Umumiy tavsifi va tabiiy resurslari
Jahonning eng yirik qit’asining Osiyo deb atalishi uning joylashgan
geografik o‘rni bilan bog'langan. Qadimiy assuriyaliklar (Mesopotamiya
pasttekisngining shimoliy qismi) tilida u «sharq» ma’nosini beradi. Tabiiyki,
bu qadimiy davlatdan sharqda joylashgan keng hududlar «Osiyo» deb nom olgan.
Osiyoning umumiy maydoni 44
mln. km.kv (Rossiyaning Osiyo qismidagi hududini hisoblamaganda 31
mln. km.kv)ni tashkil qiladi, aholisi esa 4,175 mlrd. kishi. Hozirgi
vaqtda uning siyosiy xaritasida 49 dan ortiq mustaqil mamlakatlar bor. Ularning
ko‘pchiligi jahonning eng ko'hna va eng yirik davlatlari hisoblanadi.
Insoniyatning taraqqiyotida Osiyoning o'rni beqiyosdir. Uning cheksiz
kengliklarida bir qator qadimiy yuksak moddiy va ma’naviy sivilizatsiya
o'choqlari yuzaga kelgan. Birgina yer yuzining 4 ta buyuk «daryobo‘yi» madaniyatlaridan
uchtasining (Xitoy, Hindiston va Iroqdagi daryo vodiylari) joylashganligi uning
ulug`vorligini tasdiqlaydi.
Osiyo jahonning hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy
hayotida ham muhim o'rin tutadi. Garchi unda, asosan, rivojlanayotgan davlatlar
ko'pchilikni tashkil qilsa-da, yaqin kelgusida ularning jahon ijtimoiy-iqtisodiy
hayotidagi o’rnining kuchayishi kutiladi. Osiyoda 5 ta subregion yaqqol ajralib
turadi. Bular O'rta, Janubi-g'arbiy, Janubiy, Janubi-sharqiy va Sharqiy
Osiyodir.
Iqtisodiy-geografik o'rnining
ikki muhim tomoni yaqqol ko'zga tashlanadi. Birinchi - aksariyat mamlakatlarning bevosita dengiz bo'ylarida joylashganligi. Bu holat ularning dengiz savdo yo'llariga to'g'ridan to'g'ri chiqishiga imkon
beradi. Osiyo davlatlarining bir qismi serqatnov dengiz yo'llari, bo'g'izlar
ustida (Turkiya, Malayziya, Singapur, Koreya Respublikasi kabilar) joylashgani
ularning iqtisodiy taraqqiyotida juda katta omil bo'lib xizmat qiladi.
Ikkinchisi, qit’a mamlakatlaridan 12 tasi quruqlik ichkarisida
joylashganligi va dengiz savdo yo'llariga bevosita chiqish imkomyatidan
mahrumligi.
Osiyoning tabiiy resurslari ham ancha boy va xilma-xil. U mineral tabiiy
boyliklar bilan, ayniqsa, yaxshi ta’minlangan. Jahon neft zaxiralarining 70
foizi, gazining 80 foizdan ko'pi, ko'mirining 54 foizi uning hissasiga to'g'ri
keladi. Neft va tabiiy gazga Fors qo'ltiqbo'yi mamlakatlari, Rossiyaning Sibir
hududlari, O'rta Osiyoning g'arbiy tekisliklari, Hindi-Xitoy yarim orolining
dengiz sayozliklari ancha boy. Xitoy, Hindiston platformalari, Qozog`istonning
qadimiy tog'li o'lkalari bo'ylab asosiy toshko'mir, marganes, qora va rangdor
metall konlari, Tinch okeanbo'yi hududlari (Xitoy, Janubi-sharqiy Osiyo
mamlakatlari) bo'ylab mashhur «qalayi belbog'i» joylashgan. Jahonning eng yirik
qalayi konlari Osiyoning ana shu hududlarida uchraydi. Osiyoda boshqa turdagi
tabiiy resurslar (suv, tuproq o'rmon, rekreatsiya kabilar) tarqalishida ham
katta tafovutlar bor. Jumladan, bir tomondan oqar suv bilan yaxshi ta`minlangan
hududlarning bo'lishi (Janubi-sharqiy Osiyo) bilan birga, ikkinchi tomondan
keng qurg'oqchil cho'llar ham borki, ularda suv haqiqiy hayot muammosidir. Bu
holat qadimdan sharq mamlakatlarida har tomchi suvdan unumli foydalanishga
undagan, Osiyoni sun’iy sug'orish dehqonchiligining beshigiga aylantirgan.
