Ob- suv (tojikcha). O`rta Osiyodagi ayrim atamalar, ko`pgina geografik nomlar,
shu so`z ishtirokida tuzilgan: Masalan, obdon, ob-havo, obxo`r, obonbor; Siyob
(Siyoh-ob), Varzob, Murg`ob, Surxob va h.k.
Obdon (tojikcha - suvdon)- suv ombori, hovuz.
Obikor yerlar – sug`orib dehqonchilik qilinadigan yerlar.
Obod- odam kuchi bilan mahalliy tabiati o`zgartirilib, yaxshilangan
joy. Obod qilish suv chiqarish, botqoqliklarni quritish, o`r-qirlarni
tekislash, o`simlik ekish, shahar va qishloqlar bunyod etish yo`li bilan amalga
oshiriladi.
Ob-havo atmosferaning (havoning) muayyan bir vaqtdagi holati. Vaqt va masofada tez o`zgarib
turadi. Ob-havo ma’lum bir vaqtning o`zida bir-biri bilan uyg`un meteorologik
elementlar majmui bilan ifodalanadi (havo harorati, namligi, shamol, bulutlar,
yog`in, havo bosimi, tiniqligi va h.k.). Ob-havo o`zgarishi deganda mana shu
elementlarning o`zgarishi tushuniladi. Ob-havo davriy (kecha bilan kunduz),
fasliy hamda nodavriy ravishda (siklon o`tishi, turli havo massalarining
kelishi, antitsiklon turishi oqibatida) o`zgarib turadi. Ob-havo – troposferaning biror joydagi, biror vaqtdagi fizik holatiga (harorat, bosim, namlik, yog`in, bulutlilik, shamollar, tiniqlilik darajasiga) aytiladi.
Ob-havo xaritalari – sinoptik yoki aerologik xaritalar. Meteoroligik stansiyalardan olingan ma`lumotlar geografik xaritlarda tushirib borilishi.
Ob-havo
bashorati (prognozi) (yunoncha prognozis -
oldindan bilish) - meteorologik stansiyalardan olingan ma’lumotlar va sinoptik
xaritalar asosida ob-havoning kelajak holatini aniqlash. Ob-havo bashorati qisqsa
muddatli (bir necha o`n soatlik), uzoq muddatli (bir necha kunlik, oylik va h.k.)
bo`ladi. Moskva, Vashington, Melburn jahon meteorologik markazlari qilib
tanlangan. O`zbekistonda ob-havo bashorati bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya
xizmati markazi shug`ullanadi.
Odoq– daryo va soylar etagi, quyilish yeri ba`zi o`rta oqimidagi past, tekis sohillar.
Ovdon- landshafti (tabiati) atrofdagi yerlardan farq
qiluvchi joy. Turkman va qozoqlarda ko`proq ishlatiladi.
Ovloq,
avloq - yovvoyi hayvonlar ko`p bo`lgan, ov qilinadigan joy. Qadimda O`rta
Osiyoda qulon, jayron, kiyik, arxar, parrandalar ov qilinadigan joylar ovloq
deyilgan.
Ovring- Tojikistonning tog`lik hududlarida tik tog` yonbag`irlaridan
o`tgan tog` yo`llarning ilmiy adabiyotda qabul qilingan nomi. Ovring qoyalarni o`yib,
mustahkam qoziqlar ustiga shox-shabbalar to`shab ishlanadi. O`tib bo`lmaydigan
joylarga osma ko`priklar quriladi. Tik silliq qoyaga baland zinapoyalar osib qo`yiladi.
Ba’zan qoyaning tepasiga katta qoziqlar qoqiladi, pishiq novdalardan eshilgan
arqon halqa shu qoziqlarga osiladi. Arqon halqalarning pastki uchiga g`o`lalar
yotqiziladi. Kishilar ana shu halqa tunnel ichidan g`o`lalar ustidan yuradi. Ovringlar,
asosan, piyoda yurishga mo`ljallangan. Ba’zi qismlarida eshak - otlarda o`tsa ham
bo`ladi. Ovringlarni tepadan tushgan suv, toshlar va qor ko`chkilari ishdan chiqaradi.
