Karrali yulduzlar – osmon sferasida bir-biriga nisbatan yaqin joylashgan ikki va undan ortiq yulduzlar.
Kasanachilik – tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq jismoniy shaxs kasanachining yashash joyi bo`yicha yoki unga yoki uning oila a`zolariga tegishli boshqa binolarda ish beruvchining buyurtmlari bo`yicha kasanachi tomonidan amalga oshirilayotgan ishni anglatadi.
Karst– so`zi janubiy slavyan tilida "qoya", "tosh" degan ma`noni beradi. U Istriya (Xorvatiya) yarim orolining shimoli-sharqida joylashgan va ohaktoshlardan tashkil topgan Karst nomli plato nomidan olingan. Bu yerda karst jarayonlari keng tarqalgan va dastlab shu yerda o`rganilgan.
Karst (Yevropadagi Karst platosi nomidan), karst
hodisasi - suvda yaxshi eriydigan tog` jinslari (ohaktosh,
dolomit, bo`r, gips, toshtuz)da ro`y beradigan va bu jinslarning erish jarayoni
bilan bog`liq bo`lgan hodisa; oqibatda tog` jinslarida bo`shliqlar, g`orlar,
yer yuzasida esa voronkalar, o`pirilmalar, chuqurliklar paydo bo`ladi. Bunday
joylarda daryolar yer ostiga kirib ketadi va bir qancha masofadan so`ng yana
yer yuzasiga chiqadi. Karst Qrimda, Rossiya tekisligining bir qancha joylarida,
Kavkazda, Ural va O`rta Osiyoda uchraydi.
Karst dalalari - bir-biriga qo`shilib ketgan karst vannalari, voronkalari. Odatda tog` jinslari
qatlamlari bo`ylab chuzilib ketadi.
Tagi tekis, yonbag`ri tik bo`ladi. G`ovak gil jinslar tagida to`planib, unumdor
tuproq hosil qiladi, yaxshi ekinzor bo`ladi.
Kartografik metod - geografik ob’yekt, hodisa va jarayonlarni xaritalar yordamida o`rganish va tahlil
qilish. Geografik tadqiqotlarda kartografik metod yordamida ob’yekt, komponent,
hodisa va jarayonlarning hududiy tarqalishi, o`zaro aloqasi, rivojlanishini aniqlash
mumkin. Bu metod ayniqsa ayrim komponentlarni (relyef, iqlim, tuproq va o`simliklar) o`rganishda muhim
ahamiyatga ega.
Kartografiya -
geografik xaritalar, xarita tuzish va undan foydalanish to`g`risidagi fan. Quyidagilar
kartografiyaga kiradi: 1) kartashunoslik -
xaritalar tarixi va ularning taraqqiyoti; 2) matematikaning tasvirni shar
yuzasidan yassi yuzaga ko`chirish usulini o`rganadigan maxsus bo`limi; 3) originallar
tuzish usuli; keyinchalik bosmaxonada ana shu originallardan xarita ko`paytiriladi.
Kartometriya -
turli ob’yektlarning maydoni, hajmi va b. o`lchamlarini xaritalarga qarab o`lchash
usullarini o`rganadigan fan. Davlatlar, okeanlar, havzalarning maydonlarini,
dengizlarning qirg`oq chizig`i, daryolarning
uzunligini, yer maydoni ko`lamini aniqlashda ishlatiladi.
Kartosxema -
odatda kartografik tur ishlatilmaydigan va katta aniqlik talab qilinmaydigan xarita.
Sxematik tasvirlash kartosxemada tasvirlangan voqea (hodisa) haqida yaqqol
umumiy tasavvur berishga va uning muhim tomonlarini ta’kidlab ko`rsatishga
imkon beradi.
Kaskad (fransuzcha kaskade - shiddat bilan
tushmoq) - zinapoyaga o`xshab tushadigan qator sun’iy yoki tabiiy sharsharalar.
Gidroelektrostansiyalar kaskadi - bir daryoda joylashgan bir qancha
elektrostansiyalar. Bunday GESlar qo`shimcha elektr energiya olishga yordam
beradi.
Kartografik to`r – geografik meridianlar va paralellarning xaritada jadval asosida tasvirlanishi.
Kaskadlar– tez oquvchi daryolardan elektr stansiyalarni ketma-ket qurilishi.
Kaledon
burmalanishi - ilk paleozoy bilan O`rta
paleozoy boshlarida burmalar, tog`lar paydo bo`lishi va magma otilib chiqishi.
Ikkiga bo`linadi: erta kaledon burmalanishi bosqichi ordovik oxiri - silur boshlari;
kech kaledon burmalanishi bosqichi silur oxiri - devon boshlari. Grenlandiya,
Britaniya orollari, Skandinaviya, Markaziy Qozog`istonning g`arbiy qismi,
Shimoliy Tyanshan, Oltoy, G`arbiy Sayan, Shimoliy Mongoliya, Janubi-Sharqiy
Xitoy va Sharqiy Avstraliya kaledonidlari (tog`lari) kaledon burmalanishida
paydo bo`lgan tog`lardir.