Haqiqatan ham, tarixiy ma’lumotlar O'rta, Janubiy va Janubi-g arbiy Osiyoda
obikor dehqonchilik bilan 4-5 ming yillardan buyon faol shug`ullanib
kelinayotganini tasdiqlaydi. Kо`plab qadimiy
sug'orish inshootlari Eron, Iroq, O'zbekiston va boshqalarda yuzlab yillar
davomida saqlanib kelmoqda.
O'rmon boyliklari bilan Sibir
va Janubi-sharqiy Osiyo mintaqalari yaxshi ta’minlangan. Ikkinchi tomondan esa
tabiiy sharoiti tufayli ulkan cho`l va chalacho'l maydonlar о`simlik qoplamiga juda kambag'al. Xuddi shunga о`xshash katta tafovutlar tuproq, tabiiy namlik, ishlov beriladigan
(haydaladigan) yerlar, rekreatsiya kabi resurslarning taqsimlanishida ham ko`zga
tashlanadi Bularning bari ulardan foydalanishda ikki jihatni e’tiborga olishni
talab etadi.
Birinchisi, tirikchilikning asosiy manbai hisoblanadigan yer
resurslari, avvalo ekin ekiladigan maydonlar yetishmaydi Asosiy maydonlari
katta-katta tog' massivlari, qurg'oqchil cho'llar, cheksiz qumli va toshli
hududlardan iborat bo'lganligi uchun ishlov beriladigan maydonlar ancha
cheklangan. Bu muammo Osiyoning ko'pchilik mamlakatlaridagi eng dolzarb
muammolardan hisoblanadi.
Ikkinchisi,
bir-biriga teskari xususiyatli agroiqlim imkoniyatlari. Osiyo hududining
katta qismida quyosh tafti, uning issiqlik imkoniyatlari o'simliklarning
vegetatsiya mavsumining davomli, hatto yil bo‘yi davom etishiga imkon beradi.
Ammo tabiiy namlik unda nihoyatda notekis taqsimlangan. Shu sababli ko'pchilik
qishloq xo'jalik mintaqalarida dehqonchilik, asosan, sug'orish asosida (musson
iqlimli rayonlarda qishda, boshqa qurg'oqchil rayonlarda yozda) olib boriladi.
Osiyoda dehqonchilik ishlari, asosan, sug'orish asosida olib boriladi. Yer
yuzasidagi barcha sug'oriladigan yerlarning 3/4 qismi uning hissasiga to'g'ri
keladi. Sug'oriladigan yerlarning kattaligiga ko`ra jahonda Xitoy birinchi,
Hindiston ikkinchi o'rinda turadi.
Osiyo mamlakatlari aholisi
Mintaqada jahon aholisining 60
foizidan ko`prog`i yashaydi. Osiyo aholisi ancha tez o'smoqda. Ammo aholisining
ko'payish sur’ati davlatlar o'rtasida turlicha. Yaponiya, Gruziya, Isroil,
Kipr, Xitoy kabi ayrim mamlakatlarni hisobga olmaganda, aksariyat davlatlarda
tug'ilish va tabiiy o'sish ko'rsatkichlari ancha yuqori. Har 1000 kishi
hisobiga Afg'oniston, Yaman, Kambodja davlatlarida yiliga o'rtacha 50 tagacha
tug'ilish to'g'ri keladi. U dunyo davlatlari orasidagi eng yuqori
ko'rsatkichlardan hisoblanadi.
Urbanizatsiya
darajasiga ko'ra Osiyo alohida xususiyatga ega. Bu jihatdan uni «dunyo qishlog'i»
deyishardi. Hozir shahar aholisining
soni salkam 1,9 mlrd kishi, salmog`I (46,2%) ancha pastdir. Osiyoning
urbanizatsiya jarayoniga xos yana bir xususiyati: unda yirik shaharlar,
ayniqsa, «millioner» shaharlar soni ancha tez o`smoqda. Bu jarayon, ayniqsa,
aholisi zich rivojlanayotgan mamlakatlarda kuchayib bormoqda.
Ammo Osiyo ko'hna shaharlar
o'lkasi hamdir. Unda qadimiy shaharlar bundan 3-4 ming yillar oldindan paydo
bo'lgan. Qadimiy shaharlar orasida eng dastlab Vavilon (Bobil) miloddan avvalgi
VII asrdayoq «millioner» bo'lgan.
