Viktoriya regiya issiq va sernam sharoitda o’sadigan ko’p yillik ajoyib suv o’simligidir. Tabiatda shunday o’simlik borligini 1801-yilda aniqlangan.
Viktoriya regiyaning asl vatani — Janubiy Amerika. Bu o’simlik Amazonka va Orinoka daryolari havzalarida o’sadi. Uning bargi juda katta, diametri 2 metrga yaqin. Suv yuzida qalqib turadigan bargining shakli ulkan barkashni eslatadi. Bargning chetlari 5-10 santimetr kenglikda tepaga qayrilgan. Bargni yo’g`onligi 5-10 santimetr keladigan tomir ushlab turadi. Viktoriya regiyaning bargi bolalarni, 50 kilogrammlik yukni, hatto yuziga bir tekis qilib sepilgan 75 kilogramm qumni ham ko’taradi.
Bu o’simlik avgust oyida gullaydi. Gulining eni 40 santimetrga yetishi mumkin. Guli uch kun yashaydi: har kuni kechqurun ochilib, tongda yumiladi. G`unchasi suv ostida bo’lib, ochilishiga yaqin suv betiga chiqadi. G`uncha oq rangda bo’ladi. Birinchi kuni pushti rangda ochiladi, ikkinchi kuni gul to’q qizil rangda, uchinchi kuni esa och qizil rangda ochiladi. Gul barglari to’kilgach, gul bandi suv ostiga tushadi va mevasi suv ostida yetiladi. Yerli xalq bu o’simlikning mevasini yeydi.
Viktoriya regiya urug`dan ko’payadi. Uning normal o’sib rivojlanishi uchun suvning harorati +30° atrofida bo’lishi kerak. Bu o’simlik o’z vatanidan boshqa joylarda oranjeriyalardagina o’stiriladi. Moskva, Sankt-Peterburg va Toshkentdagi botanika bog`larida bu o’simlik bor.
BAMBUK
Bambuk - daraxtga o’xshash, lekin boshoqli o’simlik; uni daraxt deb bo’lmaydi, uning tabiati butunlay boshqacha.
Bambuk juda-tez o’sadi, bo’yi 38 metr, tanasining aylanasi 80 santimetrga boradi. Yosh bambuk besh-olti Hafta ichida 18 metr o’sishi mumkin. Bambuk kun sayin emas, soat sayin o’sadi, qulay sharoitda bir kunda yarim metrdan ortiq o’sishi mumkin.
Bambuk pishiq va engil bo’lganligidan undan uylar, shiyponlar, ko’priklar, Har xil mebellar yasaladi. U vodoprovod quvurlari uchun Ham juda bop. Bambukdan turli savatlar, qutilar ishlanadi, qipiqlaridan presslab paloslar tayyorlanadi, tanasining ustki qavatidan pichoq va qayroq, tolali po’stlog`idan esa ipak qog`oz ishlanadi. Bambukdan xar xil musiqa asboblari yasaladi, bambuk bo’g`inlarida to’planib qolgan moddadan chinni sanoatida foydalaniladi, suliga o’xshash donidan non pishiriladi, sarsabil mazasini eslatuvchi novdalari xar xil ovqatga ishlatiladi. Bambukni qaynatib yoki saryog`da qovurib xar xil sho’rvalar, qaylalar pishiriladi, quritib yoki konservalab qishga olib qo’yiladi. Bambuk bargi aralashtirib pishirilgan jo’ja go’shti eng mazali ovqat hisoblanadi.
BAOBAB
Baobab savannalarga xos ajoyib daraxtdir.
U dunyodagi bahaybat daraxtlarning ham eng ulkani. Ba’zan uni «o’simlik dunyosining
begemoti» deb atashadi.
Baobabning ko’rinishi juda g`alati; shuning
uchun bo’lsa kerak, mashhur sayyoh D. Livingston uni to’ntarib qo’yilgan ulkan sabziga
o’xshatgan. Afrikaliklardagi bir rivoyatda: «Kunlarning birida qudratli tangri baobab
daraxtidan g`azablanib, uni sug`urib olgan-u, ildizini yuqoriga, shoxini pastga
qaratib to’ntarib yana yerga suqib qo’ygan», — deyiladi.