Kaliyli tuzlar -
tarkibida kaliy bo`lgan va suvda tez eriydigan minerallardan (silvin, karnallit,
kannit va b. lardan) iborat cho`kindi tog` jinslari.
Tarkibida 10-15% kaliy bo`lgan kaliy tuz konlari sanoat ahamiyatiga ega bo`ladi.
Kaliy tuzlardan, asosan, o`g`it tayyorlanadi. Konlari: Ural (Solikamsk),
Orenburg, G`arbiy Ukraina, Qozog`iston, GFR, AQSh, Kanada, Polsha va b.
Kaldera (ispancha kaldera -
doshqozon) - vulkan tepasidagi cho`zinchoq yoki yumaloq chuqurlik. Diametri 10-20
km gacha chuqurligi bir necha
yuz m gacha bo`ladi. Vulkan bo`g`zidan
gaz portlab, otilib chiqishi yoki vulkan so`ngandan keyin g`ovak jinslarning o`pirilib
tushishi oqibatida paydo bo`ladi.
Kamalak - atmosferadagi optik hodisa. Bir yoki bir
necha rang-barang katta yoylar. Yomg`ir yog`ayotgan bulut tomonda suv
tomchilariga quyosh nuri tushib sinishidan hosil bo`ladi. Doimo quyoshdan teskari
tomonda ko`rinadi. Kamalak ranglari quyosh spektrining ranglaridan iborat.
Kamar - 1) jarlik, daryoning tik tushgan chuqur,
suv aylanib oqadigan joyi, pastlik yerni o`rab turuvchi qirlar, qirdagi uzun cho`zilgan
do`nglar. Joy nomlari sifatida ham uchraydi. Masalan, Kamar qishlog`i (Ohangaron
vodiysida); 2) tog`lardagi tokchasimon o`yiq joy.
Kamgak – tog` yonbag`ridagi
o`yiq, ungur, botiq, tog` yo`lak.
Kampos (portugalcha kampos -
tekislik) - Braziliya tog`ligidagi savannalar nomi.
Kamsuvlik -
daryolarda suv oqimining eng kamaygan davri. O`rta Osiyodagi katta daryolarda kamsuvlik
kuz oylariga to`g`ri keladi, past tog`lardan boshlanuvchi daryolar bahorda qor
yog`ib, yomg`ir ko`proq yog`adigan
davrdan boshsa hamma vaqt kamsuv bo`ladi.
Kanallar - suvni bir joydan ikkinchi joyga olib
borish uchun qurilgan katta ariqlar.
Kanallar bir necha turga bo`linadi: 1) kema qatnaydigan kanallar 2) energetika kanallari;
3) irrigatsiya kanallari; 4) quritish yoki drenaj kanallari; 5) vodoprovod kanallari;
6) yog`och oqiziladigan kanallar va h.k. yirik kanallar ko`pincha bir necha funksiyani bajaradi.
Kan`on (ispancha kanon - dara) – yonbag`irlari
tik tagi tog` chuqur daryo vodiysi. Kolorado daryosidagi (AQSh) Katta Kan`on
eng yirik kan`onlardandir (uzunligi 320 km,
eng chuqur joyi 1800 m).
Kaolin, chinnigil -
oq tusli gil, asosan kaolinit mineralidan iborat; tarkibida dala shpati bo`lgan
tog` jinslarining nurashidan hosil bo`ladi.
Kimyo, to`qimachilik, qog`oz, rezina
va sovun sanoatida to`ldiruvchi sifatida ishlatiladi; Kaolindan chinni ishlanadi.
Karrlar -
karst taraqqiy etgan o`lkalarda uchraydyagan, chuqurligi bir necha sm
dan 1-2 m gacha bo`lgan jo`yaksimon chuqurliklar.
Qator-qator bo`ladi yoki tarvaqaylab ketgan xillari uchraydi. Karrlarni o`tkir qirralar
ajratib turadi.
Kauchukli o`simliklar - to`qimalarida tabiiy
kauchuk olish uchun ishlatiladigan sutshira - lateks ko`p bo`lgan o`simliklar
(geveya, tovsag`iz, gvayula va b.).
Kashtan tuproqlar— dasht tuproqlari turi. Kashtan
daraxti mevasi tusida (jigar rang) bo`lganligidan shunday ataladi. Asosan,
chalov va burgan o`sadigan dashtlarda yog`in yetarli bo`lmagan sharoitda
rivojlanadi. Kashtan tuproqlar tarkibidagi chirindi (gumus) miqdoriga qarab,
och kashtan, oddiy kashtan, to`q kashtan xillarga bo`linadi. Qozog`iston,
Janubiy Ukraina, Shimoliy Kavkaz, Volga bo`ylari, G`arbiy Sibirning janubiy qismida,
Turkiya, Mongoliya, Shimoliy Xitoy, AQSh va Argentinada keng tarqalgan. Bunday yerlarda bug`doy,
makkajo`xori, kungaboqar va boshqalar ekiladi.
