‘och
ishlatiladi.
- Tarkibida
fosfat bo’lgan kir yuvish kukunlari o‘rniga sovunning xavfsiz turlarini
(xo‘jalik va bolalar sovuni, soda) ishlating.
- Jo‘mraklarga
purkagich o‘rnating, ular suvni 50 foizga tejash imkonini beradi.
- Oziq-ovqat
mahsulotlarini saqlash uchun tabiiy ravishda tuproqqa qo’shilib ketadigan
materiallardan foydalaning.
- Qanday
chiqindilarni qayerga topshirish kerakligi to‘g‘risida ma’lumot yig'ishga
erinmang.
- Suvni
behuda oqizmang (tishingizni tozalashda stakandan, idish-tovoq yuvishda
tog‘orachadan foydalaning).
- Aerozollardan
kamroq foydalaning.
- Xarid
qilishda quyidagilarga e’tibor bering: Elimxaltalardan foydalanmang, ular
chiqindiga aylanib chirimaydi, shuning uchun qog‘ozga qadoqlangan buyumlar
yaxshiroqdir.
- Uy
hayvonlari yemagiga pestisidlar tushishiga yo‘l qo‘ymang.
- Issiqlikni
tejang, deraza tirqishlarini qish boshlanmasdan avval yopib chiqing.
- Yoritish
asboblaridan to‘g‘ri foydalaning.
- Barcha
ishlatilib bo'ladigan narsalami takroran ishlating.
- Yovvoyi
hayvonlami qo‘lingizdan kelguncha himoya qiling.
- Ко’chat
eking.
- 0‘z
bog‘ingizda va tomorqangizda pestisidlarni qo‘llamang.
- Zaharli
moddalarni maxsus belgili idishlarda saqlang. Ularni ko‘p muddat saqlamaslik
uchun zarur hollarda qo‘shningizga ham berib turing.
- Bog‘larda
kuzgi xazonni chiriting.
- Motorli
transportdan kamroq foydalaning, o‘miga yayov yoki velosipedda yuring.
- Idish yuvishda hech qachon kir yuvish kukunlaridan foydalanmang, chunki idishlarda kimyoviy moddalardan iborat qoplama hosil bo`ladi va uni yuvib tashlash qiyin. Agarda bunday idishga issiq ovqat solinsa, undagi zaharli kimyoviy moddalar ovqat bilan birga kishi organizmiga tushadi!
- Agar uydagi tozalikni saqlashda maishiy kimyo vositalaridan foydalanishdan vos kecha olmasangiz, u holda bu kabi vositalarni oziq-ovqatlardan alohida saqlang!
- Uyingiz serqatnov yo`l yaqinida joylashganmi? G`ir-g`ir qaynayotgan avtoulov Sizga xalaqit beradimi? Agar shunday bo`lsa, uyingiz oldiga ko`chat eking, ular katta bo`lgan sari Sizni shovqindan himoya qila boradi!
- Yodingizda bo`lsin. Sizning sevimli kitoblaringiz chang yig`adi. Shuning uchun ularni oynali jovonda saqlash kerak!
- Ko`proq ochiq havoda bo`lishga harakat qiling, shahardan tashqariga chiqib dam oling. Katta sanoat korxonalari bo`lmagan joylarda dam oling va ekologik toza mahsulotlarni iste`mol qiling!
- Suvning behuda oqishiga yo`l qo`ymang! Suv behuda oqmasligi uchun xonadondagi barcha jumraklar sozligini doimo tekshirib turing!
- Xonada hech kim bo`lmagan paytda chang zarrachalari o`tiradi, siz yurganingizda ular havoga ko`tariladi. Siz turgan joyda chang ko`p yig`iladi. Shu sabab, uyingizni doimo toza va ozoda saqlang!
- Va nihoyat oxirgi maslahat, yuqorida o‘qib bilganlaringiz haqida do'stlaringizga so‘zlab bering, ular sizga fikrdosh bo‘lsin.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.