Dunyo siyosiy xaritasi turli tarixiy
voqealar, siyosiy o'zgarishlar natijasida o'zgarib turadi. Bunday o'zgarishlar
ayrim yangi nomlarni paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.
Dunyo tarixida siyosiy xaritaning
o'zgarishi bir necha bosqichlarga bo'linadi. Ayniqsa, ikkinchi jahon urishidan
so'ng, XIX asrning 60-yillarida ko'plab mamlakatlarning ozodlikka erishishlari
va nihoyat 90-yillarda bir qancha mustaqil davlatlarning paydo bo'lishi dunyo
siyosiy xaritasiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Bu hodisa tabiiyki joy
nomlarining o'zgarishiga ham sabab bo'ldi.
Yevropada Germaniya Federativ
Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi birlashib, yagona
Germaniya
davlati paydo bo'ldi.
Chexoslovakiya
ikkiga bo'lindi va Chexiya (poytaxti Praga) hamda
Slovakiya (poytaxti
Bratislava) davlatlari paydo bo'ldi.
SSSR ning parchalanishi natijasida
uning o'rnida
Rossiya (Moskva),
Estoniya (Tallin),
Litva (Vilnyus),
Latviya(Riga),
Ukraina (Kiyev),
Belorus (Minsk), Moldova (Kishinyov), Gruziya
(Tbilisi), Ozarbayjon (Boku), Armaniston (Yerevan), Qozog'iston (Ostona), O'zbekiston (Toshkent), Qirg'iziston (Bishkek), Tojikiston (Dushanbe) va
Turkmaniston (Ashgabad) mustaqil davlatlari paydo bo'ldi.
Sharqiy Yevropadagi davlatlarning
nomlari quydagicha o'zgartirildi: Polsha Xalq Respublikasi–Polsha Respublikasi, Vengriya Xalq Respublikasi–Vengriya Respublikasi, Bolgariya Xalq
Respublikasi–Bolgariya Respublikasi, Ruminiya
Sosialistik Respublikasi–Ruminiya Respublikasi.
Bundan tashqari, Osiyodagi Birma
davlati nomi Myanma, poytaxti Rangun shahri esa Yangon deb o'zgartirildi.
Kampuchiya o'zining avvalgi Kombodja
nomini qayta tikladi.
Efiopiyadan Eritreya davlati ajralib
chiqdi.
MDH hududidagi bir qancha shaharlar
va boshqa ob'yektlarning nomi ham o'zgartirildi.
Ilgargi va hozirgi nomi
Leningrad - Sankt-Peterburg
Kalinin - Tver
Gorkiiy - Nijniy Novgorod
Kuybishev - Samara
Sverdlovsk - Yekaterinburg
Jdanov - Mariupol
Selinograd - Ostona
Krasnovodsk - Turkmanboshi
Chorjo'y - Turkmanobod
Ribache - Baliqchi
Prjevalsk - Qorako'l
Jambul - Taraz
Kommunizm ch. - Somoniy ch.
Gurev - Atirau
Aktyubinsk - Atirau
Shevchenko - Oqtov
Kushka - Sarxatobod
Mirali MIRAKMALOV
geografiya fanlari nomzodi, dotsent
O`zbekiston Milliy Universiteti
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.