12-may kuni Toshkent shahridagi Milliy matbuot markazida Navoiy kon-metallurgiya
kombinati tomonidan matbuot anjumani o'tkazildi. Tadbir Navoiy kon-metallurgiya
kombinatida 2026-yilgacha qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni ko'paytirish
dasturlarining amalga oshirilishi, ko'zda tutilgan modernizatsiya tadbirlari,
istiqbolli loyihalar samaradorligiga bag'ishlangan "NKMK: yangilanish va
taraqqiyot sari" mavzusi ostida bo'lib o'tdi.
Mana 17
yildirki, mamlakatimizda har yili may oyining uchinchi yakshanbasi O'zbekiston
Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni sifatida
nishonlanib kelinadi. Kasb bayramini nishonlayotgan Navoiy kon-metallurgiya
kombinati jamoasi mustaqillik yillarida ulkan bunyodkorlik va iqtisodiy
yuksalishlar yo'lini bosib o'tgani ta`kidlandi.
Bugungi kunda
qariyb 60 ming nafar turli kasb egalari mehnat qilayotgan kombinat qudratli
ishlab chiqarish ob`yektlari va infratuzilmasiga ega gigant korxonaga aylandi.
Mendeleyev jadvalida yuzdan ziyod element bo'lsa, shularning aksariyati - oltin,
kumush, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlarning
tasdiqlangan zahiralari bo'yicha O'zbekiston istiqbolli rudalar jihatidan MDH
davlatlaridagina emas, balki dunyo miqyosidagi yetakchilardan biri
hisoblanadi.
Kombinat
direktorining iqtisod bo'yicha o'rinbosari Nurmat Jo'libekovning "Kun.uz"
muxbiriga ma`lum qilishicha, bugungi kunda O'zbekiston oltin ishlab chiqarish
bo'yicha dunyoda 10-o'rinni egallaydi, oltin zaxirasi bo'yicha esa
9-o'rinda.
Prezident
Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan 2017-2026-yillarda kombinatni
rivojlantirish dasturlari yaqin 10 yilda tarixiy ahamiyatga ega loyihalarni
amalga oshirishni belgilab berdi. 2017-2026 yillarda 3 milliard 63 million
dollarlik 27 loyihaning amalga oshirilishi kombinatda mahsulot ishlab chiqarish
hajmini 30 foizga oshirib, 31 mingga yaqin yangi ish o'rinlarining yaratilishiga
xizmat qiladi.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.