Kvars - mineral. Oq, rangsiz, shishasimon
yaltiroq. Tarkibida boshqa aralashmalar bo`lsa,
turli rangda tovlanadi. Rangsiz, tiniq kristalli kvars tog` xrustali,
binafsha ranglisi - ametist, kulrang yoki qo`ng`ir tusli shaffof xili -
rauxtopaz, qora ranglisi - moreon, oltindek sariq ranglisi sitrin deb ataladi. Kvarslar qimmatbaho toshlar hisoblanib,
zargarlikda ishlatiladi. Shuningdek optika, radiotexnika, o`tga va kislotaga
chidamli asboblar tayyorlashda, tibbiyotda, oyna, keramika, abraziv sanoatida
va qurilishda ishlatiladi. O`zbekistonda
Chimyonda tog` xrustali, Chirchiqda
kvarsli qumtosh konlari bor.
Kollektor– neft, gaz va suvlarni saqlaydigan g`ovak va darz tog` jinslar. Kollektor osti va usti qismi gilli zich qatlam bilan o`raglan bo`ladi.
Kometa– dumli yulduz. Quyosh sistemasining osmonda tumanli dog` shaklida ko`rinib, yulduzlarga nisbatan sezilarli darajada harakat qiladigan jismlar. Ular Quyoshdan uzoqlashgani sari dumlari uzun bo`lib boradi.
Koma– Kometa yadrosi juda mayda, qattiq moddalardan va muzlagan, turli gazlardan iborat. Kometa quyoshga yaqinlashganda tashqi qismi erib bug`lana boshlaydi. Bug`langan moddalar kometa yadrosi atrofida gazsimon qobig` hosil qiladi – bu koma deyiladi.
Kompas– magnit meridianning yo`nalishini aniqlashda foydalaniladigan asbob.
Kon– yer po`stining ma`lum maydonida tabiiy holda to`plangan va ishlab chiqarilishi iqtisodiy tomonlama foydali bo`lgan qazilma boyliklar.
Kondensatsiya - suv bug`ining suyuq holatga o`tishi.
Konveyyer pech – metal buyumlarni bosim bilan ishlash oldidan qizdirish, termik ishlov berish.
Kontinental iqlim -sutkalik va yillik harorat amplitudalari katta farq qiladigan va yog`in
kam yog`adigan joylar iqlimi. Kontinental iqlim aksari dengizlardan uzoq o`lkalarda,
shuningdek okeandan tog`lar bilan to`silgan yoki shamol quruqlikdan okeanga qarab
esadigan joylarda kuzatiladi.
Konsentrat (lotincha konsentratus - to`plangan) -
foydali qazilmalarni boyitish (konsentratsiya qilish) yo`li bilan olingan mahsulot.
Kontsessiya -
(lotincha kontsessio - ruxsat, yon
berish) - yer osti boyliklari, yer-suv, korxona va shu kabilarni ma’lum
shartlar bilan davlat yoki mahalliy idora organlari tomonidan foydalanishga
berish shartnomasi. Kontsession shartnomalar mazmuni shartnomada belgilangan
shartlarga bog`liq.
Kooperatsiya (lotincha kooporasio - hamkorlik) - mehnatkashlarning
birgalikda xo`jalik yuritish uchun mablag` (pay) to`lab turadigan ommaviy ko`ngilli
birlashmasi.
Koordinatalar -
Yer sharidagi har qanday nuqtaning geografik kengligi va geografik uzunligi.
Kopra -
kokos palmasi mevasi, ya’ni yonrog`ining mag`zi. Kopradan kokos yog`i olinadi,
kunjarasi chorva mollariga beriladi.
Koriz -
bir-birlari bilan yer ostida birlashtirilgan oqar quduqlar. Koriz trassasi belgilab chiqilgach, trassa bo`ylab har 10
metrda quduqlar qazilgan. Suvli qatlam qalinligiga qarab, suv chiqadigan bosh quduqning chuqurligi 14-30 m,
ba’zan 60-70 metr bo`lgan. Quduqlar
lahim (tunnel) orqali bir-biriga birlashtirilgan. Lahimning bo`yi 1,5 m,
eni 1 m, uzunligi bir necha km
gacha bo`lgan. Koriz Yaqin Sharq mamlakatlari, Eron, Afg`oniston va Sharqiy
Turkistonda ko`p qurilgan. Korizdan Zakavkaze va O`rta Osiyoning tog` oldi hududlarida
ham keng foydalanilgan.
Kosmos, koinot -
atrofimizni o`rab turgan dunyo, zamon va makon bilan cheklanmagan va materiyaning
o`z taraqqiyot jarayonida kiradigan shakllariga qarab haddan tashqari xilma-xil
borliq. Kosmos cheksiz ko`p kosmik jismlardan iborat bo`lib, ular Yerga
nisbatan cheksiz kattadir. Kosmos doimo o`zgarib turadi; planetalar, yulduzlar,
yulduz sistemalari paydo
bo`ladi, rivojlanadi, parchalanib ketadi, ularni tashkil etgan materiya yangi
shakllarga kiradi - yangi yulduzlar, yangi yulduz sistemalari paydo bo`ladi.