Tanasi silliq
po’stloq bilan qoplangan baobab daraxtining bo’yi 18-20 metr, tanasining aylanasi
45 metr keladi, diametri osa 10 metrdan ham ortishi mumkin.
Bu daraxt savannada ulkan posbondek qad ko’tarib
turadi, qurg`oqchilik davri boshlanishi bilan barglari to’kilib, qing`ir-qiyshiq
shoxlari yalang`ochlarshib qoladi. Baobab daraxti uzoq — 5000 yilgacha yashaydi.
Lekin ba’zi bir olimlar bu fikrga shubha bilan qaraydi. Darhaqiqat, bu daraxtning
yoshini aniqlash juda qiyin, chunki baobab tanasida boshqa daraxtlardagi singari
yillik halqalar bo’lmaydi. Keksa daraxtlarning o’zagi chirib qoladi, o’zaksiz baobab
ichiga turli parrandalar, yovvoyi asalarilar in qiladi; u odamlar uchun ham boshpana
bo’lib xizmat qiladi. Ayrim baobablarning ichiga 20-30 kishi sig`ishi, mashinalar
uchun «garaj» vazifasini o’tashi mumkin.
Baobab daraxti
goh «semirib», goh «ozib» turadi: yomg`irli mavsumda suvga to’yingan baobab biroz
«to’lishadi», qurg`oqchilik mavsumida yana «ozadi». Baobab, odatda, suv yaqinida
o’sib, ildizi tanasidan 100 metr nariga cho’zilib ketadi. Baobab daraxtining yog`ochi
bo’sh bo’lib, o’zida ko’p nam saqlaydi. Uning tanasida jami 15 ming litrgacha suv
to’planishi mumkin.
Yomg`irli mavsum boshlanishi bilan baobab
gullaydi. Gullari juda yirik bo’lib, diaffeetri 15-20 santimetrga etadi. Uning oppoq
gullari tunda ochiladi, xushbo’y bo’ladi. Gullarini ko’rshapalaklarning bir turi
changlatadi, tong otishi bilan bu gullar so’liydi.
Baobab mevalari qurg`oqchilik mavsumi boshlanishi
oldidan etiladi. Bu paytda daraxtning mayda barglari to’kilib, bodringga o’xshash
mevalari quruq shoxlarida osilib turadi. Uning mevasi ham, urag`i ham iste’mol qilinadi.
Mevasi biroz nordon, mazali, uzunligi 35 santimetr, yo’g`onligi 17 santimetr keladi.
Baobab mevasini maymunlar xush ko’rib yeydi. Maymunlar ko’pincha baobab tanasi ichida
yashaganligidan uni «maymun daraxti» deb ham yuritishadi. Baobabning bargida suyakni
mustahkamlaydigan modda ko’p bo’lganligidan fillar baobab barglarini ishtaha bilan
yeydi.
Baobab daraxti
va uning mevasi mahalliy xalq uchun katta ahamiyatga ega. Ular baobab mevasini ovqat
o’rnida iste’mol qiladilar, yosh nihollaridan xushxo’r ichimlik tayyorlaydilar.
Iki ichimlik chanqoqni tez bosadi. Yosh novdalar ovqatga ham ishlatiladi. Daraxt
po’stlog`i va bargidan tayyorlangan tolqon murch va tuz o’rnida iste’mol qilinadi.
Baobab mevasidan xushbo’y moy olinadi, urug`i qovurilib yeyiladi, bargi esa ovqatga
ishlatiladi, yog`ochi va po’stlog`idan qog`oz tayyorlanadi, tola olinadi. Bu toladan
arqon eshiladi, qop, baliq tutish uchun to’r va dag`al mato to’qiladi. Baobab yog`ochidan
laxta ham tilinadi, o’yib qayiq ishlanadi.
