"Samarqand” soʻzining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir qancha taxmin va gipotezalar mavjud. Sharq mualliflari "Samarqand” soʻzining birinchi qismi, yaʼni "Samar” soʻzi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sunʼiy taʼriflarni taklif etdilar. Biroq tarixda bunday ismli kishi toʻgʻrisida maʼlumotlar aniqlanmagan.
Soʻzning ikkinchi qismi "kent” (kand) — qishloq, shahar degan maʼnoni bildiradi. Baʼzi yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha "Samarya”ra yaqin, yaʼni "yigʻilish, yigʻin” soʻzidan kelib chiqqan deb izohlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokanda deb atalgan . Bu haqiqatga ancha yaqin boʻlib, Marokanda — Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir. XI asr olimlaridan Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Koshgʻariy shahar nomining kelib chiqishini "Semizkent”, yaʼni "semiz qishloq” soʻzining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.