Zamonaviy astronomik asboblar yordamida milliard-milliard yulduzlardan iborat
son-sanoqsiz yulduz sistemalarini (galaktikalarni) ko`rish yoki rasmga olish
mumkin. Ana shu yulduz sistemalari shu qadar uzoqdaki, ularning eng yaqinidan tarqalgan nur bizgacha bir necha yuz
ming yilda keladi. Bizdan 15 mlrd. yorug`lik yilidan uzoqda bo`lgan
galaktikalar ham ma’lum.
Kredit (lotincha kredituya - qarz) - tovar yoki
pul mablag`larini qarzga berib turish.
Krik -
Avstraliyada vaqtincha oqadigan suvlar yoki yilning issiq faslida qurib qoladigan
daryolar nomi. Yilning quruq paytida ko`pgina kriklar ayrim-ayrim suv havzalariga
aylanadi.
Kriogen
morfoskulptura (yunoncha krios -
sovuqlik) - doimiy muzlab yotgan yerlar va tog`larning nival (qor-muz)
zonasida ekzogen kuchlar ta’sirida paydo bo`lgan relyef shakllari. Masalan,
termokarst reylefi, soliflyuksiya reylefi, gidrolakkolitlar va h.k.
Kriolitozona -
Yer po`stidagi doimiy muzlab yotgan qatlamli qobiq. Kriolitozonani
kriolitologiya fani o`rganadi.
Kriologiya, kriografiya (yunoncha krios -
sovuqlik), umumiy muzshunoslik muz haqidagi fan. Krilogiya
qor qoplami, muzlar va muzliklarning fizik, kimyoviy va
mineralogik xususiyatlarini o`rganadi.
Kriosfera -
Yer yuzasining atmosfera, gidrosfera va litosfera o`zaro tutashgan hamda muzlari
bor yoki muz hosil bo`la oladigan qobig`i. Kriosferaning o`rtacha qalinligi 10 km.
Kuzgi ekinlar -
kuzda ekilib kelgusi yili pishib, hosil beradigan ekinlar. Kuzgi ekinlar bahorda
bahori ekinlardan oldin rivojlanib, bahorda tuproqda bo`lgan namlikdan to`laroq foydalanadi va betona o`tlarni
sitsib suyadi. Kuzgi ekinlar bahori ekinlarga nisbatan serhosil bo`lib, ertaroq
pishadi - kuzgi bug`doy, arpa, javdar va boshqa ana shunday ekinlardir.
Kulcha muz -
diametri bir necha sm
dan 3-4 m gacha yetadigan, qalinligi 10 sm
gacha bo`lgan doyra shaklidagi parcha muz kulcha muz qor va muz qalamiqlardan
hosil hosil bo`ladi. Ko`l va dengizlarda suv muzlashi oldidan kuzatiladi.
Kulob - daryolar qayirida sizot suvlar, toshqin suvlari, boshqa joylarda qor va yomg`ir suvlari to`planib qolgan botiq joylar, zax yerlar.
Kun botish -
gorizontning quyosh botadigan g`arb tomoni.
Kunash -
quyoshga qaragan, quyoshga o`ng, yorug` tomon;
Kun tomon -
gorizontning janub tomoni: «kun tomonga qaratib qurilgan uylar quruq bo`ladi.
Kunga (kun tomonga) qaratib qurilgan uyda kasal bo`lmas» degan naql bor.
Kungay –
tog`, tepa, jar, vodiy va boshqalarning
quyosh nuri ko`p tushadigan, janubga qaragan yonbag`ri, quyosh ko`p tushib
turadigan joy. Tog`, joy
nomlari sifatida ham ishlatiladi: Kungay Olatovi.
Kunduz -
sutkaning quyosh chiqqandan botguncha utgap yorug qismi. Kunduzning uzun-qissaligi
geografik kenglik bilan yil fasllariga bog`liq. Yer sharining turli joyida kunduz
uzunligi xar xildir. Ekvatorda doim
kecha bilan kunduz teng bo`ladi. Lekin refraksiya tufayli doim kunduzi
kechasidan uzoqroq. Shimoliy yarim sharda eng uzun kun 21-22 iyunda, eng qisqa
kun 22-dekabrda kuzatiladi.
Kun-tun tengligi -
Quyoshning osmon sferasidagi yillik harakat
yo`lida uning markazi osmon sferasi ekvatorini
bahorgi va kuzgi tun bilan kun tengligi nuqtalarini kesib o`tgan vaqt. Bu vaqtda
Yerning qutblardan boshqa hamma qismida kecha bilan kunduz teng bo`ladi. Kun-tun
tengligi bir yilda 2 marta: 21-22 mart va 23-sentyabrda bo`ladi.
Kun turish -
gorizontning quyosh chiqadigan, sharq tomoni. «Kun tug`ish tomondagi tepa
tagida joylashgan bizning qishloq».
Korroziya - tabiiy suvlar ta`sirida tog` jinslarining erishi.
Kolla -
Habashiston tog`laridagi issiq balandlik landshaft mintaqasi. 1800-2000 m
gacha balandlikda joylashgan. Havoning o`rtacha oylik harorati +20 darajadan ortiq.
