Faktor(lotincha faktor - ishlab chiqaradigan)
- biron jarayonning, jumladan, ishlab chiqarishni joylashtirish jarayonining
asosiy sharti.
Faol
aholi – o`z
mashg`ulotidan kelgan ish haqi hisobiga yashaydigan
aholi. Aksariyat mamlakatlarda
ishlamasdan, bankka qo`ygan mablag`idan
kelgan daromad evaziga yashaydigan
kishilar ham faol aholi jumlasiga kiritiladi.
Faol
qatlam – ko`p yillik muzloq tarqalgan joylarda yer betidan doimiy muzloq qatlamgacha bo`lgan va fasllarga qarab erib va yana muzlab
turadigan qatlam.
Farvater(gollandcha faren - suzmoq va vater -
suv) – ko`l, dengiz va boshqa suv havzalarida kemaning suzishi uchun xavfsiz bo`lgan,
yetarli darajada chuqur qismlar. Daryoda farvater suv eng tez oqadigan chuqur
joy. Farrvater mash’al va boshqa belgilar bilan ko`rsatib qo`yiladi.
Fauna (lotincha
faunus - Qadimgi Rimda dala va hayvonlar
xudosi) - Yer sharida yoki biron hududda geologik o`tmishda yashagan yoki hozir
yashayotgan hayvonlar majmui (Masalan, O`rta Osiyo faunasi, dengiz faunasi);
ayrim hayvon turlari ham fauna deyiladi (qushlar faunasi, hasharotlar faunasi).
Fauna komplekslari -
ma’lum bir geografik hududda paydo bo`lib, umumiy areal hosil qilgan hamda hozirgi
yashash sharoiti bir xil bo`lgan hayvonlar guruhi. Masalan, O`rta Osiyo qumli
cho`llarining fauna komplekslari, Zakavkaze nam subtropiklarining fauna
komplekslari, tundra fauna komplekslari va h.k.
Faunistik rayonlashtirish, zoogeografik rayonlashtirish -
Yer sharini (ko`pincha quruqlikni)
fauna tarkibi yoki hayvonot dunyosi xususiyatlariga qarab rayonlashtirish. Faunistik
rayonlashtirishning asosiy regional birliklari: quruqlik (materik), zoogeografik
o`lka, zoogeografik kichik o`lka, zoogeografik provinsiya, okrug va
uchastkalardir. Masalan, Yer shari 6 zoogeografik o`lka - Golarktika, Hind-Malayya,
Avstraliya, Efiopiya, Neotropik va Antarktika o`lkatlariga bo`linadi.
Golarktika o`lka, o`z navbatida, quyidagi 7 o`lkachaga bo`linadi: Arktika,
Sirkumboreal, O`rta dengiz bo`yi, Markaziy Osiyo, Xitoy-Himolay, G`arbiy
Amerika va Sharqiy Amerika.
Fatsiya(lotincha fatsiyes -
qiyofa) - 1) litogenez sharoiti bir xil bo`lgan hududda qisqaroq vaqtda vujudga
kelgan tog` jinsi; 2) cho`kindi jins yotqiziqlari paydo bo`lgan sharoit, Masalan,
ko`l fatsiyasi, dengiz fatsiyasi va h.k.
Federatsiya, federativ davlat (lotincha
federatsio - ittifoq) - bir
necha davlatning bitta davlat bo`lib birlashishi. Federatsiyaga birlashgan
davlatlar mustaqilligini saqlaganlari holda yagona federativ davlat
organlariga, yagona armiyaga, yagona fuqarolikka ega. Qonunlari federatsiyaning
butun hududi uchun majburiydir.
Fenologiya(yunoncha fenomena -
hodisa, logos - fan) - yil fasllarining
almashinishi va ob-havoning o`zgarishi munosabati bilan organik va anorganik
tabiatning mavsumiy taraqqiyotini o`rganadigan fan; masalan, suvlarning muzlash
va muzdan tushish, o`simliklarning ko`rtak chiqarish, gullash muddatlari, qushlarning
uchib kelish va uchib ketish
muddatlarini fenologiya o`rganadi.
Fyon– tog`li o`lkalarda tog`lardan esadigan issiq va quruq
shamol. Shamol tepadan pastga tushayotganda havo sizib quriydi va uning issiqligi
namning bug`lanishi uchun sarflanmaydi. Fyon Alp tog`larida,
Kavkazda va O`rta Osiyo tog`larida
kuzatiladi.
Ferroqotishma(lotincha ferrum-temir)
- temirning marganets bilan (ferromarganets), kremniy bilan (ferrosilitsiy), xrom bilan
(ferroxrom), volfram bilan (ferrovolfram), molibden bilan
(ferromolibden) va boshqa elementlar bilan qotishmalari.
Ferroqotishma po`lat eritib olish,
erigan metallardan kislorodni
chiqarib tashlash
va metallga biron xossa berish uchun
ishlatiladi.
Firi (qadimgi
nemischa firna- bulturgi) - muz
donachalaridan iborat zichlashgan havo rang qor. Firi qor bilan muz oralig`idagi
bosqich bo`lib, tog`li o`lkalarda
qor chizig`idan yuqorida va qutbiy o`lkalarda, ya’ni aksari qor yog`adigan va
yozda erib ulgurmaydigan joylarda hosil bo`ladi. Firn (nemischa o`tgan yilgi, eski) - qorning qichlashib, qayta kristallashishi oqibatida hosil bo`lgan donador muz. U yana zichlashib muzga aylanadi.