Baobabdan har xil dori-darmonlar ham tayyorlanadi.
Uargining damlamasi bezgakka qarshi davo. Uning mevasidan ham dori tayyorlanadi.
Yerli xalqlar chaqaloqni, baobab daraxtidek azamat bo’lsin, deb uning novdasi va
ildizi qaynatilgan suvda cho’miltirishadi.
Baobab — savannalardagi ajoyib daraxtdir. U dunyodagi bahaybat daraxtning ham eng ulkanidir. Ba’zan uni «o‘simliklar dunyosining begemoti» deb atashadi. Tanasi silliq po‘stloq bilan qoplangan baobab daraxtining bo‘yi 18-20 metr, tanasining aylanasi 45 metr keladi, diametri esa 10 metrdan ham ortishi mumkin.
Bu daraxt savannada ulkan posbondek qad ko‘tarib turadi, qurg‘oqchilik davri boshlanishi bilan barglari to‘kilib, qing‘ir-qiyshiq shoxlari yalang‘ochlanib qoladi. Maymunlar ko‘pincha baobab tanasida yashaganligi uchun u maymun daraxti ham deyiladi. Baobab daraxti 5000 yilgacha yashaydi. Lekin ba’zi bir olimlar bu fikrga shubha bilan qaraydi. Darhaqiqat, bu daraxtning yoshini aniqlash juda qiyin, chunki baobab tanasida boshqa daraxtlardagi singari yillik halqalar bo‘lmaydi.
A.Rafiqov, H.Vahobov, A.Qayumov, Sh.Azimov
nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent - 2012
BANAN
Banan issiq
o’lkalarda o’sadigan baland bo’yli o’simlik bo’lib, uning mevasi «dondlar mevasi»
deb yuritiladi. Bu o’simlikning balandligi 10 metr atrofida,
tuproq ostidagi ildizpoya uning asosiy tanasi hisoblanadi. Ildizpoyadan yo’g`onligi
qalamdek keladigan juda ko’p uzun va qayishqoq ildizlar atrofga taralib ketadi.
Bu ildizlar juda yashovchan. Uning bir bo’lagini, hatto biroz turib qolgan bo’lsa
ham yeksan-giz, undan banan o’sib chiqadi. Shuning uchun banan urug`dan emas, balki
ildizda ko’paytiriladi. Madaniylashtirilgan bananlarning mutlaqo urug`i bo’lmaydi.
Banan o’simligi tanasida o’ndan ortiq
(hatto yigirmatagacha) uzun barglar osilib turganligidan u ko’rinishidan xurmo daraxtiga
o’xshab ketadi. Barglarining ajoyib xususiyati shuki, jazirama issiq kunlari ular
osilib tushadi, bargning chetki tomonidagi teshikchalar kichrayib, quyosh nurlari
bargning yaltiroq parda bilan qoplangan ustki tomonigagina tushadi, shu tufayli
o’simlik tarkibidagi suvning bug`lanishi kamayadi. Ob-havo nam va nisbatan salqin
paytlarda bargning chekkasi tepaga qayriladi, bargning chetki tomonidagi teshikchalar
kengayadi va namning bug`lanishi ortadi. o’simlikning mo’tadil rivoji shuni taqozo
etadi.
Bu o’simlikning har tupi bir gulto’da bo’lib
gullaydi va meva bir bosh banan tugadi. Bir bosh bananda 200-300 dona meva - «banan
g`ujumlari» bo’lib, umumiy og`irligi 50-60 kilogramm keladi. Bir bosh bananning
uzunligi 2 metrga borishi mumkin. Hosil pishib etilgach, poya sekin-asta quriydi,
ammo ildizpoyadan yana juda ko’p novdalar shoxlab chiqadi. Ularning har biridan
rosmana bir tup banan o’sib chiqib, ular ham hosil berishi mumkin. Shuning uchun
bir marta ckilgan banandan bir necha o’n yil mobaynida hosil olib turiladi.