Tabiiy o`simliklari siyrak o`rmonlar va savanna o`simliklaridan iborat. Tuproqlari laterit tipidagi sizg`ish-qo`ng`ir,
qizil tuproqlardir. Kofe daraxtining
vatani.
Kom -
Zarafshon vodiysida katta ariq
shunday deb atalgan. Kom jo`ydan ko`ra kattaroq bo`lgan. Bu so`z hozir asosan
joy nomlari tarkibida qolgan: Komi
Zar (Buxoroga suv bergan Shoxrud kanalining ikki tarmog`idan biri), Shopurkom,
Komi Abu Muslim, Konimex (to`g`risi Komi Mug` - «otashparastlar arig`i») va b.
Kombinat (lotincha kombino - birlashtiraman)
- 1) korxonalarning bir-birlari bilan texnologik jihatdan birlashishi; 2) bir tarmoqqa
mansub bo`lgan va texnologik jihatdan bir-birlari bilan o`zaro bog`lanmagan
korxonalarning ma’muriy jihatdan birlashishi (Masalan, Navoiy kon-metallurgiya
kombinati).
Kometalar (yunoncha kometes - sochi uzun) - Quyosh sistemasidagi jismlar;
planetalar kabi harakat qiladi. 500 dan ortiq kometa ma’lum. Kometaning
yadrosi, bosh qismi va dumi bo`ladi. Kometaning yadrosi eng yorug` qismi bo`lib,
yulduzga o`xshaydi. Ba’zi bir kometaning dumi bir necha yuz mln. km
keladi, lekin juda siyrak gaz va changlardan iborat bo`ladi.
Kompleks (lotincha komplekus – bog`liqlik) -
bir butunni tashkil etadigan predmet, hodisa va xususiyatlar majmui. Masalan, hududiy
ishlab chiqarish kompleksi - biron hududda rivojlanayotgan va bir-biri bilan
bog`liq tarmoqlar hamda ishlab chiqarishlar majmui.
Kon - yer po`stida bir yoki bir necha xil foydali
qazilmalar to`planib qolgan joy, qatlam. Shunday konlarning muayyan
geologik tuzilishi bilan bog`langan hududiy to`plami havza deyiladi.
Kon sanoati - ishlab chiqarishning turli xil
xom ashyo va yoqilg`i qazib chiqarish bilan shug`ullanadigan tarmoqlari. Kon
sanoati yoqilg`i - energetika xom ashyosi (neft, yonuvchi gaz, ko`mir, yonuvchi
slanets va b.) qora, rangdor, asl, nodir, radioaktiv metall rudalari, kimyo
sanoati xom ashyosi (apatitlar, fosforitlar, kaliy tuzlari, oltingugurt va b.), mineral
binokorlik materiallari qazib chiqarish tarmoqlariga bo`linadi. Fan-texnika
yutuqlarini joriy qilish natijasida ishlab chiqarishning bu tarmoqlari juda
rivojlandi. Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish, materik sayozligidan
qazib chiqarish tez rivojlanmoqda.
Konveksiya, atmosferadagi konveksiya -
harorat farqlari natijasida havoning
vertikal harakat qilishi. Bunda ayrim havo oqimlari yuqoriga ko`tariladi, dam
pastga tushadi. Havo oqimi kondensatsiya darajasiga yetganda bulut paydo bo`ladi.
Konglomerat (lotincha konglomeratus - to`plangan) - qum,
shag`al va b. tosh bo`laklarining bir-birlariga yopishishidan hosil bo`lgan
tog` jinsi. Temir oksidi, karbonatlar, gilli materiallar va silikat kislota konglomeratda
sementlovchi material rolini o`ynaydi. Dengiz, ko`l, allyuvial, prolyuvial konglomerat
turlari bor.
Kondensatsiya (lotincha kondensatsio - quyuqlashish) -
moddaning gaz holatidan quyuqlik holatiga o`tishi. Masalan, atmosferadagi,
yer-suv yuzasidagi, tog` jinslari
ichidagi suv bug`lari havoning suv bug`lariga to`yinishi yoki haroratning
shudring nuqtasigacha pasayishi oqibatida kondensatsiyalanadi.
Konstruktiv
geografiya - hozirgi zamon geografiyasida fan-texnika
yutuqlari ta’sirida vujudga kelgan eng yangi, istiqbolli kompleks yo`nalish.
Bu atamani fanga akademik I.P.Gerasimov kiritgan. Konstruktiv geografiyaning
asosiy vazifasi tabiiy va xo`jalik komplekslarini oqilona o`zgartirish,
rivojlantirnsh hamda boshqarishdan iborat. Konstruktiv geografiya geografik bashorat
va aholi geografiyasining muammoli masalalarini ham o`z ichiga oladi. Ayrim tadqiqotchilar
konstruktiv geografiyaning sinonimi sifatida antropogen landshaftshunoslik,
perspektiv landshaftshunoslik, futurgeografiya (kelajak geografiyasi) kabi atamalarini
ishlatmoqdalar. Biroq, bularning mazmuni konstruktiv geografiyadan torroq.
