Rasmiy nomi — Quvayt Davlati. Poytaxti — Al Quvayt. Hududi — 17818 km.kv. Davlat tili — arab. Dini — islom. Pul birligi — quvayt dinori.
Geografik joylashuvi va tabiati. Osiyo qit’asining janubi g‘arbiy qismidagi davlat. Janubda Saudiya Arabistoni (chegara uzunligi — 222 km), shimolda va shimoli g‘arbda Iroq (242 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi — 499 km. Hududining katta qismi cho‘lli pasttekisliklardan iborat. Asosiy tabiiy resurslari: neft, tabiiy gaz. Iqlimi — yilning katta qismida issiq havo hukmronlik qiladi.
Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — konstitutsion monarxiya. Mamlakat tarkibi — 5 ta gubematorlikdan iborat. Quvayt 1961-yil 19-iyunda Buyuk Britaniyadan mustaqillikni qoiga kiritgan. Milliy bayrami — 25-fevral — Milliy kun. Davlat boshlig‘i — amir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni amir va bir palatali parlament — Milliy Majlis amalga oshiradi. Siyosiy partiyalari yo‘q.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodining asosini neft qazib olish va neftni qayta ishlash sanoati tashkil etadi. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, AQSH, Italiya, Yaponiya. Temiryo’llari yo’q. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi — 4270 km. Muhim portlari: Mina-Saud, Mina-Abdulloh, Mina-al-Ahmadi.
Tarixi. VII asrdan Quvayt arab xalifaligi tarkibiga, XVI asrdan boshlab Usmoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan. 1756-yilda avtonomiya maqomini olgan Quvayt amirligi 1899-yil Britaniya protektoratiga aylandi. 1961-yilda mustaqillikni qo‘lga kiritadi. 1990-yil mamlakat Iroq tomonidan bosib olinadi va Iroqning 19-provinsiyasi deb e’lon qilinadi. 1991-yil yanvarda BMT Xavfsizlik Kengashi qarori bilan ittifoqchilar qo‘shinlari Quvaytni ozod qilish harakatini boshlaydi va bu harakat fevralda muvaffaqiyatli yakunlanadi.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!