
2014-yilda Urganch shahrini
qayta qurish va obodonlashtirish uchun 1.6 trillion so’mdan ortiqroq mablag`
yo’naltiriladi. Ushbu mablag` hisobidan viloyatda bir qator o’quvyurtlari, sport
majmualari hamda yoshlar uchun dam olish maskanlari barpo etiladi.
2013-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali hamda talabalar uyining yangi binolari qurilgan edi. "Yoshlar ko’li”, ikkita sport majmuasi, ikkita musiqa san’at maktabi qayta ta’mirlangan edi. 21 ta umumta’limmaktablarining sport zallari, 7 ta kasb-hunar kollejlari hamda 5 ta umumta’limmaktablarida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Shovot kanali qirg`og`ida yoshlarning madaniy dam olishi
va ularni sog`lomlashtirishga mo’ljallangan turli sport maydonchalari va boshqa
turli ob’ektlari bunyod etildi. Ayni paytda shaharning"Yoshlik” dahasida yopiq mashg`ulotlar
kompleksi, zimnastika zali, 2 ta sport zali va basseyn, basketbol va badminton markazlarini
qurish ishlari davom etmoqda, deya xabar beradi UzA.
"Jaloliddin Manguberdi” hiyoboni.


Tuxum barak, qadimiy Xorazm taomi.
Masalliqlar:
Xamiriga: 
Yuqori sifatli un – 500 – 600 g;
Tuxum – 1 dona; Suv – 250 ml;
Qiymasiga:
Tuxum – 8 dona;
O‘simlik moyi – 150 ml;
Sut – 200 – 250 ml;
Tuz – tabga ko‘ra;
250 gramm sovuq suvga tuxum chaqiladi, bir choy qoshiq tuz va keraklicha un aralashtirgan holda qattiq xamir qoriladi. Dumaloq xolga keltirib 10-15 daqiqa tindiramiz. Bu vaqtda qiymasini tayyorlaymiz, laganchaga tuxumlarni chaqib aralashtiramiz. Alohida laganchada sut va o‘simlik moyini aralashtiramiz.
Aralashtirilgan tuxumga yog‘ va sutni qo‘shamiz, tuz va tabga ko‘ra ziravorlarni qo‘shib ma’lum muddatgacha aralashtiramiz. Qozonga suv to‘ldirib olovga qo‘yamiz, suv qaynagandan so‘ng tuz solinadi.
Xamirga qaytamiz, uni 1,5-2 mm qalinlikda katta qilib yoyamiz va kerakl shaklda kesamiz. So‘ng bizga sovuq, sho‘r suv kerak bo‘ladi. Sho‘r suv yordamida xamirni ikki cheti mahkam qotirilib konvertlar yasaladi. Qolgan barcha xarakatlar suv qaynayotgan qozon yoniga ko‘chiriladi.
Osh qoshiq yordamida qiymani konvert ichiga solamiz ochiq qismini xam biriktirib konvertni qaynab turgan suvga solamiz. Qaynoq suvda tuxum darxol qota boshlaydi 3-4 daqiqa qaynatilgandan so‘ng laganga olamiz va bir-biriga yopishib qolmasligi uchun oldindan tayyorlangan yog‘ni quyamiz.
Bahorda va yozda turli xil ko‘katlar aralashtirishimiz mumkin ya’ni, ismaloqdan tortib ko‘k piyozgacha.
Mazkur taom parhez taom hisoblanib inson organizmi hazm qilish organlari kasalliklarida juda foydali.
4. Muqaddas
qadamjolari.
Pahlavon Maxmud ziyoratgohi. (1246-1327).

Xiva shahrida "Ichon qal’ada” joylashgan.
Polvonlar piri. shoir, tengsiz pahlavon, po’stindo’z, hunarmand va faylauf. Xivada tug`ilgan.
