Samarqand viloyati respublikada birinchi tashkil boʻlgan viloyatlardan hisoblanadi. U 1938-yil 15-yanvarda tashkil topgan. Ushbu viloyat respublika hududining markaziy qismida, Zarafshon daryosining oʻrta oqimi havzasida joylashgan. Uning chegaralari gʻarb va shimoli-gʻarbda Navoiy viloyati, shimol va shimoli-sharqda Jizzax va janubda Qashqadaryo viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston bilan tutash. Koʻhna, noyob tarixiy obidalarga boy boʻlgan Samarqand shahri viloyatning markaziy shahri boʻlib, u 1924-1930 yillarda Oʻzbekiston poytaxti vazifasini bajargan.
Maydoni: 16,8 ming kv.km.
Aholi soni: 4 million 31 ming 300 kishidan ortiq (01.01.2022-yil)
Markazi: Samarqand shahri (39° sh.k. va 67° shq.u.)
Ma`muriy tuzilishi: 14 ta tuman, 11 ta shahar va 88 ta shaharcha
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.