Shug`non va Rushonda ovring marja (marza), parin (parind), Yag`nobda rafaq
deyiladi. Tog`larda katta yo`llar qurilishi munosabati bilan ovring o`z ahamiyatini
tobora yo`qotmoqda.
Odoq (oyoq so`zidan) - daryo va soylar etagi, quyilish yeri, ba’zan o`rta oqimi sohillaridagi
tekis pastlik yerlar. Odoqlarni toshqin vaqtida ba’zan suv bosadi, yer osti
suvlari yuza bo`lib, daryo suvining sathiga qarab o`zgarib turadi. Tuprog`i, ko`pincha,
sho`rtob-botqoq bo`lib, qamish, qo`g`a, yulg`un, sho`ra, ajriq bilan qoplanib
yotadi.
Oziq-ovqat sanoati -
aholini oziq-ovqat mollari bilan ta’minlaydigan sanoat korxonalarining umumiy
nomi. Oziq-ovqat sanoati 30 xildan ortiq ishlab chiqarishni o`z ichiga oladi.
Asosiy tarmoqlari: un tortish, qand-shakar, go`sht, baliq, sut, konditer, yog`,
konservalar, makaron, margarin, vitaminlar ishlab chiqarish, non yopish.
Ozlar (shvedcha os - tizma) - qadimgi
muzlik suvlari qoldirgan diagonal qat-qat yoki gorizontal yotqiziqlar (qum,
shag`al, ba’zan valunlar) dan tarkib topgan uzun (30-40 km
gacha), kambar (bir necha m
dan 2-3 km gacha), baland (bir necha o`n
metrgacha) qator tepaliklar. To`rtlamchi davrda muzlik bosgan o`lkalarda –Shvetsiya
va Finlyandiyada uchraydi.
Ozlar – qum va shag`al toshdan tashkil topgan uzun va tor ko`tarilmalar. Ozlar uzunligi 30 km dan 500 km gacha boradi eni 1 m dan 3 km gacha, balandligi bir necha 10 m gacha bo`ladi. Ozlar chekinayotgan muzlik tubida oqayotgan suvlar harakatidan paydo bo`ladi.
Ozonosfera– yer sirtidan 10-15 km balandlikda joylashgan ozonli atmosfera qatlami.
Ozonosfera -
atmosferaning yer yuzasidan 10-50 km
balandlikdagi ozonli qatlami. 20-25 km
balandlikda ozon ayniqsa ko`p bo`ladi.
Oy- Yerning yagona tabiiy yo`ldoshi va Yerga eng yaqin
osmon jismi. Oy Yer atrofida deyarli elliptik orbitada o`rtacha 1,02 km/sek
tezlik bilan (Oy orbitasiga Dunyo shimoliy qutbidan qaraganda) soat miliga
teskari yo`nalishda harakatlanadi. Yer markazidan Oy markazigacha minimal
masofa 356400 km,
maksimal masofa 406800 km, o`rtacha
masofa 384400 km,
Oyning Yer atrofida aylanish davri (siderik Oy) o`rta hiisobda 27,32166 sutka.
Quyosh Oyni Yerga nisbatan 2,2 marta katta kuch bilan tortadi.
Oydin- 1) yuzasi toza, ochiq suv, ko`l. Oydinko`l; 2) to`lin oyli kecha.
Oy
o`tovi - Oy nurining baland yupqa bulutdagi mayda muz
kristallchalarida sinib hosil bo`ladigan rangli aylana; atmosferadagi optik hodisa.
Bunday hodisa odatda siklonning iliq fronti kelganda ro`y beradi.
Oydin ko`l -
atrofi ochiq, tiniq suvli ko`l.