Tropik o’lkalarda o’simlikning vegetatsiya
davri yil bo’yi davom etganligidan ildizpoyada turli «yosh»dagi bachkilarni qoldirib,
bananzorlarda yil bo’yi uzluksiz hosil yig`ishtirib olsa bo’ladi. Shu tufayli banan
plantatsiyalaridan katta daromad olinadi.
Banan mevalari o’simlik tanasida turib pishsa,
mazasi o’zgaradi, xushbo’y hidi yo’qoladi, po’sti yorilib, mag`zi qushlar bilan
hasharotlarga yem bo’lishi mumkin. Shuning uchun batian mevalari, odatda, pishib
yetilmasidan, dumbulligida uzib olinib, pishib yetilguncha saqlanadi. Shunda meva
tarkibidagi kraxmal qandga aylanadi, meva o’ziga xos maza, xushbo’y hid kasb etadi.
Banan o’simligi ekilib, 14-15 oy o’tgandan
keyin hosil beradi. Banan odamlarga ma’lum bo’lgan madaniy o’simliklar
ichida eng qadimgilaridan biridir. Bananning vatani - Osiyo.
Osiyoda banan juda qadimdan yetishtirib kelingan.
Keyinchalik bu o’simlik boshqa joylarga ham tarqalgan, Amerikagacha yetib borgan.
Banan issiq o’lkalardagina o’sadi. Havo harorati muttasil +20°C dan yuqori bo’lgan,
ming millimetrdan ham ko’p yog`in yog`adigan iqlimiy sharoit banan uchun juda mosdir.
Agar harorat keragicha issiq, tuproq yaxshi bo’lsa, uni sug`orib o’stirish ham mumkin.
Banan Osiyo, Afrika, Avstraliya, Markaziy
va Janubiy Amerikaning issiq, nam sohillarida, tropik orollarida mahalliy xalq uchun
oziqa sifatida qadimdan yetishtirib kelingan. Bu nozik meva XIX asrgacha chetga
chiqarilmagan, shuning uchun mo’tadil o’lkalardagi odamlar bu mevadan bexabar bo’lganlar.
XIX asr oxiri va XX asr boshlaridan banan boshqa o’lkalarga ham chiqarila boshlangan.
Chetga chiqarish va ko’proq daromad olish maqsadida u tobora ko’plab yetishtiriladi,
keyinchalik Markaziy va Janubiy Amerikaning Karib dengizi sohillarida ham ko’plab
ekila boshlaydi.
HIND XURMOSI

Hindistonda banan
- hind xurmosi deb ataladigan ajoyib daraxt o’sadi. Banan daraxti yoshligida ingichka,
nozik bo’ladi, lekin tez o’sib ulg`ayadi va juda ko’p shoxlaydi.
Shoxlaridan novdalar, o’ziga xos «ildizlar» o’sib
chiqadi. Kokilga o’xshash novdalar yergacha osilib tushadi va yerga tekkan joyidan
ildiz otadi. Bir necha yildan keyin uning o’zi ham rosmana daraxtga aylanadi. Shunday
qilib, bir daraxt o’zidan ko’payib, juda katta maydonni egallaydi.
Hindistonning Kalkutta
shahridagi bir tup banan ko’payib, hozir 1000 tup daraxtga aylangan va 1,2 gektar
joyni egallagan. Bu daraxt hozir 200 yoshda. Banyanlarning shoxlari birbirlariga tutashib ketib, ulkan
bir daraxtzorni eslatadi. Shuning uchun bananni «o’zi bitta, tanasi mingta daraxt»
deb atashadi.
Shri-Lanka orolidagi
mashhur bananning 1360 ta yo’g`on va 3000 ta mayda tanasi bor deyishadi. Uning asosiy
ona tanasining yo’g`onligi 2 metrga boradi, boshqalarining yo’g`onligi 1 metr. Bu
antiqa daraxtning novdasimon o’sib chiqqan ildizlari nam havodan oziqlanadi; shunday
ildizlari bo’lmasa hind xurmosi bunchalik ko’paymas edi.
