Qonxo’r baliq (Piranya)


Janubiy Amerikaniig shimolidagi qalin va bahaybat tropik o’rmonlardan oqib o’tuvchi Amazonka daryosi sersuvligi bilangina emas, balki xilma-xil hayvonot dunyosi bilan hammaga mashhurdir.

Sayyoramizda ma’lum bo’lgan chuchuk suvlarda yashovchi baliqlarning uchdan biri Amazonka va uning irmoqlarida borligi aniqlangan. Amazonka baliqlari maxalliy aholining asosiy oziq-ovqati hisoblangan. Shuningdeq ayrim baliqlar ularga daxshat va falokat keltiradi. Amazonka va uning irmoqdarida aqli bor kishi hech qachon cho’milmaydi. Buning sababi, qonxo’rlikda va yirtqichlikda akuladan ham  o’tadigan piranya (pirayi) balig`idir.

Piranya baliqlarining tashqi tuzilishi kambalaga o’xshagan bo’lib, uzunligi 30-50 santimetr, tishlari o’tkir. Bu baliqlar katta hayvonlar yoki odamlarga hujum qilganda, bir necha minut ichida ularning faqat suyagini qoldiradilar, xolos.

Piranya baliqlari gala — gala bo’lib hujum qiladilar. Ovchilarning o’qidan yarador bo’lgan timsohlar ham ko’pincha piranyalardan omon qolmaydilar. Daryodan suv ichayotgan hayvonning oyog`ini g`ajib uni suvga yiqilishga majbur qiladilar va hayvon ularning o’ljasiga aylanadi.
manba: megadunyo.uz

 

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar





Информация


Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.











To Top