Eron Hindiston va Pokiston xalqlari ham pirni kurash tushuvchi polvonlarning piri
deb tan olishgan.Islom dinining tasavvuf oqimining yetakchi namoyondasi bo’lgan.
"Piryovali”, "Qit’ali” taxalluslari bilan
o’z she’rlarida Juvonmardiylikni keng tarannum
etgan. Uning "Kang – ul haqoniy” masnaviy asari bo’lgan. Hindistonga borib kurash
tushgan, Eron shohining bosh polvonini kurash tushib yengib asirlikdagi Xorazmlik
yurtdoshlarini qullikdan ozod etib yurtiga qaytara olgan faylasuf polvondur. Xorazmga
kelib Xivani ko’rmaslik va Xivaga kelib Polvon pirni ziyorat qilmaslik daryo bo’yiga
kelib suvsiz qaytmoq kabidir.
Vayangan bobo ziyoratgohi.

Xorazm viloyati Shovot tumanining Monoq mahallasida joylashgan. Miloddan
oldingi II – IV asrlarga mansub ziyoratgohdur. Bu xudud o’sha kezlarda gullab yashnagan katta Vayangan qal’asi(shahri)
bo’lgan. Vayangan bobo shaharni mudofaa qilgan avliyo bo’lgan. Keyinchalik bu shahar
dushmanlar tomonidan bosib olinib aholisi yoppasiga qilichdan o’tirilgan. Shahar
o’rnini tekshirgan arxeyolog olimlar har qatlamda odam suyaklariga uchrayvergan
va qazish ishlarini to’xtatishga majbur bo’lishgan. Muqaddas dinimizda marhumlarni
bezovta qilmaslik buyurilgani bunga sabab bo’lgan va bu joy bugun ulkan qabriston
bo’lib, Vayangan bobo ruhini shod qilmoq maqsadida maqbara qurilgan. Maqbara yonida
shifobaxsh tuzli kichik ko’l bo’lib odamlar ming dardga davo deb shifo izlab ham
keladilar bu dargohga. Vayangan shahri juda qadimiy bo’lib, "Go’ro’g`li” dostonida
shu qal’a nomi tilga olingani buni yaqqol misolidur. "Vayangandan kelgan Avazim”
jumlasi ishlatilgan. Siz dostonni o’qigan bo’lsangiz bilasizki Go’ro’g`libekning(
yolg`iz ) tutingan o’g`li Avazbekdur. Avazbek shu shahardan Go’ro’g`li tomonidan
olib kelingan. Ming marta eshitgandan bir bora ko’rgan afzal deganlaridek keling,
ko’ring va tanishing hamda o’zingiz baho bering.
"Ulli
Pir” yohud Yusuf Hamadoniy ziyoratgohi.

Muqaddas dinimiz targ`ibot va tashviqotchisi bo’lgan 7 avliyo
yohud 7 pirdan biridur. Tarixiy manbalarda kelishicha ulardan yana biri, Hozirgi
To’rtko’l (Qadimgi Xorazm zamini) hududidagi Xazrati Sulton Uvays pirimiz va yana
biri Buxorodagi Xazrati Bahouddin Naqshbandiy, Samarqandda Imom Ismoil al-Buxoriy va boshqalardur.
Shu avliyolarni, qadamjolarni borib ziyorat qilishning o’ziyoq muborak Hazrati Kaba
(Makka shahridagi Ibrohim S.A.V qurgan uy) ni ziyorat qilish bilan tenglashtirilar
ekan.
5. Madaniyati
va san’ati.