SEKVOYYA - ULKAN DARAXT

Sekvoyya Yer sharida faqat Serra-Nevadaning
g`arbiy yonbag`irlarida saqlanib qolgan. Agar bu daraxtni
Yer sharida yashab o’tgan yashil mavjudotlarga qiyos qiladigan bo’lsak, uni yashil
dinozavr deb atash mumkin.
Aytmoqchi, sekvoyya dinozavrlar
bilan zamondosh hisoblanadi. Dinozavrlar ham, Yevropa va Osiyodagi sekvoyyalar ham
qirilib bitgan. Muzlik bosmagan Kaliforniyadagina Yer sharidagi asosiy mo’jizalardan
biri — sekvoyya bizgacha saqlanib qolgan.
…Ulug`vor sekvoyyaning ming yillik
qizg`ish tanalari uzoqdan xuddi tarashlangan dag`al toshga o’xshab ko’rinadi. Ҳaqiqatda esa uning tanasi namatga
o’xshash po’stloq bilan qoplangan, qo’lingizga g`ovak va iliq tuyuladi.
Sekvoyya po’stlog`ining qaliinligi
60 santimetr, qo’l bilan bossangiz yumshoq, ushaladi. Ushalgan parchasi po’kakka
o’xshaydi, ezsangiz bir siqim qizg`ish kukunga aylanadi. Po’stlog`i bamisoli ko’rpa,
daraxtni qattiq sovuqdan himoyalaydi. Sekvoyya po’stlog`ining bundan muhimroq xususiyati
ham bor: issiqlik ta’sirini ichkariga o’tkazmaydi. Shunday bo’lmaganda o’rmonda
chiqqan yong`inlar sekvoyyaning uzoq yashashiga yo’l qo’ymagan bo’lar edi. Sekvoyya
o’rmonlarida ko’p martalab yong`in chiqqan… Bu yong`inlarga uch yuz… besh yuz… to’qqiz
yuz yil bo’lgan… Tanasining bir qismi kuygan sekvoyyalar ana shunday katta yong`inlardan
guvohlik berib turibdi. Bir katta sekvoyyaning o’zagi kuyganu, ammo u hamon yashafnoqda.
Biz xuddi g`orga kirgandek, qadimgi yong`inda kuygan bir daraxtning kavagiga kirdik.
Fonus yoqdik. Bu kavak bir xonali xonadoncha kelar edi.
Bir sekvoyyaning kavagiga garaj va savdo do’koni joylashgan (tomosha va reklama
maqsadida), boshqa bir daraxt kavagini ayiqlar egallagan: ular shu kavakda qishlashar
ekan.
Yong`inlar sekvoyyalar uchun foydali,
degan fikrlar ham bor: yong`in pastda joylashgan barcha o’simliklarni kuydirib kulga
aylantirgach, yerning shirasi faqat sekvoyyaga qoladi. Bundan tashqari yong`indan
keyin yer kul bilan o’g`itlanadi. Sekvoyyaning uzoq umr ko’rishiga yana bir sabab
shuki, uning yog`ochi chirimaydi; u xastalikni pisand qilmaydi. Uning yonidagi boshqa
daraxt kasallikka chalinib qurib yotibdi, ammo sekvoyya xuddi sehrlab qo’yilgandek
yashnab turibdi. Uning qizg`ish tanasi bo’g`zidan tortib uchigacha toza va beg`ubor.
Keksa daraxtlarning shox-shabbalari
tepasida, juda balandda boshlanadi. Agar uning bahaybat tanasi bilan shox-shabbalarni
bir-biriga taqqoslaydigan bo’lsak, xuddi katta kishining boshiga yosh bolaning do’ppisini
qo’ndirib qo’ygandek g`alati ko’rinadi.