Kenglik zonalari – tabiat zonalarini ekvatordan qutblarga tomon Quyoshdan keladigan issiqlikning kamayishi va namlikning taqsimlanishiga qarab, qonuniy ravishda almashinib borishi.
Kemirchak -silliqlanmagan mayda toshlar, shag`al. Yo`llarga solish uchun toshlarni
tegirmonda maydalab ham kemirchak tayyorlanadi.
Kvarsit -
tarkibi asosan kvarsdan iborat zich, qattiq
tog` jinsi. Kvarsli qumtoshlarning qayta
kristallanishidan hosil bo`ladi. Kvarsitdan o`tga chidamli g`isht (dinas),
kislotabardosh qurilish materiallari tayyorlanadi.
Keng bargli o`rmonlar -
qishda barg tashlaydigan shapaloq yaproqli daraxtlar – buk, dub, zarang, jo`ka,
grab va boshqalardan iborat o`rmonlar. Keng bargli o`rmonlar deyarli butunlay Shimoliy
yarim sharning mo`tadil iqlim mintaqasida tarqalgan.
Kent —
katta qishloq, shahar. Sug`d yozuvida va arab geograflarining asarlarida kat
(kas) shaklida qayd qilingan va «uy» ma’nosini anglatgan. K- (kat) qadimiy atamalardan
bo`lib, butun O`rta Osiyoda, shuningdek Sharqiy Turkistonda, Eron va Afg`onistonda
ko`plab joy nomlari tarkibida uchraydi. Kat eroncha, to`g`rirog`i, sug`diycha bo`lib,
dastlab bir oila yoki bir necha oila yashaydigan va devor bilan o`ralgan hovlini
anglatgan. Kat hind-yevropa, fin-ugor, mongol tillarida ham turli shakllarda
ishlatiladi (ukraincha xata so`zi ham kat so`zidan olingan). Kent so`zi joy
nomlari tarkibida kan, kand, kat shakllarida ham saqlanib qolgan. Kent shahar nomlari tarkibida ham va qishloq nomlari tarkibida
ham uchraydi. Masalan, arab geograflarining asarlarida Iloqda, ya’ni Ohangaron vodiysida
tilga olingan 14 shahar va qishloqdan 7 tisa, Choch, ya’ni Toshkent atrofida qayd
qilingan 27 shahar va qishloqdan 14 tasi kat so`zidan tarkib topgan. Hozirgi davrda joylarga nom qo`yishda kent
so`zidan kam foydalaniladi.
Kechuv, kechik -
daryo, soy, ko`llardagi piyoda, otda, mashina va boshqalarda o`tish mumkin bo`lgan
sayoz joy.
Kimberlit -
tarkibida olmos bo`lgan otqindi tog` jinsi.
Kimberlit yumaloq yoki oval shaklidagi quvursimon jismlar hosil qiladi: gaz
portlashi natijasida yer po`stida hosil bo`lgan bo`shliqlarga kimberlit to`lib
qolgan.
Kichik metallurgiya -
yirik mashinasozlik zavodlaridagi metallurgiya sexlari.
Klarklar - Yer po`stidagi kimyoviy elementlarning
o`rtacha miqdorini (foiz hisobida) ko`rsatuvchi raqamlar. klerklar akademik A.Ye.Fersman
tavsiyasiga ko`ra akademik olim F.Klark nomi bilan ataladi. Klark landshaftlarni
va ayrim komponentlarni geokimyoviy jihatdan o`rganishda muhim ahamiyatga ega.
Landshaftlarda ayrim elementlar klarkining oz-ko`pligi katta rol o`ynaydi. Masalan,
O`rta Osiyoning ba’zi tog` oldi
hududlari suvi tarkibida iod klarkining kichikligi butqoq hosil bo`lishiga olib
keladi.
Konglomerat– qum, shag`al va boshqa tosh bo`laklarining bir-biriga yopishishidan hosil bo`lgan tog` jinsi.
Koks -
kokslanuvchi ko`mirlari maxsus pechlarda havo ishtirokisiz 950-1050 darajagacha
qizdirish yo`li bilan olinadigan yoqilg`i. Koks g`ovak parchalardan iborat bo`lib,
tarkibida uglerod 98% ga yetadi. Issiqlik berish qobiliyati - 8000 kkal/kg.
Domna pechlarida cho`yan eritib olishda yoqilg`i bo`lib
xizmat qiladi.
Koks gazi –
toshko`mir kokslanayotganda olinadigan gaz; bu jarayonda gaz bilan bir qatorda
suyuq mahsulot (smola) va qattiq qoldiq
(koks) hosil bo`ladi. Koks gazi qimmatli yoqilg`i va kimyo sanoatida keng ishlatiladigan
xom ashyodir.
Kontakt konlar – magma tog` jinslarini yorib chiqayotganda magma bilan tog` jinslarining bog`lanish doirasida hosil bo`ladigan konlar.
