Stiven
Spilbergning taniqli «Yura davri parki» filmida qadimgi jonivorlarning maketi harakatlangan.
Yaqin orada esa haqiqiy qadimgi gigant
kaltakesaklarni ko’rishimiz ham ehtimoldan holi emas.
Shimoliy Karolina universiteti doktori
Meri Shvayser g`aroyib bir ashyoni qo’lga kiritdi: bundan 68 million yil muqaddam
nobud bo’lgan Trinnozavrning toshga aylangan qoldiqlari ichida yumshoq to’qimalari
ham saqlanib qolgan ekan.
Shu paytgacha to’qimalar million yil
mobaynida saqlanib qolmaydi, deb hisoblanardi.
— Oldimizda tosh qotishning yangi namunasi
turibdi,-deydi olimlar. – Molekulyar darajada toshga aylanish.
Tadqiqotlar davom etmoqda.
Kim bilsin, balki, olimlarga trinozavrning
hujayralari bilan DNKsini topish nasib qilar?
Shunda Spilberg yoki yana kimgadir
«Yura davri parki» to’g`risida badiiy film emas, balki, tom ma’nodagi, haqqoniy
hujjatli film ishlashga to’g`ri kelishi ham mumkin.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.