Ming yashar sekvoyyalar bir-biridan
ancha narida, siyrak o’sadi. Ularning yoniga borish uchun boshqa daraxtlarni, qalin
o’tlarni, to’kilgan shox-shabbalarni yorib o’tishga to’g`ri keladi, ahyon-ahyonda
ulkan «tosh»larni ham aylanib o’tish kerak bo’lib qoladi. Bizga toshga o’xshab ko’ringan
narsalar aslida ag`darilgan sekvoyya daraxtining tanalaridir. Ag`darilgan sekvoyya
chirimaydi, uning po’stlog`i tushib ketadi-yu, ammo yog`ochi juda uzoq vaqtlargacha
chirimay yotaveradi.
Qadimiy sekvoyyalarga borish uchun
o’rmon ichidan yo’l ochilgan. Har bir daraxtning nomi bor. Ayrimlariga
mashhur odamlarning nomi berilgan. Shuning uchun Magellan, Kopernik, Galiley, Kolumb
nomi bilan ataluvchi sekvoyyalar uchrashiga taajjublanmasa ham bo’ladi. Qizil tanali bu daraxtlar mashhur odamlardan
ham mashhurroqdir. «General Sherman» nomli daraxtni olaylik. Uning bo’yi 90 metr,
yo’g`onligi 10 metr, yoshi taxminan uch ming yil. Daraxtning ko’rinishi hundan
500 yil ilgari qanday bo’lgan bo’lsa, hozir ham shunday.
Yer sharidagi eng keksa daraxtlardan biri bo’lgan
sekvoyyaning yonida kichik bir niholni qidirib topdik. Bu yosh nihol bundan besh
yil ilgari shu ulkan sekvoyya urug`idan unib chiqqan bo’lsa ajab emas. Uch ming
yosh bilan besh yosh — ota bilan o’g`il! «Ota bilan farzand» o’rtasida yosh jihatdan
bunchalik katta farqni qayerda uchratish mumkin?! Modomiki sekvoyya uch ming yil
yashar ekan, bu yosh niholning 5005-yildagi quyosh chiqishini ko’ra olishi ehtimoldan
uzoq emas. o’sha vaqtga borib niholning qanday ko’rinishga kirishini oldindan tasavvur
qilish mumkin-u, ammo 5005-yilda Yer sharida yashaydigan insonlar to’g`risida taxminiy
fikr aytish qiyin.
Sekvoyyalarning qulashi kam uchraydi.
Shunday bo’lsada, 1953-yilda odamlarning ko’z o’ngida bir sekvoyya qulagan. Uning
tanasiga «Bu daraxt 2415 yil umr ko’rgan» deb yozib qo’yilgan. Buning to’g`riligiga
ishonish uchun sekvoyya tanasidagi yillik halqalarni sanab ko’rish mumkin.
Daraxtning qirqilgan joyiga insoniyat
tarixidagi ayrim voqealar yozilgan. Mana shulardan ba’zilari:
«Eramizdan oldingi 323-yilda Iskandar
Zulqarnayn vafot etgan. Buyuk sarkardaning jasadi asal to’ldirilgan bochkaga solinib,
dafn etish uchun Osiyodan o’z yurtiga keltirilgan. o’sha yili sekvoyya 136 yoshda
bo’lgan».
«Eramizdan oldingi 44-yilda Yuliy
Sezar vafot etgan. o’sha vaqtda sekvoyya 400 yoshda bo’lib, tanasining yo’g`onligi
bir yarim metrga etgan».
«Eramizning 570-yili Muhammad sollallohu
alayhi va-sallam — payg`ambar tug`ilgan. o’sha vaqtda sekvoyya 1032 yoshda bo’lgan».
1348-yilda Yevropada vabo tarqalgan,
1492-yilda Amerika «kashf etilgan» vaqtlarda sekvoyya necha yoshda bo’lganligi ham
shu tarzda yozib qo’yilgan.
Sekvoyya daraxtlari muhofaza qilinmoqda.
1890-yilda sekvoyyalarni muhofaza qiluvchi park - qo’riqxona tashkil etilgan.
