Sabzi sharbati ko'z nurini ravshanlashtiradi, buyrakni yaxshilaydi, ovqat hazm qilishni osonlashtiradi va immunitetni kuchaytiradi. Bu sharbatni tayyorlash uchun ortiqcha kuch va mehnat talab qilinmaydi. Kerakli narsalar: sabzi, sharbat siqib chiqaruvchi apparat.
Tayyorlash usuli: sabzining zaxa bo'lmagan shirinroq turini tanlab olasiz. Po'stini archib, sharbat siqib chiqaruvchi apparatdan o'tkazasiz. Bir stakan sabzi sharbatiga 1 osh qoshiq lavlagi suvidan qo'shib yuborsangiz uning foydali xususiyati yanada oshadi.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.