Jar – yomg`ir, qor suvlari yoki oqar suvlarni to`g`ri boshqarilmasligi natijasida tuproqning vertikal yo`nalishda yemirilishi, 1 m dan bir necha 10 m gacha chuqur daralar hosil bo`lishi. Jarlar eniga va oldinga qarab o`suvchi bo`ladi natijada ekin yerlari, yo`llar va qishloqlarni ikkiga ajratib qo`yadi. Jarlardan asosan kuchli jala – tezligi sekundiga bir necha 10 m bo`lgan loyqa, tosh aralash tosh oqimi – sellar oqib o`tadi.
Jar - oqar suvlar yumshoq tog` jinslarini o`yib hosil qilgan chuqurlik. Jar, asosan, lyoss, lyossimon qumoqdan
tuzilgan baland tekisliklarda, tog` etagi qiyaliklarida ko`p uchraydi. Jar
oqova
va tashlama suvlarni oqizib quyish, o`rmonlarni kesib
yuborish, agrotexnika qoidalariga xilof yer haydash, tartibsiz mol boqish natijasida
ham vujudga keladi. Jarning
uzunligi bir necha o`n km, kengligi
va chuqurligi bir necha o`n m
gacha bo`ladi. Jarlar odatda, yuqori qismining
o`yilishi hisobiga o`sadi, tagi yer osti suviga yetgandan keyin chuqurlashishdan
to`xtaydi. Jar ko`payib ketmasligi uchun
daraxtlar o`tqaziladi, to`g`on va to`siqlar, tarnovlar, suv omborlari quriladi.
Jar-julg`a -
yer yuzasini ko`pdan-ko`p jarlar unqir-cho`nqir qilib yuborgan joy; tilingan
yer; buzuq yer. O`rta Osiyoda tog` oldi lyoss tekisliklarida ko`p uchraydi.
Jarlik – tog`li o`lkalardagi tik yonbag`irlar,
daryolar baland terrasalarining tik kesilgan chekkalari, dengizlarning urilma
tulqinlar hosil qilgan baland qirg`oqlari. Daryolar qalin lyoss jinslarining ostini yuvishi natijasida ham jarlik hosil
bo`ladi. Tektonik yoriqlar bo`ylab uzilmalar ro`y berishidan ham jarlik vujudga
keladi. Jarlarni odatda yon jarlar
kesib tushgan bo`ladi. Jarlik–tog`li o`lkalardagi tik yonbag`irlar, daryolar, dengizlarning urilma to`lqinlar hosil qilgan baland qirg`oqlari.
Jang`oq - notekis, pasti-baland, o`r-qir yer.
Suv, shamol eroziyasi natijasida hosil bo`ladi.
Jahon moliyaviy inqirozi – bu bank – moliya tizimida ro`y bergan chuqur tanglik holati, buning natijasida yirik banklar va moliyaviy tizilmalarning likvidlik, ya`ni to`lov qobilyati zayiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketishi, dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aktsiyalarining bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishi oqibatida ko`plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o`sish suratlarining keskin pasayib ketishi bilan bog`liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqaruvchi holatdir.
Jiltir muz - yut. Qishda kun ilib, qor erib,
uning ketidan sovuq kelishi natijasida hosil bo`ladi. Ho`l qor muz bo`lib qotadi.
Yaylovdagi chorva uchun juda xavfli.
Jilg`a - qor-yomg`ir suvlaridan hamda buloqlardan paydo bo`lgan oqar suv, kichik
soy. O`rta Osiyoda ko`pchilik jilg`alar yozda surib qoladi.
Jim - daryolar o`zanining suv sekin oqadigan chuqur
qismlari.
Jimbuloq - buloq ko`zi bilan suvli qatlam sathi
teng bo`lgan, suv suvli qatlam jinslari orasidan sizib chiqadigan buloq. Bunday
buloqlar ko`pincha sizot suvlar tarqalgan yerlarda bo`ladi.
Jingalak qoya - harakatlanayotgan muz qirib, silliqlab ketgan tub jinslar, qattiq tog` jinslari. Bunday qoyalar antropogen davr muzlari bosgan o`lkalarda, hozirgi baland tog`larda tarqalgan. Jingalak qoyalarning muz kelgan tomonga qaragan yoni qiya, teskari tomoni tikroq bo`ladi. Odatda jingalak qoyalar yalang`och toshlar bo`lib, muz taroshlari aniq ko`rinib turadi.
Joy -
1) landshaftning eng katta morfologik tarkibiy qismi, bir xil reylefga ega bo`lgan
(Masalan, vodiy reylefi, suvayirg`ich, tekislik reylefi va h.k.) urochishelar
guruhi; 2) biror korxona, muassasa, shaxsga qarashli yer; maydon; o`rin.