Oykumena - grekcha oykeo - "yashayman", "joylashaman", ya`ni Yer yuzasining aholi yashaydigan, aholi istiqomat qiladigan qismi demakdir.
Okean, Dunyo okeani -
Yer yuzasidagi yaxlit suvli maydon. Yer kurrasi yuzasining 71% ini tashkil etadi,
maydoni 361 mln. km.kv. To`rt
qismga - okeanga bo`linadi: Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz okeanlari.
Ba’zan Antarktida atrofini o`ragan sovuq suvlar Janubiy sovuq okean deb ham
ajratiladi. Okean tagining reylefi va chuqurligiga qarab, materik sayozligi,
materik yonbag`ri, okean tubi (lojesi) v a okean qa’riga ajratiladi. Butun
okean maydonining 80% i okean tagiga, 7% i okean qa’riga to`g`ri keladi. Okean
suv harorati yuza qismida issiq o`lkalarda 29°, qutbiy o`lkalarda 0° va undan ham
past; Okean tagida qutblarda 0° dan ekvatorda
+1,7° gacha. Sho`rligi o`rtacha 35 promille. Subtropik kengliklarda 37,5 promilledan qutbiy o`lkalarda 30-34 promille gacha.
Okeaniya
- Tinch okeanning markaziy va g`arbiy qismlaridagi orollar to`dasi. 28°25' sh.
k. bilan 52°30' j. k. hamda 130° shq. u. bilan 105° g`.u. oralig`ida. G`arbiy qismi
Avstraliya va Malay arxipelagiga yondosh.
Okean
qa’ri - Dunyo okeanining eng chuqur qismlari. O`rtacha chuqurligi 4000 m,
maksimal chuqurligi 7000 m
gacha. Okean qa`riga okean botiqlari va ularni ajratib turgan okean ko`tarilmalari kiradi.
Okeanografiya- 1) okeanologiyaning sinonimi; 2) dunyo okeanining
gidrografik (fizik-kimyoviy) rejimi haqidagi fan; 3) okeanologiyaning regional,
ya’ni aniq okean va dengizlarni tasvirlovchi bo`limi.
Okeanologiya - Dunyo okeanini o`rganuvchi fan. Okeanologiya okeanlardagi fizik, kimyoviy, geologik va
biologik jarayonlarni, okean tagi strukturasini hamda Dunyo okeanining tabiiy bo`linishlarini
o`rganadi. Okeanologik tadqiqotlar okeanlarda kema qatnovini to`g`ri yo`lga qo`yishda,
dengiz kasbkorligida, qirg`oqda portlar, gidrotexnika inshootlari qurishda,
okean va dengizlar ostidagi foydali qazilmalarni topish hamda qazib olishda,
okean suvlarining harakatini aniqlashda, ob-havoni oldindan aytib berishda muhim
ahamiyatga ega. Bunday tadqiqotlar maxsus kemalarda, suvdagi avtomatik
stansiyalarda, shuningdek qirg`oqdagi stansiyalarda olib boriladi. Hozirgi vaqtda
okeanlarning biologik, mineral va energetik resurslarini o`rganish ayniqsa muhim
masaladir. Okeanologiya bir qancha tarmoqlardan iborat. Bular okeanlar
fizikasi, kimyosisi, geologiyasi va biologiyasidir.
Okean sahrosi – janubiy tropik zona-suv yuzasida juda kam organizmlar rivojlangan. Okean qirg`oqsiz dengiz degani.