KOKOS PALMASI

Palmalarning turi
juda ko’p, ammo eng ko’rkam palmalardan biri kokos palmasidir. Uning silliq tanasining bo’yi 30-40 metr, yo’g`onligi 60 santimetr
keladi.
Daraxtning uchidagina uzunligi 3-4 metr keladigan,
patsimon 10-14 ta bargi bo’ladi. Boshqa ko’pchilik xurmolar tik o’sib ustunga o’xshab
turadi. Kokos palmasining tanasi esa bir tomonga, ko’proq okean tomonga yonboshlab
o’sadi. Bu palma barglari tapmoqlanib ketgan joyidan gullaydi, gullari mayda bo’ladi.
Ammo mevasining kattaligi bolalar kallasicha keladi.
Uning mevasini «kokos yong`og`i» deb atash
odat bo’lib qolgan. Bir dona mevasining diametri 18-20 santimetr, uzunligi 26 santimetr.
Har bir kokos palmasi yiliga 20-25 tadan 60 lagacha yong`oq beradi. Hosili biryo’la
pishib yetilmaydi. Shuning uchun hosili yiliga 5-6 marta terib olinadi. Kokos palmasi
ikki xil: erkak palma va urg`ochi palma bo’ladi. Faqat urg`ochi palma hosil beradi.
Kokos yong`og`ining sirti dag`al jigarrang toladan iborat bo’lib, bu tolalardan
arqon eshiladi, cho’tka qilinadi, dag`al palos, savat va boshqa narsalar to’qiladi.
Yong`oqning pishiq, zich po’chog`idan turli idishilar tayyorlanadi.
Kokos yong`og`i dumbulligida ham, pishganida ham iste’mol qllinadi.
Yong`oq dumbul vaqtida juda ko’p miqdorda «kokos suti» beradi. Yong`oq uzib olingach,
tepasi o’tkir pichoq bilan cho’rt kesib tashlanadi va ichidagi rangsiz, nordon,
muzdek «kokos suti» ichiladi. Bu suyuqlik to’yimli bo’lib, chanqoqni tez bosadi.
Kokos yong`og`i pishganida «suti» kamayadi, po’chog`ining ichida yog`li va oqsilli
mag`iz hosil bo’ladi. Yong`oq mag`izi kopra deb ataladi. Uni yeyish mumkin. Ko’pincha u po’chog`idan ajratib
olib quritiladi va undan kokos yog`i olinadi.
Bu yog` xo’jalikda iste’mol qilinadi. Undan margarin olinadi, qoldig`i esa
sovun tayyorlashda ishlatiladi. Kopraning kunjarasi molga beriladi. Kokos palmasining
gullari tilib qo’yilsa, kuniga uch litrgacha shira oqib chiqishi mumkin. Bu shiradan
qand, sharob tayyorlanadi.
Kokos yong`oqlarini terib olish oson ish emas, uni faqat mutaxassislar tera
oladi.
Kokos palmasining mustahkam yog`ochi - tengi yo’q qurilish materiali, barglari
esa tombop materialdir. Ular kulbalarning tomiga yopiladi; barglaridan savat, bo’yra
to’qiladi, shlapa va zontik yasaladi. Yosh barglar sabzavot o’rnida ovqatga
ishlatiladi.
XURMO

Afrika shimolidagi
vohalarda yashaydigan xalqning asosiy non-nasibasi xurmo hisoblanadi. Ular jazirama
issiq kunlarda xurmo daraxti soyasidan bahramand bo’lishadi.
Xurmo daraxli shu yerlik xalqning ozuqaga, qurilish
materiallariga, qisqasi, kun ko’rish uchun zarur narsalarga bo’lgan ehtiyojlarini
qondiradi. Sahroyi Kabirning ayrim viloyatlarida xurmo (mevasi) hamon pul vazifasini
o’tab kelmoqda.
Xurmo - parvarishtalab
daraxt. Arab xalqida shunday
bir naql bor: «Xurmo cho’l malikasi, uning oyog`i suvda, boshi olovda». Xurmo uchun
nam va salqin turpoq bilan birga jazirama issiq, quyoshli kunlar zarur. Unga shunday
sharoit yaratib berilgandagina u kishilar mehnatini oqlaydi, ularga o’zining tilladek
mevalarini in’om etadi.