Hozirgi paytda Qadimgi Troya (Turkiya),
Palmira (Suriya), Baalbek (Livan), Maxenjo-Daro (Pokiston), Varaxsha
(O'zbekiston) kabi mashhur shaharlardan vayronalar ayrim qoldiq tarixiy
yodgorliklar sifatidagina saqlanib qolgan. Bu «o'lik» shaharlar hozirgi kunda «tirik», ayni chog'da juda
ko'hna hisoblanadigan Pekin, Dehli, Istanbul, Iyerusalim (Quddus), Bag'dod kabi
shaharlar bilan birgalikda, Osiyoning turistlarni ko’plab o‘ziga jalb qiluvchi
asosiy ziyoratgohlari hisoblanadi.
Aholi zich yashaydigan
hududlarda qishloq ham deyarli bir-birlariga tutash, zich joylashgan. Ammo
aholisi siyrak o`lkalar (Mongoliya, Afg'oniston, ko'pchilik arab
mamlakatlarining qurg'oqchil hududlari) hamon kо`chmanchi hayot tarzi saqlanib qolgan. Bunday o'lkalarda aholi, asosan,
yig'ma o'tov uylarda yashaydilar. Muqim joylashgan qishloqlarni ham uchratish
qiyin.
Osiyo mamlakatlari xo`jaligi
Garchi Osiyoning jahon
xo'jaligidagi mavqeyi so'nggi davrlarda tinimsiz o'sib borayotgan bo‘lsa-da,
ko'pchilik davlatlarning iqtisodi qoloq holdadir. Osiyo davlatlari sanoatining rivojlanganligi
holatiga ko'ra olti guruhga bo'linadilar.
Birinchisi - Yaponiya bo'lib, tipik Osiyo davlatlaridan biri
bo'lishiga qaramay, so'nggi YMD, ishlab chiqarish hajmiga ko'ra jahonning to`rtinchi
davlati hisoblanadi. Shu bilan birga u mintaqadagi «Katta sakkizlik»ga kiruvchi
yagona davlat, ijtimoiy taraqqiyot borasida ko'plab rivojlanayotgan davlatlar
uchun namuna hamdir.
Ikkinchisi - Xitoy va Hindistondir. Ular oldingi qoloq, mustamlaka
davlatdan so'nggi yillarda iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan davlatlarga
aylandilar. Ishlab chiqarayotgan mahsulotlari hajmiga ko'ra ular jahonning eng
yirik birinchi o'nlik davlatlari qatorida turadilar. Hozirgi vaqtda Xitoy YIM
hajmiga ko`ra dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi, Hindiston esa uchinchi o`rinni
egallaydi. Ammo aholisi jon boshiga mahsulotlarning to'g'ri kelish
ko'rsatkichlari esa hali ancha pastligicha qolmoqda.
Uchinchisi - Osiyoning yangi industrial davlatlari. Ular Koreya
Respublikasi, Tayvan, Singapur, Xitoyning Syangani bo'lib, so'nggi o'n besh-yigirma
yil ichida. omilkorlik bilan amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar tufayli
taraqqiyotda keskin yuksalishlarga erishdilar. Shu tufayli ular G'arbda «Osiyo
yo'lbarslari» yoki «Osiyo ajdarholari» deb ham nom oldilar. XX asr oxirlariga
kelib bu toifa davlatlarga Malayziya va Tailand ham qo’shildi.
Osiyoning ilg`or davlatlaridan
Isroil, Kipr va Turkiya o'z taraqqiyot yo'lini belgilashda G'arb mamlakatlari
tajribasini dastur qilib olgan bo'lsa, Sharqida joylashgan yangi industrial
davlatlar esa Yaponiya rivojlanish modelmi namuna qilib olganligi bilan ajralib
turadi.
Jumladan, 60-yillargacha qoloq
bo'lgan Koreya Respublikasi 90-yillar boshlariga kelib jahonda AES larda ishlab
chiqarilayotgan elektr energiya hajmiga ko'ra 9-o'ringa, po'lat eritish
bo'yicha 8-o'ringa, dengiz kemalari ishlab chiqarishda 2-o'ringa, kimyoviy
tolalar ishlab chiqarishda 5-o'ringa, elektron sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda
6-о`ringa chiqib oldi. Shunga o'xshash keskin iqtisodiy
o'sishlar Singapur, Tayvan va boshqalarda ham yuz berdi.