Olam - bizni o`rab olgan, vaqt va fazoda cheksiz dunyo. Undagi harakatda
bo`lgan materiya shakllari nihoyasiz. Olam kichigi kattasining tarkibiy qismi hisoblangan
sistemalardan tashkil topgan. Eng kichik sistema Yer-Oy sistemasidir. U Quyosh
sistemasiga kiradi. Quyosh sistemasi 100 mlrd. dan ortiq yulduzni o`z ichiga
olgan sistema bo`lgan Galaktikaga kiradi. Hozirgi vaqtda juda ko`plab
galaktikalar borligi, ular ham ma’lum sistemani - metagalaktikani tashkil etishi
aniqlangan. Ba’zi galaktikalar bizdan 15 mlrd. yorug`lik yiliga teng masofada
ekanligi ma’lum bo`ldi. 1 yorug`lik yili yorug`likning bir yilda bosib o`tgan yo`liga
teng, yorug`lik bir sekundda 300 000 km yo`l bosadi.
Olatov, olatog` - atama,
O`rta Osiyodagi bir qancha tog` tizmalari
nomlari shaklida uchraydi; Masalan, Kungay Olatov, Terskay Olatov, Qirg`iziston
Olatovi va h.k. Qorli tog`lar tepasi ola-bula ko`ringanidan Olatov deb atalgan bo`lsa ehtimol. Olatov mongolcha ola – "tog`”
so`zidan kelib chiqqan bo`lishi ham mumkin. Ola arabcha oliy (baland) so`zidan
olingan degan fikr ham bor.
Olachalpoq -
1) Olachalpoq soya - siyrak bargli daraxt soyasi. Bunda barglar orasidan quyosh
nuri yerga tushib turadi; 2) Olachalpoq tundra-gil jinslar tarqalgan joylardagi tundra. Bunday tundrada mox, lishaynik yer
yuzini sidirg`a qoplamay, har
yer-har yerda yer yuzasi ochilib yotadi. Bunday ochiq joylar qabariq ham, botiq ham, tekis ham
bo`lishi mumkin, diametri 2-3 m ga boradi;
3) Olachalpoq o`tloq - har yer-har yerda tuproq
ochilib qolgan o`tloqlar. Ular tog`larda tuproq
yuvilib ketib, tog` jinslari ochilib qolishidan, yuzalama
eroziyadan, tekisliklarda olachalpoq sho`r bosishdan
va h.k. lardan hosil bo`ladi.
Olish - suvayirg`ich, to`g`on boshi, katta ariq,
soy, daryolardan suv chiqarish uchun ochilgan joy. Obikor yerlarda uchraydi.
Olmos -
eng qattiq mineral. Kristalli sof
uglerod, rangsiz; havo rang, ko`k sariq,
qo`ng`ir va qora ranglari
ham uchraydi. Qirra berib sayqallangan olmos brilliant
deyiladi. Olmos tog` jinslarini burg`ilashda, metall kesish va oyna silliqlashda,
tosh va metallarni o`yib gul solishda va boshqa texnik maqsadlarda ishlatiladi.
Brilliant zebu-ziynat buyumlari bo`lib xizmat qiladi. Eng yirik konlari
Janubiy, Markaziy va G`arbiy Afrika va Yakutiya. Hozirgi vaqtda tabiiy olmosdan
qolishmaydigan sun’iy olmos ishlanmoqda.
Oltin
rudalari - tarkibida oltin bo`lgan tog` jinslari.
Oltin ruda konlari tub konlarga va sochma
konlarga bo`linadi. Tub konlar orasida tarqoq bo`lsa ham tarkibida oltin bo`lgan kvars yertomirlar katta rol o`ynaydi.
Sochma konlar tub konlarning nurashi va suvning boshqa joylarga olib borib
tashlashi natijasida paydo bo`ladi. Sochma konlardan vazni bir necha kg
keladigan tug`rma oltin parchalari ham topiladi. Oltin tangalar zarb etish, aniq
va oksidlanmaydigan jihozlar, zebu-ziynat buyumlari ishlash, tish qo`yish
uchun foydalaniladi.
Oltingugurt – tug`ma element holida uchraydigan mineral. Aksari cho`kindi konlarda
uchraydi. Oltingugurt asosan sulfat kislota olish uchun ishlatiladi. Oltingugurt
konlari: Ukraina, O`rta Osiyo, AQSh, Meksika, Italiya, Yaponiya.
