O`qituvchi
odobining xususiy (o`ziga xos) qonuniyatlari:
- O`qituvchilik kasbini va bolalarni sevish;
- O`qituvchi o`zi dars beradigan fanni, uni o`qitish
nazariyasi va metodikasini, pedagogika, psixologiya va mafkuraga doir chuqur
bilimga, yuksak ma`naviy madaniyatga ega bo`lishi;
- O`qituvchi shaxsining axloqiy pokligi;
- Jamiyat oldidagi burchini, pedagogik mas`uliyatini yuksak darajada anglash, axloqiy
e`tiqodli bo`lish;
- O`zi bajarayotgan ishning haqligiga va o`z kuchiga,
o`quvchilarining har biri ulg`ayib jamiyat uchun foydali, yaxshi odam bo`lib
yetishishiga ishonch;
- O`qituvchining yaxshilik qilish istagi, xushmuoalaligi
va amaliy ishlarining, ya`ni so`zi bilan ishining birligi;
- Hamma o`quvchilarga nisbatan xolis niyatli, ob`yektiv,
talabchan, adolatli bo`lish;
- Pedagogik faoliyatning axloqiy xarakteri bilan
pedagogik ijodkorlikning uyg`unligi;
- Pedagogik jarayonda sodir bo`lib turadigan
ziddiyatlar, nizolarni ma`muriy yo`l bilan emas, balki axloqiy mezonlar asosida
murosaga kelish yo`li bilan hal etish;
- Sinf jamoasining fikr-mulohazalarini e`tiborga olish,
ularga ishonch bilan qarash, bolaning xulqiga baho berganda uning sabablarini,
motivlarini e`tiborga olish;
- Sinfda muallim "yaxshi ko`radigan”, "yomon ko`radigan” o`quvchilar bo`lmasligi kerak. O`quvchini biror xato xatti-harakati uchun yomon
ko`rib qolmaslik, har bir bolaning yaxshi fazilatlarini aniqlash, o`stirish va
tarbiyaviy ta`sir o`tkazishda unga tayanish;
- O`qituvchi o`zining butun hayoti va mehnat faoliyatida
yomonlikka, adolatsizlikka, nopoklikka, xulqi buzuqlikka nisbatan murosasiz
ekanligini ko`rsatishi;
- Bolaning ishonchini suiiste`mol qilmaslik, uning
qalbiga "sir”larini oshkor etmaslik, oldin yo`l qo`ygan xatolarini tana
qilmaslik;
- Muallim
tarbiyachi sifatida, axloqan pok, tajribali inson sifatida o`quvchilarga
axloqiy yo`l-yo`riqlarni o`rgatishi, ularda xayrli voqealar va dalillarga
ijobiy munosabatni, axloqsizlik dalillariga murosasiz bo`lish tuyg`usini
o`stirish;
- Bolalar
bilan muomala va munosabatlarda ularning har biriga alohida yondashish,
pedagogik holatni saqlash;
O`qituvchi odobining
manbalariga quyidagilar kiradi:
- O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta`limga
doir hujjatlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari, ma`ruzalari,
nutqlari;
- Umuminsoniy
va milliy axloqqa, kasb odobiga doir ilmiy asarlar;
- Quro`ni
Karim, Hadisi Sharif;
- O`rta
Osiyoda yashab ijod etgan donishmandlarning madaniy ma`rifiy, pedagogik merosi;
- Milliy-axloqiy
qadriyatlar, an`analar, urf-odatlar;
- O`zbek
xalq pedagogikasi asarlari, odobnomalar va ularga doir ilmiy-pedagogik
taqdiqotlar;
- Axloqiy
tarbiyaga doir, o`qituvchi odobiga doir ta`limotlar;
- Maktablarda
odobnoma, adabiyot va boshqa fanlarni o`qitish tajribasi, pedagogik amaliyotga
doir materiallar;
- Ta`lim-tarbiya
jarayonini, pedagogik faoliyatini aks ettirgan badiiy asarlar va boshqalar;
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.