Quyida keltirilgan rasmda 2500 yil avval Afinadagi Akropolda barpo etilib, Kariatidalar deb nomlangan haykallar tasvirlangan. Bu haykallar marmar degan tog‘ jinsidan yasalgan. Marmar tarkibiga kalsiy karbonat kiradi.
1980-yilda asl haykallar Akropol muzeyiga ko‘chirilibdi, ularning nusxalari bilan almashtirildi. Asl haykallar kislotali yomg‘irlar ta’sirida yemirilgan edi.
1-savol:Oddiy yomg‘ir biroz kislotalidir, chunki u havodan kam miqdorda karbonat angidridni yutib oladi. Oddiy yomg‘irga nisbatan kislotali yomg‘irlarning kislotaliligi yuqori, chunki u karbonat angidriddan tashqari oltingugurt oksidi va azot oksidlarini ham yutadi.
Havoga oltingugurt oksidi va azot oksidlari qayerdan keladi?
2-savol:Kechasiga sirka kislotaga solinishidan avvalmarmar bo‘lakchasining massasi 2,0 g ga teng edi. Ertasiga bu bo‘lakcha sirka kislotadan olinib,quritildi. Quritilgan marmar bo‘lakchasining massasi nechaga teng bo‘ladi?
A) 2,0 g dan kam
B) roppa-rosa 2 g
C) 2,0 va 2,4 g oralig‘ida
D) 2,4 g dan ortiq
3-savol:Ushbu tajribani o‘tkazgan o‘quvchilar marmar bo‘lakchasinishuningdek, toza (distillangan) suvga ham bir kechaga tushirib qo‘ydilar. Bu tajribani o‘quvchilar nima uchun o‘tkazganini tushuntiring.
4-savol:Quyidagi fikrlar qanchalik darajada sizni qiziqtiradi?
Har bir qatorda faqat bitta katakka (+) belgisini qo‘ying.
|
| Juda ham qiziqtiradi | Qiziqtiradi | Unchalik qiziqtirmaydi | Qiziqtirmaydi |
A) | Kislotali yomg‘irlar hosil bo‘lishiga inson faoliyatining qaysi turi ko‘proq ta’sir qilishini bilish |
|
|
|
|
B) | Kislotali yomg‘irlarga sabab bo‘ladigan gazlarning ajralib chiqishini kamaytiradigan texnologiyalar haqida bilish |
|
|
|
|
C) | Kislotali yomg‘irlar ta’siridan yemirilgan binolarni qayta tiklash uchun ishlatiladigan metodlarni tushunish |
|
|
|
|
5-savol:
Quyidagi fikrlarni qanchalik darajada ma`qullaysiz?
Har bir qatorda faqat bitta katakka (+) belgisini qo‘ying.
|
| Butunlay ma`qullayman | Ma`qullayman | Ma`qullamayman | Butunlay ma`qullamayman
|
A) | Qadimgi xarobalarni asrash ularning yemirilish sabablariga oid ilmiy ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi kerak |
|
|
|
|
B) | Kislotali yomg‘irlarning sabablari haqidagi barcha fikrlar ilmiy tadqiqotlarga asoslanishi kerak |
|
|
|
|
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.