Olam qutblari – olam o`qi bilan osmon sferasining kesishgan nuqtalar. Olam qutblarida osmon jismlari joylashmagan, lekin olamning shimoliy qutb yaqinida(1 daraja uzoqda) qutb yulduzi bor.
Olchin -
O`rta Osiyoda amal qilgan o`lchov birligi, taxminan 60 sm bo`lgan.
Ona
jins - metamorfizm yoki nurash jarayonida boshqa jinslarni hosil qiladigan tog` jinsi. Ona jinsning eng
ustki qatlami biologik va biokimyoviy
jarayonlar ta’sirida, shuningdek inson faoliyati oqibatida tuproqqa aylanadi. Tuproqning
kimyoviy va mexanik tarkibi, fizik xossasi va unumdorligi ona jins xossalariga
bog`liq.
Orbita (lotincha orbita - iz, yo`l) - planeta,
kometa, planeta yo`ldoshi, sun’iy yuldosh va boshqa osmon jinslarining yo`li,
trayektoriyasi. Quyosh sistemasidagi ko`pchilik jismlarning orbitasi ellips
shaklida bo`lib, uning markazida quyosh (planeta, kometalar, orbitalari) yoki
planeta (planetalar yo`ldoshlari, Yerning sun’iy yo`ldoshlari orbitalarida)
turadi. Tezligi 7,8 km/sek
dan katta bo`lgan (birinchi kosmik tezlik) jism Yer atrofida ellips shaklidagi orbita
bo`ylab harakat qiladi va Yerning yo`ldoshi bo`lib qoladi. Agar jism 11,2 km/sek
tezlikda (ikkinchi kosmik tezlik) yoki undan ham katta
tezlikda harakat qilsa, parabolik orbita bo`ylab, Yerdan uzoqlashib ketadi va
yerga qaytib kelmaydi.
Oriyentirlash,
oriyentir olish - joyda gorizont
tomonlarini topa bilish. Quyosh,
yulduz, joydagi alomatlarga qarab va kompas yordamida oriyentir olinadi.
Oraliq zona – yerning eng yirik global morfostrukturalaridan biri, materikning suv ostidagi cheti bilan okean qa`ri o`rtasida joylashgan.
Oriyentirlash - Yer yuzidagi ma`lum bir joyga nisbatan noma`lum bo`lgan joyni aniqlash.
Organogen tog` jinslari – biogen jinslari – organic qoldiqlardan yoki organizmlarning faoliyati natijasida hosil bo`lgan minerallardan tashkil topgan cho`kindi tog` jinslari.
Orol (turklarda - ada)- hamma tomondan suv bilan o`ralgan kichikroq quruqlik. Orollar to`dasi arxipelag
deyiladi. Orollar materik orollari, vulkan orollari va marjon orollariga bo`linadi.
Orsa - 1) geografik predmetlarning geografik o`rnini, ya’ni boshqa bir predmetdan
keyinda, narida joylashganini bildiradigan so`z. Geografik nomlar tarkibida
uchraydi. Orqa Oloy, Orqa tog` va h.k.; 2) orqa tomon, sirt, tepalik suvayirg`ich.
Osilma - tog`larda katta qiyalikda ilon izi bo`lib ko`tariladigan yo`l, so`qmoq.
«Piyodalar aylanib yurmasdan osilmadan chiqib qo`ya qoladi», «Osilmadan chiqsangiz,
shunday qishloqqa kirasiz», deydilar.
Osilma muzlik – tik tog` yon bag`irlarida sayoz botiqlarda joylashgan muzlik.
