- Eng katta sayyora – Yupiter. Mazkur sayyoraning ekvator bo`yicha aylanasi 142 984 km ga
teng bo`lib, qutb aylanasi 133 708 km ni tashkil etadi. Yerdan og`irligi
317,828 marta, hajmi esa 1323,3 marta kattadir. Yupiterda bir kecha kunduzning
uzunligi 9 soat 50 daqiqa 30 soniyaga teng.
- Eng kichik sayyora – Merkuriy.
- Eng uzoq sayyora – Neptun.
- Eng sovuq sayyora – Neptun.
- Eng issiq sayyora – Venera. Uning yuzasida harorat +462 oC
gacha ko`tariladi.
- Eng tez aylanadigan sayyora sifatida Merkuriy tilga olinadi. Quyosh bilan uning
o`rtasidagi masofa 57 909 200 km ni tashkil etadi, 87,9686
kecha-kunduzda Quyosh atrofini to`liq aylanib chiqadi.
- Eng yorqin sayyora – Venera.
- Eng zich tarkibga ega sayyora sifatida Yer qayd etiladi. Mazkur sayyora suv
zichligidan 5,515 marta mustahkam zichlikka ega.
- Eng katta yo`ldoshli sayyoralar – Yupiter va Saturn.
- Eng kuchli "yulduzlar yomg`iri” – 1966-yil 16 dan 17 noyabrga o`tar kechasi Shimoliy
Amerikaning g`arbiy qismi bilan Rossiyaning sharqiy qismida kuzatilgan.
O`shanda 20 daqiqa davomida AQSHning Arizona shtati osmonida daqiqasiga 2300
tagacha "meteor yomg`iri” yoqqan.
- Eng yorqin yulduz – Sirius.
- Eng kuchli meteorit portlashi – 1908-yil 30 iyun kuni Rossiyaning "Podkamennaya
Tunguska” daryosi atrofida yuz bergan. O`shanda samodan tushgan bu meteoritning
portlash quvvati trotil ekvivalentiga nisbatan 10-15 MT ga teng deb
hisoblangan. Portlash oqibatida 39002 km maydondagi o`rmonli hudud
yonib kulga aylangan, portlash hosil bo`lgan zarb to`lqini 1000 km gacha
yetgan. Meteoritning aylanasi esa 30 metr atrofida bo`lgan.
- Eng ulkan krater – Yer sayyorasidan ancha katta bo`lgan Yupiter yoki Saturnda emas, balki
Yer yo`ldoshi Oydadir. Ushbu ulkan kreter Oyning orqa tomonidagi janubiy
qutbiga yaqin joylashgan Eytken krateri hisoblanadi. Aylanasi 2500 km keladigan
bu kraterning chuqurligi 12 km ga teng.
- Eng uzoq vaqt quyosh tutilishi ilmiy tadqiqotlar davomida aniqlangan kuzatishlarga
qaraganda 7 daqiqayu 31 soniyani tashkil etishi mumkin. Lekin bunday
tutilish hali yuz bergani yo`q. 1955-yil 20-iyunda kuzatilgan tutilishning eng
yuqori fazasi davomiyligi Filippin orollari g`arbida qayd etilgan – 7 daqiqa 8
soniya. 2186-yil 16 iyulda esa kelajak avlod tutilishning eng yuqori fazasi
davomiyligiga guvoh bo`lishi mumkin. O`shanda Atlantika markazida tutilishning
yuqori fazasi 7 daqiqa 29 soniya davom etadi.
Madiyar ABDULLAYEV
Toshkent
viloyati Yuqori Chirchiq tumani
22-maktabning
geografiya fani o`qituvchisi
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.