Angliyalik tog’ muhandisi Richard Trevitik par dvigatellardan relsda harakatlanish uchun foydalanish taklifi bilan chiqdi. 1804-yil 6-mart kuni u «Nyu kastl» - «Yangi qulf» deb nomlangan birinchi parovozni yaratdi. Bug‘ bilan harakatlanadigan bu lokomotiv 70 nafar odam sig‘adigan vagonni va 10 ta yuk vagonni soatiga 8 kilometr tezlikda 16 kilometrga sudrab bordi. Shaxtada ishlovchi angliyalik, ajoyib mexanik Jorj Stefenson birinchilardan bo'lib mashhur temiryo'lchi muhandis sifatida tan olindi. U jamoat temiryo'lini qurdi va bu yerda parovozlarni harakatga keltirdi. Shuningdek, «lokomoshn» deb nomlangan li dvigatel yaratib, uni birinchi yo‘lovchi poyezdga o'rnatdi.
6-mart Qashqadaryo viloyati Nishon tumani tashkil topgan kun
Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1975-yil 6-martda tashkil etilgan. Janubida Turkmaniston, shimolida viloyatning Qarshi, sharqda G’uzor, g’arbda Kasbi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,1 ming km.kv. Tuman markazi - Yangi Nishon shahri.
Tabiati. Tuman hududi Qashqadaryo vohasining janubida, Qarshi cho’lida joylashgan. Hududining asosiy qismi cho’l, qir hamda adirlardan iborat. Bu yerda Nishon, Gulbodom, G’ovur, Kaptarli, Oydin kabi cho’l va yaylovlar mavjud. Keskin kontinental. Yillik o’rtacha harorat 14,8°. Yanvarning o’rtacha harorati 0,2°, eng past harorat -15°, iyulniki 28,8°, eng yuqori harorat 45°. Vegetatsiya davri 230 kun. Oktiyabr oyining oxirlari va noyabr oyining boshlaridan havo soviydi va namgarchilik boshlanadi. Yillik yog’in 180-220 mm. Tuman hududidan Qarshi magistral kanali o’tgan. Tallimarjon suv ombori bor. Tuprog’i asosan, bo’z tuproq. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuningdek, rus, tatar, tojik, turkman, qozoq, qoraqalpoq, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi.
Xo’jaligi. Natijada xo’jaliklari paxtachilik, g’allachilik, sabzavotchilik, polizchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.