Osma vodiy -
tagi bosh vodiydan balandda joylashib, unga tik kesilib yoki jarlik hosil qilib
tushadigan vodiy. Osma vodiy mazkur vodiyda asosiy vodiydagiga nisbatan chuqurlatish
eroziyasi sust ro`y berganda hosil bo`ladi. Eroziyaga turli darajada chidamli
tog` jinslarida ham osma vodiy osma
vodiy hosil bo`ladi. Tektonik uzilish
natijasida ham vujudga keladi.
Osma muzlik –
tik tog` yonbag`rida sayozroq chuqurlikda
duppayib turgan muzlik; tog` etagiga
yetmasdan balandroqda «osilib» turadi.
Ost (nemischa)-sharq.
Qisqa shaklda O harfi bilan belgilanadi.
Ost-Indiya(inglizcha Sharqiy Hindiston)- Hindiston
hamda Janubiy va Janubi-Sharqiy
Osiyodagi ba’zi mamlakatlar hududining yevropaliklar O`rtasidagi
eski nomi. Vest-Indiya atamasining aksi sifatida vujudga kelgan.
Ostonalar, ostona
toshlar - daryo o`zanining qattiq jinslardan tarkib topgan sayoz yoki balandroq joylari. Ostonalar
yaqiniga ko`pincha GESlar quriladi. Ostonalar
kema qatnoviga va yog`och oqizishga xalaqit beradi. Buning uchun aylanma kanal
kurishga to`g`ri keladi.
Ota(turklarda - ada) - orol. Joy nomlari tarkibida uchraydi. Masalan, Kaspiy
dengizidagi Qamishliota.
Otonoq- har yer-har yerda kichik-kichik do`ngchalari bo`lgan
tekislik.
Otqindi tog` jinslari – yer yuzasiga oqib chiqqan magmaning qotishidan
hosil bo`lgan magmatik tog` jinslari. Effuziv
tog` jinslari ham deyiladi.
Oftobro` -
quyoshga ro`para (kungay) tomon, yonbag`ir, shimoliy yarim shardagi tog`larning
janubga qaragan yonbag`ri.
Och gaza –
tog` ustidagi botiq, o`yiq reylef
shakllari.
Ochiq dengiz – (xalqaro huquqda) hududiy suv chegaralaridan tashqarida bo`lgan, barcha davlatlar erkin foydalanadigan dengiz. Ochiq dengiz – materik chetlarida joylashib, keng masofada okeanga tutashgan dengizlar( Masalan: Arabiston dengizi)
Oshuv -
dovon. O`rta Osiyo, Qozog`iston va Oltoyda keng tarqalgan. Dovon nomlari tarkibida ham uchraydi: Oshuvtor, Qo`shoshuv,
Tuzoshuv va h.k;
Oqar ko`l -
suvi oqib chiqib turadigan ko`l. Odatda, oqar ko`l suvi chuchuk bo`ladi. Masalan,
Baykal, Onega, Ladoga ko`llari, Sarez, Sarichelak, Ko`kko`l va b.; Oqar ko`llar – bir yoki undan ortiq soy-daryo quyilib, yana suvi oqib chiqib ketadigan ko`llar.
Oqmas ko`llar – bir yoki bir necha soy – daryo quyilsa ham suvi oqib chiqmaydigan ko`llar. Bunday ko`llar suvi asosan bug`lanishga sarf bo`ladi.
Oqar
suv – o`zan hosil qilib oquvchi suv; daryo, jilg`a, soy, kanal, ariq suvlari. Ko`l va boshqa oqmas suv havzalaridagi
suv turg`un suv
deyiladi.
Oqim - 1)
dengiz suvining siljishi; 2) daryo o`zanidan suvning oqishi; 3) muayyan vaqt
davomida daryo o`zanidan oqib o`tgan suv miqdori.
