http://geografiya.uz veb-sayti 2015-yil 31-mart kuni yaratildi. Saytning asosiy maqsadi geografiya fanidan ma`lumotlar bazasini shakllantirish, ta`lim tizimining barcha bosqichlarida sayt foydalanuvchilari (o`quvchilar, talabalar, o`qituvchilar va boshqalar) uchun kerakli geografik, ekologik, kartografik, topografik, toponomik, tibbiy geografik, tarixiy ma`lumotlar berish, muloqot qilish va tajriba almashishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratishdan iborat.
Shuningdek:
1. Ta`lim tizimining barcha bosqichlari uchun belgilangan Davlat ta`lim standartlari talablarini bajarilishini ta`minlash va qo`shimcha ma`lumotlar, topshiriqlar, test savollari, amaliy mashg`ulotlar, geografik o`yinlar berish orqali foydalanuvchilarning bilim darajalarini muntazam o`rganib, ularning bilimidagi bo`shliqlarni aniqlab uni to`ldirish choralarini ko`rish;
2. Foydalanuvchilarning qobiliyat va iqtidorlarini aniqlash hamda takomillashtirish uchun shart-sharoit yaratish, ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga qiziqishlarini oshirish;
3. O`quvchilarni kasbga yo`naltirish va ta`limning keyingi bosqichiga tayyorlash;
4. Sog`lom raqobat muhitini shakllantirishdan iborat.
Veb-saytning geografiya ta’limini takomillashtirish yo’nalishlari
1. Nazariya va amaliyot birligini ta’minlash.
2. Xaritalar ustida ishlash malakasini
shakllantirish.
3. Ko’rgazmalilik
ustuvorligini ta’minlash.
4. Geografik tushunchalarni hosil qilishda sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar tizimini shakllantirish.
5. Tabiiy va iqtisodiy geografiyani mukammal o’rganishda qo’shimcha
choralarni belgilash.
Veb-sayt foydalanuvchilariga eslatma!
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.