3-fevralda Tailandda chiroyli va taassurot qoldiruvchi voqea - Gullar festivali bo‘lib o‘tadi. Bayram har yili, mamlakatning shimoliy qismida Chiangmay shahrida o‘tkaziladi. Bu ajoyib bayram fevral oyining birinchi juma kunida nishonlanib, uch kun davom etadi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘p yillar avval Chiangmay shahrining nomi "shimol atirguli” bo‘lgan. U Tayland shimolidagi eng chiroyli shahar hisoblangan. Mahalliy aholi ko‘p vaqtini gullar ko‘paytirish bilan o‘tkazgan. Bu marosim hozirgi kunda ham saqlanib qolgan. Va yiliga bir marta zamonaviy bog‘bonlar Gullar festivalida o‘z shoh gullarini namoyish qiladilar. Shahar aholisi har yili dunyo miqyosidagi ajoyib voqeaning aynan ularda o‘tkazilishidan juda faxrlanadilar. Agar shahar nomini rus tiliga tarjima qilinsa, "ko‘p gullar” degan ma’noni bildiradi. Chiangmay shahri bayram kunida yangilanadi. Ko‘chalarda saf tortib yurayotgan ayollar, erkaklar va bolalarni ko‘rish mumkin. Shaharning har bir burchagida rangli sho‘x, tantanali marosimlar o‘tkaziladi. Sayyohlar bunday antiqa yurishlarda ishtirok etishga harakat qiladilar. Shahar bo‘ylab juda katta miqdorda turli tuman gullarni olib yurishadi. An’anaga ko‘ra, qizlar bu bayramga antiqa milliy liboslarni tikadilar, festival yakunida esa kunning eng chiroyli qizi tanlanadi. Tanlangan sohibjamol qiz "gullar malikasi” nomiga sazovor bo‘ladi. Shu kuni barcha tadbirlar erta tongdan boshlanib, kechki paytda tugaydi. Festivalda turli qiziqarli marosimlar: tantananing ochilishi,yurishlar, gullar namoyishi va musobaqasi, yarmarkalar va go‘zallik malikalari tanlovlari o‘tkaziladi.Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.