To'rtinchisi, Fors qo‘ltig`idagi neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar.Bu mamlakatlarning ko'pchiligi hozirgi vaqtda aholi jon boshiga YMD ishlab
chiqarish darajasiga ko'ra salkam jahondagi yetuk rivojlangan davlatlar
qatorida turadi. Buning asosiy sababi, neftni ko'plab qazib chiqarish va ularni
eksport qilish hisobiga tushadigan katta miqdordagi «neft-dollar”dir.
Saudiya Arabistoni, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklarida mamlakat eksportining
95%ini neft tashkil qiladi. Natijada Fors qo‘ltiqbo‘yi mamlakatlarida
neft va tabiiy gaz chiqarish, neft kimyosi, qayta erituvchi metallurgiya kabi
sanoat tarmoqlari yuzaga keldi.
Beshinchisi,
sanoati bir tomonlama, sust rivojlanayotgan mamlakatlar. Bular Mongoliya, Pokiston, Vyetnam, Bangladesh,
lordaniya, Shri-Lanka kabi mamlakatlar bo'lib, asosan, tog‘-kon yoki yengil
oziq-ovqat sanoatlarigina ma’lum darajada rivojlanishga erishgan.
Oltinchisi - iqtisodiyoti eng qoloq mamlakatlar. Ular Afg'oniston,
Nepal, Yaman, Laos, Butan kabi mamlakatlardir. Ularda sanoatning biron tarmog'i
yetarli rivojlanmagan, qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligi juda past
darajadadir.
Davlatlar orasida qishloq
xo'jaligi ixtisoslashuvida ham muhim farqlar mavjud. Shu sababli, Osiyoda turli
qishloq xo'jaligi rayonlari shakllangan.
Bularning asosiylari:
Birinchisi, sholikor rayon. Bunga Janubiy, Janubi-sharqiy va
Sharqiy Osiyoning musson iqlimli hududlari kiradi. Shimolda Yaponiya, Koreyadan
tortib janubda Yava, Shri-Lanka orollarigacha ekin maydonlarining mutlaq katta
qismida har yili qayta-qayta sholi ekib hosil olinadi. Gang, Braxmaputra,
Iravadi, Menam, Mekong, Xongxa (qizil), Yanszi, Siszyan kabi darvolarning
unumdor qayir va deltalarida, okean va dengizbo'yi pasttekisliklari hamda
son-sanoqsiz orollar ekinzorlaridan olinadigan mo‘l sholi hosili yuz millionlab
aholining asosiy tirikchilik vositasi bo'lib kelmoqda. Sholikor maydonlardan
birmuncha balandroq qir, adirlar, tog' yon bag'irlarida, ayniqsa, Hindiston,
Xitoy, Shri-Lanka, Indoneziya davlatlarida o'ziga xos maftunkor choy
landshaftlari o'zini ko'z-ko'z qiladi. Ular orasida esa subtropik va tropik
mevazor bog'lar, xushbo'y dorivor dehqonchilik maydonlari yastanib yotadi.
Ikkinchisi, subtropik dehqonchilik rayoni. U O'rta dengizbo'yi
hududlarida tarkib topgan. Unda subtropik dehqonchilik (sitrus bog'dorchiligi
va uzumchilik) mahsuldor donchilik va ayrim chorvachilik sohalari rivojlangan.
Uchinchisi,
Janubi-g'arbiy Osiyoning cho‘l qismi qishloq xo'jaligi. Unda asosan sug'orish asosida tarkib topgan voha
va vodiy dehqonchiligi (donchilik, paxtachilik, xurmo yetishtirish) va cho'l
chorvachiligi (qo'ychilik, echkichilik, tuyachilik) tarmoqlari ahamiyatlidir.
To`rtinchisi,
Osiyoning o'rta kengliklari qishloq xo‘jaligi. Unga Markaziy Osiyo subregionidan to Shimoli-sharqiy Xitoyning Tinch
okean bo'yigacha bo'lgan kengliklari kiradi. Unda, asosan, tabiiy nam asosida
tarkib topgan donchilik, sug'orishga asoslangan paxtachilik va boshqa texnik
ekinlar dehqonchiligi yaylov chorvachiligi (qoramolchilik, qo'ychilik, yilqichilik)
bilan «omuxta» holda rivojlangan.
Shuningdek, Osiyoning shimoliy
o`rmon va tundra mintaqalarida shakllangan bug‘uchilik, ovchilik bilan
baland tog' mintaqalarida shug`ullanadigan tog'-yaylov chorvachiligi (echkichilik,
qo‘toschilik), ovchilik hamda onda-sonda tarkib topgan dehqonchilikdan
iborat qishloq xo‘jaligi hududlari ham mavjud.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!