1946-yil 28-iyunda Gorkiy avtozavodida birinchi "Pobeda” avtomobili chiqarildi. Birinchi partiyasi besh o’rinli, 50 kuchga teng 4 silindrli dvigatelga ega bo’lgan GAZ-M-20 "Pobeda” avtomobili yeg’ildi. Bu jahonda birinchi kuzovli seriyalab chiqariladigan avtomobil bo’ldi. U o’z vaqtiga qaraganda "Pobeda” ajoyib tashqi ko’rinishi va jihozlanishi bo’yicha ajralib turgan. Avtomobilning ichi ham passajirlarni o’tkazish uchunqulay bo’lgan. Avtomobilning tashqi qismini bo’yashda kulrang va jigarrang bo’yoqlardan foydalanilgan. Avtomobilda salondan tashqari alohidayukxonasi bo’lgan. Bundan tashqari quyoshdan saqlovchi soyaboni, ikkita kuldoni, shipida avtomatik ravishda ishlaydigan plafon va boshqa yangi jihozlari bo’lgan. Gorkiy avtomobil zavodida "Pobeda” 1958-yilgacha hammasi bo’lib turli ko’rinishdagi 240 mingta avtomobil chiqarilgan.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.