Xurmo daraxti tanasidan o’sib chiqqan o’simtalarni
olib o’tkazish yo’li bilan ko’paytiriladi. Shu tarzda ekilgan xurmo 4-5 yildan keyin
hosil bera boshlaydi, 11 yildan keyin kamolga etadi. Xurmo daraxtining har bir tupi
yiliga o’rta hisobda 40 kilogrammdan hosil beradi va taxminan yuz yilgacha hosil
berib turadi. Ba’zi xurmolarning har tupidan 100 kilogrammgacha hosil olinadi.
Sahroyi Kabirda xurmo daraxti, odatda, aprel oyida
gullaydi. Sug`oriladigan yerlardan unumliroq foydalanish maqsadida ayrim hollarda
xurmo daraxtlari orasiga o’rik, uning tagiga esa sabzavot ekinlari ekiladi.
Sahroyi Kabirda barcha xurmo daraxtlarining hosili
tayin etilgan bir kunda terib olinadi. Yalpi terim «e’lon» qilinmaguncha hech kim
o’zining shaxsiy mulki hisoblangan daraxtning bitta mevasini ham uzib ololmaydi
- haqqi yo’q; xurmoni bevaqt uzgan kishi jazoga mahkum etiladi. Vohadagi tartib-qoida
shunday. Қabila boshliqlari yoki mahalliy hokimlar hosil yig`ishtirib
olinadigan kunni tayinlagach, bu haqda butun mamlakat bo’ylab xabar qilinadi. Belgilangan
kuni hamma o’ziga tegishli xurmolarni bitta qo’ymay terib olishi shart. Terib olingan
xurmolar xonalarning shipiga osib qo’yiladi. Xurmo osig`lik holda bir necha oy,
hatto yillab saqlanganida ham mazasini va xushbo’y hidini yo’qotmaydi.
Jazirama issiq kunlari cho’lda tangacha soya topilmaydigan
kezlarda hamma o’zini xurmo soyasiga oladi. Cho’lda xurmo muqaddas mevadek aziz.
Chaqaloqning beshigi, kelinchakning ro’moli xurmo bilan bezatiladi. Xurmo yaproqlari
qadimgi Misrda o’ziga xos kalendar vazifasini ham o’tagan. Rosa bir oyda xuraio
bargi qurib tushadi.
Xurmo mevasiga to’yimliligi jihatdan biron-bir meva
teng kelolmaydi. Quritilib taxlangan xurmoni arablar «cho’l noni» deb
atashadi. Xurmoning tarkibida 70% qand, bir foiz yog`, 6% oqsil moddasi va turli
vitaminlar bor. Arablar xurmodan har xil taomlar tayyorlaydi, turli tarzda ovqatga
soladi. Ular, ko’pincha arpa uniga xurmo qo’shib non pishiradilar, xurmo shirasidan
shinni, ba’zan «asal» ham tayyorlaydilar, xurmo daraxti barglaridan pishiq va qayishqoq
savatlar, bo’yralar to’qiydilar, tolasidan esa turli arqonlar eshadilar. Keksa xurmo
daraxtlari quriganida ulardan qurilish materiali sifatida foydalaniladi.
Xurmoning navlari juda ko’p: ayrimlari juda quruq,
boshqalari juda shirali bo’ladi. Chetga chiqariladigan xurmolar, odatda, bir haftagacha
ildizida quritiladi. Ular sekin-asta turshak bo’la boshlagach, uzib olib yashiklarga,
ayrim hollarda maxsus qoplarga joylab Yevropa, Amerika va boshqa mamlakatlarga yuboriladi.
Қuritilgan xurmo bir necha yilgacha aynimaydi. Xurmo,
asosan, Afrikaning shimoli va Osiyoning janubi g`arbidagi mamlakatlarda yetishtiriladi.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!