Vahob Rafiqov


 

Rafiqov Vahob Asomovich
Rafiqov Vahob Asomovich 1964-yilda Toshkent shahrida ziyoli oilasida tavallud topgan. 1989-yilda Toshkent Davlat Universitetining (hozirgi O`zMU) geografiya fakultetini tamomlagan. Texnika fanlari nomzodi.

Asosiy ilmiy izlanishlari Orol dengizi va Orolbo`yi geografik-gidrologik muammolari yechimining tadqiqotlariga bag`ishlangan. 40 dan ortiq ilmiy maqola hamda "Tabiat va jamiyat munosabatlarini optimallashtirishning ekologik-geografik asoslari", "Orol dengizi va Orolbo`yining 2015-yilgacha bo`lgan holati", "Yuqori quvvatli elektruzatish liniyalarining ta`sirida atrof-muhitning ekologik holati" kabi monografiyalarining muallifidir.

Rafiqov Vahob Asomovich hozirda O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti Geografiya bo`limining mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar





Информация


Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.











To Top