Kontenintal yotqiziqlar – tog` yon bag`irlari, daryolar, botqoqliklar, ko`llar hamda cho`l va sahrolarda hosil bo`lgan yotqiziqlar. Har xil sharoitda har xil ko`rinishda bo`ladi.
Kontenintal iqlim – katta quruqliklarning atmosferaga ta`siri ostida shakllanadigan iqlim.
Konsentrat– foydali qazilmalarni boyitish natijasida olinadigan va qayta ishlanadigan mahsulotlar.
Koriz– yer osti suv inshooti, suvi tashqariga oqib chiqadigan oqar quduq.
Kosmik zondlar – quyosh sistemasidagi jismlar va sayyoralararo fazoni o`rganish uchun uchuriladigan ilmiy apparat.
Kokslanuvchi ko`mir –
toshko`mirning kokslanganda (havosiz qizdirilganda) koks, koks gazi va smolalar
beradigan turi.
Kriklar– mavsumiy, qurib qoluvchi daryolar.
Kryaj– silliq, do`ng shaklida uzunasiga cho`zilgan qir, qadimgi qor qoldiqlari.
Krater– otilib chiqqan vulqon cho`qqisida yoki yon bag`rida hosil bo`lgan kosa yoki voronka shaklidagi chuqurlik.
Kriolitozona– yer osti muzlari uzoq saqlanadigan hudud.
Kriklar - mavsumiy qurib qoladigan daryo yoki vaqtincha oqim. Asosan Avstraliyada qo`llaniladigan oqim.
Kserofitlar - namlik yetishmaydigan sharoitda o`sadigan o`simliklar.
Ko`rfaz– okean, dengiz yoki ko`lning quruqlik ichkarisiga ancha kirib borgan qismi.
Kungay– tog`, tepa, jar, vodiy va boshqalarning Quyosh nuri ko`p tushadigan, janubga qaragan yon bag`ri.
Ko`chki– tog` yon bag`rining yuqori qismida yig`ilib qolgan qorning shiddat bilan pastga otilib tushishi.
Ko`lob– daryolar qayirida sizot suvlar, toshqin suvlari, yog`in suvlari to`planib qolgan botiq joylar.
Ko`zanak qum - gryadalari ari uyasiga o`xshab bir-biriga tik yo`nalgan qumlar. Ko`zanak qumlar odatda bir-biriga perpendikulyar shamollar kuchi teng bo`lgan sharoitda vujudga keladi. Qizilqumning markaziy qismida ko`p uchraydi.
Ko`k - osmon. «Ko`kka bulut chiqibdi, havo ayniqsa kerak».
Kuk suv - toza, tiniq suv. Qattiq tog` jinslaridan oqib o`tadigan, ko`llardan, tog`dagi muzdan oqib tushadigan, buloqlardan oqib chiqadigan suvlar ana shunday tiniq, ko`kimtir rangda bo`ladi. Daryolar nomi sifatida ham uchraydi. Masalan, Ko`kko`ldan oqib chiqadigan Ko`ksuv daryosi.
Ko`l - quruqlikdagi chuqurliklarni to`ldirgan suv havzasi. Ko`llar hosil bo`lishiga ko`ra tektonik (Issiqko`l, Baykal va b.), vulkan ko`llari (vulkan kraterlarida – og`izlarida), muzlik ko`llari (muzlik o`yib hosil qilgan chuqurliklarda, morenalar to`sib qo`ygan vodiylarda), karst ko`llari, liman ko`llari, o`zan ko`llari, sun’iy ko`llar (suv omborlari) bo`ladi. Suv rejimiga ko`ra oqar va oqmas ko`llar bo`ladi. Suvida erigan tuzlar miqdoriga qarab sho`r (mineralli) va chuchuk suvli ko`llarga bo`linadi. Eng katta ko`llar O`rta Osiyoda - Kaspiy, Orol, Issiqko`l va boshqalar.
Ko`l temir rudasi – ko`lda hosil bo`ladigan
temir rudasi. Ko`lga suv bilan oqib kelgan gil holidagi temir va organik moddalarning
chuqishidan hosil bo`ladi. Ko`l temir rudasi bir oz miqdorda O`zbekistonning quyi yura qatlamlarida (Angren ko`mir koni, Farg`ona
vodiysi va Hisor tog`lari janubida uchraydi.
Ko`lanka - soya joy.
Ko`lmak (halqob) -
kuchli yog`in, toshqin vaqtlarida chuqur, past, botiq yerlarni to`ldiradigan
suv, grunt suvlari yer yuzasiga chiqib to`planib qolgan zax, botqoq yerlar.
Ko`lshunoslik, limnologiya -
gidrologiyaning ko`llarni, suy omborlari, hovuzlarni o`rganadigan sohasi. Ko`lshunoslik
suv havzalarining kelib chiqishi, geografik o`rni, morfologiyasini, suvning
fizik va kimyoviy xossalarini suv havzalaridagi jarayon va hodisalarning
vujudga kelishi hamda rivojlanish qonuniyatlarini, o`simlik va hayvonot
dunyosini o`rganadi. Ko`lshunoslik suv transporti, gidroenergetika, suv
ta’minoti, sug`orish, baliq ovi va baliq urchitish, tabiiy boyliklar qazib
olish, tibbiyotda muhim ahamiyatga ega.