Siz Xorazm deganda Xorazm lazgisi, Surnay lazgisi, Lazgi raqsini ko’z oldingizga
keltirganingizga aminman. Xorazm lazgisi Alloh Odam Atoga jon baxshida etilayotganda
tarannum etilgan degan ma’lumotlar bor. Shuning uchun bu kuy chalinganda raqsga tushib
ketmaydigan odam bo’lmasa kerak. Siz lazgi raqsini bilmasangiz ham baribir kuyni
eshitiboq beixtiyoriy ravishda o’yinga tushishga harakatga qilsangiz ajablanmang,
bu kuy sehrilidir. Ayniqsa, Xorazmliklar shu kuyga raqsga tushganda kuy va raqs bir
butun bo’lib xohlagan kishini lol qoldiradi, kuyni tinglab, raqsni tomosha qilib
kishi huzurlanadi, ma’naviy ozuqa oladi, xordiq chiqaradi – bu Xorazm lazgisi, lazgi
raqsidir. Xorazm milliy liboslari, umuman madaniyati va urf odatlari bilan ham ajralib turadi.

Xorazmlik
buyuk san’atkor Komiljon Otaniyozovni eslamaslik mumkin emas, uning ovozi dunyoda
tengsiz bo’lgan. Hatto Hindistonga safari chog`ida uning og`zini ochib tamog`ini tekshirib ko’rishni so’rashgan. U esa kulib og`zini
ochib ko’rsatgan ekan, chunki bunday yuqori ovoz bo’lishi mumkinligi haqida ularda
tasavvur bo’lmagan. Go’yoki u og`ziga yoki tamog`iga mikrofon joylashtirgan deb
o’ylaganlar. Toshkent shahrida Komiljon Otaniyozov O’zbekistonda yagona "Lazgi ansambli”
ni tashkil etgan. Bu ansambl bugungi kunda
ham faoliyat ko’rsatmoqda.
Xorazm Suvoralari bilan mashhur. Suvoralar o’z
ichiga nasihatlarni ham olgan bo’lib, Asosan qardosh xalq shoirlari nasihatlari (turkman
shoiri Maxtimquli) va o’zbek shoirlari, Alisher Navoiy, Mashrab g`azallari, Umar
Hayyom, Ogahiy va shoh va shoir Muhammad Rahimxon Feruz II kabi shoirlar so’zlaridan
foydalanib aytiladi. San`atkoru hofizlar, barcha ashula aytuvchilar suvoraga kelganda
bir sapchib tushadi. Chunki Suvorani hamma ham maromiga yetkazib aytolmaydi-da. Suvoralar
og`ir qo’shiqlardir. Ayniqsa Feruz I, Feruz II, Feruz III kabi ashulalar, shular jumlasidandur.
Xorazmlik, Xivalik shoh va shoir, bastakor Muhammad Rahimxon Feruz II bastalagan
kuylar uning nomi orqali aytilgan. So’zi esa Ogahiy va Feruzshohning o’ziga tegishli.
Mushking qoshingni hay’ati
– ul chashmi jallod ustina,
Qatlim uchun nas keltirur yora- nun eltibon sod ustina,
Qilg`il tomosho qomatin - zebosi birla orazin,
Gar ko’rmasang gul bo’lg`onin - payvandi shamshod ustina
(Ogahiy so’zi, Feruz musiqasi, Feruz 1 qo’shig`idan parcha)
Feruzshox yaratgan "Sohibi Sulton” ashulasini yurtimizda faqat 2 yoki 3 ta xofizgina ayta olagan. Ular quyidagilar: Olmaхon Haitova (marhuma), Og`abek Sobirov, Rahmatjon Qurbonovlardir.
Baxshichilikda Qalandar
baxshi Nurmatovning oldiga chiqadigani bo’lmasa kerak, unga "O`zbekiston Xalq baxshisi” unvoni
berilgan.
6. Xorazm - buyuk allomalar yurti. Ma’mun Akademiyasi.
VIII oxiri IX asr boshlarida xalifalikning markazi Bag`dodda ilm-fan
rivojlandi. Xalifa Xorun ar-Rashidning o’limidan
so’ng (813-yil), uning o’g`li al-Ma`mun xalifa
etib tayinlandi. U xalifa sifatida Bag`dodga ko’chgach (819-yil), u yerda Ilmiy markaz tashkil etib, unda
barcha musulmon o’lkalardan olimlarni to’pladi. Bu Ilmiy markaz tarixda «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar
uyi») nomi bilan mashhurdir.
