- Agar sizni uyqusizlik qiynayotgan bo`lsa, kechqurun 1 stakan moychechakli choy ichishga odatlaning. Moychechak asabni tinchlantirib, uyquga elitadi.
- Ovqatlangach qorin dam bo`lishi qiynayotgan bo`lsa, bir piyola qora yoki ko`k choyga bir-ikkita yalpiz bargini soling-da, ho`plab iching.
- Yog`li taomdan ko`nglingiz behuzur bo`lsa, bir stakan qora choyga yarim choy qoshiq zanjabil kukunini arashtiring-da, oz-ozdan iching.
- Organizmdagi moddalar almashinuvi buzilishida ko`k choy asqatadi. Nonushtani ko`k choydan boshlab, so`ng tamaddi qilish mumkin.
- Asabiylikdan boshingizga og`riq kirsa, qora choyga limono`tni aralashtiring-da, issiqligida qabul qiling. Tinchlanasiz. Og`riq ham engillashadi.
- Yozda shamollash bezovta qilsa, maymunjon va qorag`at mevasini aralashtirib, qora choyga damlab iching.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.