Ilon chaqqanda nima qilish kerak?


 
 
Hammaga ham (ayniqsa shaharda yashovchilarga) ilon chaqishi xavfli ekani ma'lum emas. Ilonlar ayniqsa, bahorda juftlashish paytlarida haddan tashqari tajovuzkor bo'lishadi. Agar sizni ilon tishlab olsa, darrov vahimaga tushmasdan, uning zaharli-zaharsizligini aniqlang. Bu unchalik qiyin emas: zaharsiz ilon chaqqan joyda bitta, zaharli ilon chaqqan joyda esa ikkita jarohatlangan iz qoladi. Buning ustiga zaharli jarohat atrofida qizarish, shishib chiqish paydo bo'lib, jabrlanuvchija qattiq og'riq va haroratning ko'tarilishi kuzatiladi.
 
Zaharli ilon tishlasa, darhol tishlagan joydan yuqoriroqni qon to'xtatuvchi bog'lov bilan bog'lab qo'yiladi va iloji boricha tezroq jarohatdan zaxarni olib tashlash uchun shu joyga qon tortuvchi banka qo'yiladi, agar bunday banka sizda bo'lmasa, bo'sh rezinka xaltachani olovda qizdirgach, shu zahoti jarohatga qo'yib tortib olish kerak. Shuningdek, jarohatdan zaharni qon bilan qo'shib so'rib olib, darhol tuflab tashlasa ham bo'ladi (bu tadbir bir necha marta qilinadi). Agar og'izda yara bo'lsa, og'iz bilan qonni so'rib tashlash mutlafo mumkin emas. Qonni so'rib tashlagach, jarohatga metall qizdirib bosiladi. Sog' joylar kuymasligi uchun jarohat atrofiga ho'llangan latta qo'yiladi.
 
Iloji bo'lsa ilon tishlagan joy 1 foizli margantsovka bilan yuvib tashlanadi. Shu joy terisi atrofiga muzdek latta ( muz) bosiladi. Ilon tishlaganda, bir iloj qilib qattiq terlash ham foydali. Bog'lab qo'yilgan jgutni esa 15-20 daqiqadan keyin yechib tashlashni unutmang.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar





Информация


Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.











To Top