Bu yerda asosan riyoziyot, tibbiyot, ilmi-nujum, jo’g`rofiya, astrologiya, handasa va shunga o’xshash boshqa fanlar o’rgatilgan.
Xorazmshoh Ma`munning
o’g`li Ali ibn Ma`mun taklifi
bilan 1004-yilda Gurganchda (Qo’hna
Urganch) «Dor ul-hikma va
maorif» nomli ilmiy muassasa shakllanadi. Bu yerga ibn Iroq va Beruniyning takliflari
bilan har tarafdan olimlar kela boshlaganlar. Bu yerda ilmning barcha sohalari bo’yicha
ilmiy izlanishlar olib borilgan. Yunon tillaridan tarjimalar
ham qilingan.
XVIII asr fransuz
ensiklopedistlari al-Ma`mun faoliyatini va Bag`doddagi «Bayt ul-hikma»ning faoliyatini
o’rganib chiqib, uni Afinadagi Platon
Akademiyasiga juda o’xshatganlar va «Bayt ul-hikma»ni «al-Ma`mun
Akademiyasi» deb ataganlar. Gurganchdagi «Dorul-hikma» esa «Ikkinchi Akademiya»
bo’lib qoldi.
Ma`mun Akademiyasining
faoliyati 1017-yilda Mahmud G`aznaviy bosqini
tufayli tugatiladi.

Mustaqilligimiz sharofati tufayli Prezidentimizning tashabbusi bilan bu Akademiya
qayta tiklandi. Prezidentimizning Xiva shahrining 2500 yillik tantanalarida so’zlagan
nutqlarida Xorazm Ma`mun Akademiyasini qayta tiklash haqidagi taklifi va 1997-yil 11-noyabrdagi Farmoni bilan Xiva shahrida Xorazm Ma`mun Akademiyasi qaytadan
tashkil qilindi.
Respublika va xalqaro
miqyosda yirik anjumanlar bo’lib o’tmoqda. «Ekosan»-
Ekologiya va salomatlik xalqaro jamg`armasi, Xorazm viloyati hokimligi, Ma`mun Akademiyasi
va «Ekosan»
Toshkent klubi bilan hamkorlikda
«Xorazm vohasi ijtimoiy ekologik taraqqiyotidagi muammolar va uning istiqbollari»,
shuningdek nufuzli tashkilotlar va o’quv yurtlari bilan hamkorlikda Xorazmda ilk
davlatchilikning vujudga kelishi va bu borada olib borilayotgan tadqiqotlar, buyuk
vatandoshlarimizJaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, Ogahiy tavalludining
190 yilligini, «Avesto» asari
yaratilganligining 2700 yilligi, «Jahon madaniyati xalqaro tinchlik uchun» mavzularidagi
ilmiy-amaliy anjumanlarni alohida ta`kidlab o’tishni istardim. Mamlakatimiz taraqqiyotiga,
tinchlikni mustahkamlashga oid bunday anjumanlar o’tkazish bundan buyon ham diqqat
markazimizda bo’ladi.
Akademiyaning «Nashriyot
va matbaa birlashmasi» da olimlarimizning ilmiy izlanishlari, monografiyalar, ilmiy to’plamlar,
aspirantlarning dissertatsiya
ishlari, akademiyaning muhim hujjatlari endilikda o’zida chop etiladi.
Shuningdek, o’n bosma taboqqacha bo’lgan mualliflar asarlarini ham chop qilinishi
mumkin. Turli hisob-kitob varaqalari, taklifnomalar, bukletlar tayyorlanadi.
Akademiya xodimlarining xalq xo’jaligini rivojlantirish, turmush farovonligini oshirish,
ma`naviy kamolotga xizmat qiladigan ilmiy ishlari imtiyozli ravishda chop etib berilyapti. Shu paytgacha 16 ta risola va
ilmiy-ommabop ishlar chop etilib, bir yarim million so’mlik ish bajarildi.