Oqsuv –
O`rta Osiyoda keng tarqalgan atama. Ko`pincha suv nomlari (gidronim) ga
aylangan. Ko`pgina olimlar, jumladan N.G.Mallitskiy muzlik tagidan oqib chiqadigan
suv oqsuv deyiladi, chunki tarkibidagi muz zarralari tufayli muzlik suvi oq
tusda ko`rinadi, deb hisoblaydi. V.L.Vyatkin fikricha, tog` daryolari oqsuv
(yoki oqdaryo) dir. Akademik V.V.Bartoldning kuzatishicha, o`z o`zanida oqadigan
suv Oqsuv yoki Oqdaryo, kanal qazib oqizilgan suv esa Qorasuv yoki Qoradaryo
deb yuritiladi. A.A.Kononov oquvchi oqar suv deb biladi. Oqsuv so`zi
«Bobirnoma»da ko`p uchraydi. Umuman muzlik suvlari oqish ko`ringanidan shunday
nom olgan.
Oqin- suv oqimi, tez oqar suv, daryoning tez oqar joyi.
Turkiy tillarda og`in, og`ish, og`is shakllarida uchraydi.
Oqqum- oq, toza qum, o`simlik bilan qoplanmagan qum. Odatda
o`simliklar o`smaydigan tuzima barxan qumlari oqqum deb yuritiladi.
Oqquyu - qumli cho`llardagi
chuchuk suvli quduqlar. Amudaryo bo`yidagi
cho`llarda chuchuk suvli quduqlar
shunday nom bilan ataladi.
Og`iz- dara, vodiy, g`orlarga kirladigan joy, ular boshlanadigan joy. Ichki
dengizlarni, qo`ltiqlarni tashqi dengiz va okeanlar bilan qo`shib turadigan bo`g`oz.
Og`ir
mashinasozlik - mashinasozlikning detallari katta va zalvarli
mashinalar ishlab chiqaradigan tarmog`i og`ir og`ir mashinasozlik korxonalari
metallurgiya, kon-ruda sanoati uchun asbob-uskunalar, yirik
temirchilik-presslash, ko`tarma transport vositalari, shuningdek, yirik
ekskavatorlar, teplovozlar, temir yo`l vagonlari, dizel va trubinalar, bug` qazonlari
ishlab chiqaradi.
Og`ir sanoat -
aksari ishlab chiqarish vositalari: mashina va asbob-uskunalar, yoqilg`i,
energiya, metallar, kimyoviy mahsulotlar, qurilish materiallari va boshqa ishlab
chiqaradigan sanoat tarmoqlari. Og`ir sanoat ishlab chiqaradigan ishlab chiqarish
vositalari bo`lmasa, xalq xo`jaligining bironta ham tarmog`i rivojlana olmaydi.
Xalq xo`jaligining texnika taraqqiyoti og`ir sanoatning taraqqiyoti darajasi
bilan belgilanadi. Og`ir sanoat ijtimoiy mehnat unumdorligining o`sishiga zamin
yaratadi.
Og`ir suv – D2O-vodorotning izotopi deyteriyning kislorod bilan birikmasi qaynash va qotish harorati oddiy suvnikidan yuqori.
Ohaktosh -
asosan kalsiydan tarkib topgan cho`kindi tog` jinsi. Toza haktosh oq bo`ladi,
aralashmalar - gil, qum, dolomit tufayli sariq,
jigar rang, qora va tuts kul rang ohaktoshlar ham uchraydi. Metamorfizm oqibatida
qaytadan kristallashib marmarga aylanadi. Ohaktosh dengiz va ko`l suvlaridan
kalsiy cho`kishi natijasida kimyoviy yo`l bilan, shuningdek dengiz organizmlari
(mollyuskalar, marjonlar)ning ohakli chiranoqlari va skletlarining to`planishi
natijasida biologik yo`l bilan paydo bo`ladi. Sement va gidravlik ohak ishlab chiqarish
uchun, qurilish materiali, metallurgiya zavodlarida flyus, kimyoviyviy xom
ashyo sifatida va nordon tuproqlarni
ohaklash uchun ishlatiladi.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!