Geografiya davlat va jamiyat rivojida muhim ahamiyat kasb etuvchi
fanlardan biri. Geografik bilimlarsiz dunyodan xabardor,teran fikrli avlodni
tarbiyalab bo'lmasligi kundek ayon haqiqatdir. "Maktabda geografiya"
jurnali jamoasi geografiya fani o'qituvchisi - siz aziz ustozlarga yaqindan
yordam berish, yangilanayotgan ta'lim jarayonida sizni fanning keyingi
yutuqlaridan muntazam xabardor qilish, ilg'or pedagogik texnologiyalar va
fundamental bilimlar asosida ish olib borayotgan mahoratli ustozlar tajribalarini
ommalashtirish singari maqsadlarni o'z oldiga qo'ygan.
Biroq biz ham o'z navbatida sizning ko'magingiz, e'tiboringiz va jurnaldagi faol ishtirokingizdan umid qilamiz. Yangi obuna mavsumida sizga taqdim etilayotgan ro'yxatlarda jurnalimiz nomi qayd etilmagandir balki. Biroq unga obuna bo'lish hatto chekka qishloqlarda ham aslo qiyin emas.
Pochta manzillariga borib, 1198 indeksi raqami bo'yicha obuna bo'lasiz, degan umiddamiz.
Jurnal bitta sonining narxi 3500 so'm, yillik obuna narxi 42000 so'm. Albatta, matbuot tarqatuvchilar bunga o'z xizmat narxlarini qo'shadilar. Ularning ishonchli va arzonrog'ini tanlab obuna bo'lish sizning ixtiyoringizda.
"Maktabda geografiya" jurnali bilan yangi yilda ham birga bo'ling. Jurnalimiz sevimli nashringiz, yordamchingizga aylanishida yaqindan ishtirok eting!
Savol va takliflariz hamda jurnalda chiqarmoqchi bo'lgan dars ishlanma, maqolalaringiz bo'lsa, m-geografiya@mail.ru elektron pochtaga yuboring yoki (+99890) 999-00-89 raqamiga telefon qilishingiz mumkin.
"Maktabda geografiya" jurnali tahririyati
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.