Hozirgi davrdagi muammolar:
zarur manbalar, adabiyotlar «Arxeologiya, tarix va falsafa», «Til va adabiyot» bo’limlari
ish samaradorligini oshirish uchun shu fanlarga oid kitoblar, qo’lyozmа manbalarini Rossiya, Angliya, Turkiya, Misr, Eron, Pokiston, Ozarbayjon kabi
mamlakatlardan keltirish masalasini hal qilish zarur. Internet
tizimiga ulanib, sohalar
bo’yicha yetakchi ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashni davr
taqozo etyapti. Tajriba ishlab chiqarish bazasini mustahkamlash maqsadida texnika
vositalari kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoiti davrida Xorazm viloyatida qishloq
xo’jaligini keskin rivojlantirish, ekologik muhitni yaxshilash, aholi salomatligini
tiklash va mustahkamlash o’ta hayotiy, kechiktirib bo’lmas vazifa ekanligini nazarda
tutib, Xorazm Ma`mun Akademiyasi tarkibida «Qishloq va suv xo’jaligi», «Ekologiya
va tibbiyot» bo’limlarini tashkil etish nihoyatda zarur. (Xorazm Ma`mun Akademiyasi
raisi muovini, biologiya fanlari doktori, professor K.S.Safarovning jurnalistlarga
bergan intervyusidan olingan).
"Assolommolakim
og`ala, jo’rolo, qorindosh-do’g`g`onlo, chiqonlo! Jollimisilo? Galingla, oxir Xorazma
meymon bo’lib. Mozoli yumurto barak, qo’tir barak, bulomiq, iijon kurduk
pishirib baramiz, galado’g`in bo’songizlo. Biza qodimnon meymondo’smiz. Qopiidon meymon
gasa uyni to’ri shuniki. Novvi so’rosongizlo qo’ldon galyancha "xovvo” dab topib
baramiz, xizmat atamiz. Ulli gujumni teyinda yo eyvonchog`o joy do’shab ros ajoyib
gurung qizdiromiz, tashkil atamiz, dog`in olib o’tiring daganni bir marta oytomiz-qo’yomiz
alashtirmisila, oyniqso Toshkent va vodiyli meymonlo. Aldingiza qo’yilg`on vajlani
bemolol olib yivarasila. Galish siladan – xizmat atish bizadan. Sila ishonavaringla, Xorazmlilani gappi bir bo’lodi. Boshshimiz osmono yetincha so’vinamiz do’g`risi,
sila gasangizla. Tortinmonglo shevasina tushunimman
dab, har holdo bizaram adabiy tilni jolli bilamiz, so’llasharmiz amallab, qoni galingla
asa, o’ylonmin!”
Yuqoridagi jumlalar bugungi Xorazm shevasidan
foydalanib qilingan Xorazmga taklif edi. Asl Xorazm tilini bilmoqchi bo’lsangiz
2700 yillik tarixga ega "Avesto” kitobini o’qing. Shu kitob 12000 ho’kiz terisiga
oltin harflar bilan bitilgan bo’lib, sof Xorazm tilida yozilgan 21 ta kitobdan iborat
bo’lgan. Afsuski Aleksandr Makedonskiy bosqinidan keyin uning yong`indan qolgan,
olib qochilgan ayrim parchalarigina saqlab qolingan. Unda Yulduzlar ilmi, Tibbiyot,
Siyosat, Madaniyat, Jinlar bilan suxbat kabi boblar bo’lgan. Bugun "Avesto” xaqida
ko’proq bilmoqchi bo’lsangiz Xorazmning yuragi Urganch shahriga keling va Shovot
kanali bo’yida joylashgan ko’rkam "Avesto” bog`i kompleksiga tashrif buyuring!