Bugungi kunda jinoyatchilar – inson hayoti, sog’lig’i va mol-mulkiga xavf soladi. Albatta sen hech nimadan qo’rqmasligingni, kerak bo’lsa o’zingni himoya qilishingni aytishing mumkin. Seni hech kim qo’rqoq bo’lish kerak deb ishontirmoqchi emas, balki ehtiyotkor bo’lishni eslatib o’tmoqchimiz.
Esda tut: ehtiyotkorlik va oqilona o’ylab harakat qilinsa ko’pgina holatlarda eng kam yo’qotish yo’li bilan jinoyatchilikning oldini olish yoki xavfli holatdan chiqib ketish mumkin.
O’Z UYINGNI QANDAY ASRASH KERAK?
O’zingni va o’z uyingni yomon niyatli kishilardan asrashni bilish lozim. Begonalarning uyga kirib olishining uchta yo’li bor:
- Eshik;
- Deraza;
- Balkon orqali;
Buni qanday oldini olish mumkin?
Derazalarda panjara o’rnatilishi, kirish va balkon eshiklarini mustahkamligini ta’minlash haqida ota-onang qayg’urishi kerak. Eshik taqqillaganda "kimsiz” - deb so’ramasdan, ko’zchadan qaramasdan eshikni ochsang yoki uydan chiqa turib eshikni qulflamasdan qoldirsang hech qanday mustahkam eshik seni uyingni saqlab qololmaydi.
Agar sen uyda yolg’iz qolsang:
Agar sening eshigingni ochishga harakat qilishsa:
Agar sening eshigingni ochishga harakat qilishsa:
- Kirish eshigi yaxshi yopilganligiga ishonch hosil qil. Agar yaxshi yopilganiga shubha bo’lsa stul, tumbochka bilan to’siq qo’y. Keyin uchastka noziri, tuman militsiya bo’limi yoki 102 raqamiga, keyin qo’shnilarga qo’ng’iroq qilib uy eshigini ochishga harakat qilishayotganini ayt;
- Shovqin ko’tar batareyani taqqilatib, derazadan o’tib ketayotganlarni yordamga chaqir (biron narsa bilan derazani sindirib, odamlarni diqqatini tort);
- Agar eshikni ochishga harakat to’xtasa, chiqma, ular yashirinib turgan bo’lishlari mumkin. Qo’shnilar bilan bog’lanib, militsiya kelishini kut, derazadan begona odamlar chiqib ketayotganini kuzat. Shubhali odamlarni ko’rsang, ularni ko’proq belgilarini eslab qolishga harakat qil, moshina rangi, markasi, raqami, agar ular moshinaga o’tirsa, keyin bu haqda militsiya xodimlariga ayt.
Agar sening uyingda hech kim yo’qligida o’g’irlik sodir bo’lgan bo’lsa:
- Uyga qaytayotib, sen shubhali vaziyat (masalan, eshikni ochiqligi yoki buzilgani)ni ko’rsang – uyga kirma;
- Tezda bu haqda qo’shnilarga xabar qil, ularnikidan yoki o’z mobil telefoningdan militsiyaga qo’ng’iroq qil;
- Jinoyatchilarni ko’rsang to’xtatishga harakat qilma, hatto uyingdan narsalarni olib chiqayotgan bo’lsa ham;
Xavfsizlik qoidalari:
- Uying kalitini hamma biladigan joyda qoldirma (gilamcha tagida yoki elektr shitida);
- Palto yoki kurtkangni yechganingda cho’ntagingda kalitni qoldirma va tanishlaringga berma;
- Kalitni yo’qotib qo’ysang darhol ota-onangga ayt.
- Odam kam, tashlandiq joylardan, kam yoritilgan ko’chalardan yurma;
- O’zing yashab turgan joyni yaxshi o’rganib chiq;
- Kechki payt ko’chaga chiqish zarur bo’lsa, eng xavfsiz yo’lni tanla, agar u juda qisqa yo’l bo’lmasa ham.
ESDA SAQLA!
- Ota-onangni qayerga ketayotganing, qachon kelishing haqida ogohlantir, agar uyda hech kim bo’lmasa xat qoldir.
- Bu faqat ota-onangni tinchlantirish uchungina emas, balki o’zingni xavfsizligingni ta’minlash uchun kerak. Agar otaonang qayerga ketganing va qachon kelishingni bilishsa, kerakli paytda qaysi yo’nalishda qidiruv ishlarini olib borishga imkoniyat yaratadi.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.