Ko`p yillik muzloq
yer - mangu go`ng yer, abadiy muzloq yer. Uzoq vaqt
davomida (bir necha yildan to ming yillargacha) muzlab yotadigan (harorati 0
darajadan past bo`lgan) tog` jinslari. Odatda qutbiy o`lkalarda va baland tog`larda
uchraydi. Ko`p yillik muzloq yerlarning vujudga kelishi haqida ikki xil fikr
bor: bir fikrga ko`ra, ular muz bosish davridan qolgan relikt hosiladir, boshqa fikrga ko`ra, hozirgi zamonda
vujudga keladi. Yillik o`rtacha harorat 0 darajadan past o`lkalarda hozir ham ko`p
yillik muzloq yerlar vujudga kelayotgani haqida ma’lumotlar bor. Ko`p yillik
muzloq yerlarning yuza qatlami qisqa yoz faslida eriydi, sovuq tushishi bilan
muzlab qoladi; bu qatlam faol qatlam
deyiladi.
Ko`rtosh - katta qismi mayda, g`ovak jinslar,
suv, o`simliklar orasida ko`milib qolib, kichik qismi ko`rinib turgan yirik g`ulatosh,
Ko`rtoshlar suvda kemalar qatnoviga, yo`llarda izsiz transport harakatiga qiyinchilik tug`diradi.
Ko`r g`or – og`zi ochilmagan yoki nuroq
jinslar, o`simliklar bilan berkilib ketgan tog`lar.
Ko`sa yer - o`simlik o`smaydigan taqir, yalang`och
yer.
Ko`tal - tog`lardan oshib o`tgan yo`l, pastroq
dovon. Ko`tal so`zi tarixiy manbalarda, masalan, «Bobirnoma»da joy nomlari
tarkibida uchraydi. Jizzax viloyatida O`zbekko`tal,
Qozoqko`tal degan joylar bor.
Ko`tarilma
buloq - quvi ko`tarilib, «qaynab» chiqadigan buloq. Katta bosim ostidagi
suvli qatlam eroziya natijasida
ochilib qolishidan hosil bo`ladi. Ko`tarilma buloqlar daryo o`zanlarida,
jarlarda, yonbag`irlarda uchraydi. Tektonik yoriq, siljiqlarda ham bo`ladi.
Ko`tarilma oqim— ko`l, dengizlarda suvning yuqoriga ko`tarilib chiqishi. Shamol ko`l, dengizning
yuza qismidagi suvni haydab ketib, suv sathi pasayganda pastdan suv ko`tarilib chiqadi.
Mo`tadil mintaqalardagi ko`llarda qish boshida yuzadagi suv sovib, og`irlashib
pastga tushadi va uning o`rniga pastdan yengil iliq suv chiqadi. Natijada ko`tarilma va pasayma oqim vujudga
keladi.
Ko`tarilma shamol - 1) iliq havo massasining front
yuzasi bo`ylab yuqoriga tomon harakatlanishi. Siklonlarning iliq frontida yer
yuzasini qoplagan sovuq havo ustiga iliq yengil havo chiqa boradi va dastlab
patsimon, so`ngra yomg`irli qat-qat
bulutlarni hosil qiladi; 2) Yer yuzasi sizishidan pastdagi havo ham isib yuqoriga
ko`tarilishi. Bunda to`p-to`p bulutlar hosil bo`ladi. Bunday hodisa O`rta
Osiyo tekisliklarida bahorda, tog`larda yozda ham kuzatiladi.
Ko`tarma - ikki izza oralig`idagi
baland joy. Ko`pincha zahob, botqoq,
izza joylarda turli inshoot, yo`l qurilishi maqsadlarida bunyod etiladi.
Ko`chki - 1) tog`larda
yonbag`irning yuqori qismida yig`ilib qolgan
qorning shiddat bilan otilib tushishi. Qor ko`chishiga qorning ko`p yig`ilib qolishi,
yonbag`irdagi qorning qaytadan kristallanishi, harorat ta’sirida zichlanishi oqibatida
qor qoplami ichida bo`sh qatlamning vujudga kelishi sabab bo`ladi. Bir qor ko`chishda
1,5-2 mln. m.kub gacha qor ko`chgani kuzatilgan. Qulab tushgan qorning qalinligi
60 m ga yetgan. Qor ko`chkilari O`rta Osiyoda, Kavkazda,
Alp, Kordilyera tog`larida ko`p ro`y berib turadi. Ba`zan qishloqlarga, yo`llarga,
aloqa liniyalariga, tog`lardagi o`rmonlarga katta zarar yetkazadi; 2) tog`
jinslarining og`irlik kuchi ta’sirida yonbag`ir bo`ylab pastga surilib tushishi
(Surilma); 3) tog` jinslari
katta massasining tog`larining tik, jarlik yonbag`irlarida tog`dan uzilib, qulab
tushishi.
Ko`histon(tog`iston) – tog`lar o`lkasi,
tog`li
o`lka.