Flishlar - o`rtacha balandliklardagi tog`lar.
Fitotsenoz (yunoncha
fito - o`simlik, senoz -
umumiy) - yer yuzasining tabiati bir xil bo`lgan qismida o`sadigan, o`zaro va
tevarak atrofdagi muhit sharoiti bilan chambarchas aloqada bo`lgan o`simlik
turkumlari.
Fitotsenologiya(yunoncha fito - o`simlik, senoz -
umumiy, logos - fan) - biologiya bilan
geografiya oralig`idagi fan; fitotsenozlarni (o`simlik turkumlarini) o`rganadi.
Flora (lotincha
flora - gul va bahor ma’budasi) - Yer
sharining biron qismida o`sayotgan (hozirgi flora) yoki biron geologik davrda o`sgan
(qazilma flora) o`simlik turlarining tarixan tarkib topgan majmui. Masalan, O`zbekiston florasi, Osiyo florasi, bo`r
davri florasi va h.k.
Floristik rayonlashtirish, fitogeografik rayonlashtirish -
Yer sharini turli hududlarining florasi xususiyatlariga qarab rayonlashtirish.
Floristik rayonlashtirishning asosiy regianal birliklari: floristik zona, o`lka,
kichik o`lka, provinsiya, uchastka, okrug va rayon. Masalan, O`rta Osiyoda quyidagi
7 ta provinsiya ajratiladi: 1) Turon cho`l provinsiyasi; 2) Markaziy
Qozog`iston provinsiyasi; 3)
Janubiy Turkiston provinsiyasi; 4) Turkmaniston-Eron
provinsiyasi; 5) Jung`oriya-Tyanshan provinsiyasi; 6) Markaziy Tyanshan provinsiyasi;
7) Pomir-Tibet provinsiyasi. Turon cho`l provinsiyasi, o`z navbatida, Qoraqum,
Misriyon, Janubiy Qizilqum va Buxoro okruglariga bo`linadi.
Flyuger(gollandcha flyugel - qanot) - shamolning
yo`nalishi va tezligini aniqlaydigan asbob. Shamol ta’sirida vertikal o`qda
aylanadigan flyugarka shamolning yo`nalishini ko`rsatadi. Shamolning tezligi
metall taxtachaning vertikal holatdan qancha daraja burilganiga qarab aniqlanadi,
yoy hosil qilgan shtift nomeri shamolning sekundiga necha metr
esganligini bildiradi.
Flyus -
domna pechda ruda bilan yoqilg`i qatlamlari
orasiga solinadigan modda ohaktosh, qum, dolomit
va b.) qorishmasi. Flyus solinganda ruda orasidagi turli aralashmalar (bekorchi
jins) bilan birga metallda oson ajraladigan shlak hosil qiladi.
Fosforit- fosfor birikmalariga boy cho`kindi tog` jinsi.
Asosan fosforli o`g`it (fosforit uni, ammofos, superfosfat, tomasshlak va b.)
ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Fosforitdan bir qancha nodir metallar
olinadi. Konlari - MDHda (Qozog`iston, Rossiya), AQSh (Florida, Qoyali tog`lar),
Shimoliy Afrika va b.
Fraxt -
yuk va fuqarolar tashilganligi uchun transport vositalari egasiga to`lanadigan
haq. Fraxt tushunchasi dengiz orqali yuk tashishga nisbatan ko`proq ishlatiladi.
Front,
atmosfera fronti - fizik xossasi
turlicha bo`lgan ikki havo massasi orasidagi chegara. Front harakat qilayotgan havo
massalari orasida gorizont tekisligi bilan 1 darajadan kam burchak ostida
kesishadi. Frontning eni bir necha o`n km,
balandligi bir necha yuz metr,
uzunligi bir necha yuz km bo`ladi. Sovuq havo ustida issiq havo yuqoriga ko`tarilishi
natijasida bulutli front sistemalari paydo bo`ladi. Front o`tayotganda joyda
ob-havo ozmi-ko`pmi keskin o`zgaradi.
Fumarola(italyancha fumarola - vulkanning
tutunli teshigi) - vulkan kraterlaridan yoki shlak bilan qoplangan lava oqimidan
gaz va bug`lar chiqib turgan joy.
Feld- Skandinaviya yarim orolida tundra o`simliklari yoki
muzliklar bilan qoplangan tepasi yassi tog`lar.
Ford -
dengizlarning qirg`oqlari tik, ko`pincha qoyali tog`, chuqur qo`ltiqlari.
Daryo vodiylarini va soylarni muz o`yib ketishi, so`ngra ularni dengiz suvi
bosishi natijasida hosil bo`lgan. Uzunligi yuzlab kilometrga, chuqurligi 1000 metrga
yetadi va undan ham oshadi. Grenlandiya, Norvegiya, Janubiy Amerikaning janubi-g`arbiy
qirg`oqlarida fordlar ko`p. Ford- dengizlarning qirg`oqlari tik, ko`pincha qoyali, tor, chuquqr qo`ltiqlari.
Fyon - tog`li o`lkalarda tog`dan vodiyga esuvchi iliq va quruq shamol.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.