Ixtirolar tarixi


Eng birinchi geografiya kitobi muallifi – Eratosfen.

Eng birinchi geografik xarita – miloddan avvalgi III asrda yunon olimi Eratosfen tomonidan tomonidan tuzilgan. U tuzgan xaritada Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika va Osiyoning g`arbiy qismlari tasvirlangan. Undan keyingi mukammalroq xaritani Ptolomey tuzgan.

Eng birinchi atlas – yunon olimi Klavdiy Ptolomey yaratgan xaritalar to`plami bilan bog`lash mumkin. Xaritalar to`plami uchun "Atlas” nomi 1595-yil Merkator tomonidan taklif qilingan.

Eng birinchi globus – yunonistonlik Krates tomonidan milodimizdan avvalgi II asrda yasalgan. Sharq mamlakatlaridagi birinchi globusni o`rta asrlarda Abu Rayxon Beruniy yasagan.

Eng birinchi kompas ixtiro qilingan mamlakat – Xitoy. Chin mamlakati kompasni "chanana” deb atashadi. Xitoy imperatori saroyiga Vetnamdan elchilar kelishibdi. Ularni Xitoy imperatori juda yaxshi kutib olibdi. Ularni, mexmon qilib, o`zaro shartnomalar tuzishibdi. So`ngra Vetnamlik elchilarni sovg`a-salomlar bilan o`z vatanlariga kuzatib qo`yibdi. Lekin Vetnamlik elchilar 2 kundan so`ng yana Xitoy imperatori saroyiga qaytib kelishibdi. Shunda Xitoy imperatori ulardan nima gapligini so`rabdi. Vetnamliklar yo`ldan adashib qolganliklarini, o`z vatanlariga qanday ketishlarini bilmay, yordam so`rab kelganliklarini aytishibdi. Shunda Xitoy imperatoriularga bir aravacha sovg`a qilibdi. Aravacha o`rtasida odam-haykalcha bo`lib, u qo`lini to`g`ri uzatib turar edi. Aravani xohlagan tomonga bursangiz ham haykalcha aylanib, qo`li bilan janubni ko`rsarib turaveradi. U doimo bir tomonni Vetnamliklarning vatani – janubni ko`rsatib turar edi. Vetnamliklar shu aravacha – "kompas” yordamida o`z uylariga yetib olishgan.

Eng birinchi taqvim ixtiro qilingan mamlakat – Xitoy.

Eng birinchi qog`oz pul – 812 yilda Xitoyda yaratilgan.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar





Информация


Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.











To Top